I rahmonov, A. Valiyev, B. Valiyeva, S. Sayidaliyev, F. Rasulova, S. Mardov chizmachilikni o



Yüklə 20,77 Mb.
səhifə4/28
tarix16.05.2023
ölçüsü20,77 Mb.
#110560
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
15260 1-кисм. Чиз-кда пед.тех-я.Мет.кул-ма.Валиев ва бошкалар

2.Parallel proyeksiyalash. Bu usulda S markazni cheksizlikka yo‘naltiriladi, ya’ni uni Oy yoki Quyosh bilan almashtiriladi. Shunda S dan kelayotgan SA va SB nurlar (chiziq ) lar o‘zaro parallel vaziyatga o‘tadi va S markaz s yo‘nalishga almashtiriladi.
A va B nuqtalar orqali s proyeksiyalash yo‘nalishiga parallel chiziqlar o‘tkazilib, ular H bilan kesishtiriladi. A′ va B′ o‘zaro tutashtiriladi va hosil bo‘lgan proyeksiya tahlil qilinadi. s yo‘nalish H ga og‘ma (qiya) vaziyatda bo‘ lganda qiyshiq burchakli, perpendikular (H ga nisbatan to‘g‘ri burchak (90о) ostida) olinsa, to‘g‘ri burchakli (ortogonal-yunoncha orto-to‘g‘ri, gonal-burchak) proyeksiyasi hosil bo‘ladi (3-chizma, a, b).

3-chizma
Bundan keyin faqat to‘g‘ri burchakli (ortogonal) proyeksiyalash orqali chizmada buyum (detal)ning proyeksiya (ko‘rinish)larini o‘rganiladi. Markaziy pryeksiyalash orqali chizmalar chizilmaydi u usuldan rassomlar foyalanishadi. Chunki perspektiva fani asosan markaziy proyeksiyalashga asoslangan.
Ortogonal proyeksiyalashni mukammal o‘rganish maqsadida biror geometrik jismning proyeksiyalarini yasab ko‘raylik. Parallelepipedni H, V va W tizimida tasvirlashni ko‘rib chiqiladi.
4-chizma
O‘zaro perpendikular H, V va W proyeksiyalar tekisliklari fazosida joylashgan parallelepipedni H ga perpendikular qilib olinsa, unga ustki va ostki asoslari ustma-ust tushib, bitta kichik to‘rtburchak ko‘rinishida proyeksiyalanadi. Bu yerda s yo‘nalish H ga perpendikular oligan edi. Endi s yo‘nalishbi V ga perpendikular qilib olinsa, parallelepipedning old va orqa yoq (tomon) lari ustma-ust tushib, katta to‘rtburchak ko‘rinishda proyeksiyalanadi (4-chizma, a).
Shu uchala proyeksiyani bitta tekislikka keltirib tasvirlash uchun parallelepiped olib qo‘yiladi va uning H va W dagi proyeksiyalarini V dagi proyeksiyaning ostiga va yoniga joylashtirilsa, tekis chizma hosil bo‘adi. Buning uchun H ni OX orqali pstga, W ni OZ orqali o‘ngga buriladi. Shunda OY o‘q ikkiga ajraladi. Bundan keyin proyeksiyalarni ko‘rinishlarga almashtiriladi (4-chizma, b).



Yüklə 20,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə