I rahmonov, A. Valiyev, B. Valiyeva, S. Sayidaliyev, F. Rasulova, S. Mardov chizmachilikni o


O‘qitishda muammoli vaziyat yaratish usullari



Yüklə 20,77 Mb.
səhifə13/28
tarix16.05.2023
ölçüsü20,77 Mb.
#110560
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
15260 1-кисм. Чиз-кда пед.тех-я.Мет.кул-ма.Валиев ва бошкалар

O‘qitishda muammoli vaziyat yaratish usullari.
Muammoli ta’lim majmuasining asosiy tushunchalari bo‘lib, “muammoli vaziyat”, “muammo” va “muammoli masala” hisoblanadi.
Muammoli vaziyat o‘quvchi (talaba)ning yangi bilim, yangi usullar, yangi zamonaviy texnologiyalar va harakatlarni ijodiy izlanishdagi ongli qiynalishidir.
Agar o‘quvchi (talaba)da qiyinchilikni yengib o‘tish uchun ijodiy izlanishida boshlang‘ich ma’lumotlar berilmasa, u haqida fikrlashga ozuqa bo‘lmaydi. Demak, o‘quvchi uni yechish uchun qabul qilmaydi.
O‘quvchining fikrlashi muammoni tasvirlashdan va uni aniglashdan boshlanadi. Endi, bunday holda muammoli vaziyat muammoga aylanadi.
Muammo – yechim yo‘nalishini ko‘rsatmaydi, uni cheklamaydi ham. Yechim uchun qaysidir parametrlari ko‘rsatilgan muammo muammoli masala bo‘ladi.
Dars jarayonida o‘quvchi (talaba)ning o‘tilayotgan mavzuni fikrlashi faoliyatida mantiqiy to‘g‘ri, ilmiy hulosalarni izlash va o‘zlashtirishga harakatlantiradigan muammoli vaziyatlar paydo bo‘ladi. Muammoli vaziyatlar tabiiy hosil bo‘lishi yoki sun’iy yaratilishi mumkin. Masalan, geometrik yasashlarda aylanani teng olti qismga bo‘lib, muntazam oltiburchak yasalganda, oltiburchak tomonlarining ba’zilari kichikroq yoki kattaroq hosil bo‘lib qolishi mumkin. Nima sababdan shunday bo‘ldi ekan. Shunda tabiiy muammo kelib chiqadi. Bu muammoning sababini izlash orqali uni bartaraf qilishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun qayerda xatoga yo‘l qo‘yildi va bunga sabab nima degan savolga javob toppish lozim bo‘ladi.
Izlanishlar natijasida aylananing markaziy chiziqlari o‘zaro perpendikular emasligi aniqlanadi. Qayta chizilganda natija to‘g‘ri chiqadi.
Yana bir misol. O‘quvchi (talaba)lar kesim mavzusi bo‘yicha mustaqil mashg‘ulot bajarayotganlarida ularning ba’zilari standartga javob bermaydigan muammolar keltirib chiqarishadi. Ularning bu grafik ishlaridagi muammolarni ko‘rish mumkin (32-chizma). Bajarilgan kesimlar tahlil qilingandan keyin quyidagi xulosaga kelish mumkin.
32-chizma
1. Kesimi bajariladigan geometrik jism (sirt)ni hamma o‘quvchilar to‘g‘ri tushinishgan.
2. Sirtdagi o‘yiq (qirqib olingan joy)ni ba’zi o‘quvchilar yaxshi idrok qila olishmagan. Shu boisdan xatoga yo‘l qo‘yishgan. Bu muammo qanday vujudga keldi ekan. Har tomonlama tahlil qilingandan keyin quyidagi xulosalarga kelish mumkin.
1. O‘quvchi tomonidan kesim mavzusini o‘tishda standart talablari to‘liq va batafsil tushuntirilmagan yoki tushuntirish jarayonida ba’zi elementlarga e’tibor berilmagan. Oqibatda o‘quvchilqarda turlicha tushunchalar shakllangan.
2. Dars jarayoni qiziqarli, hayajonli o‘tmagan. Standart talablariga e’tibor berilmagan.
3. Ba’zi o‘quvchilar darsda zerikkanidan mavzuga e’tibor berishmagan.
4. Dars mustahkamlanmagan ya’ni o‘qituvchi savol, javob yoki turli pedagogik omillar yordamida o‘quvchining olgan bilim ko‘nikmalari tekshirilmagan.
O‘quvchilarning fikrlash faoliyatida muammoli vaziyatlar yaratish ularda har narsani bilishga havas, fahm-farosatlilik, mustaqillik, o‘qishga qiziqish va ijod qilishga intilish kabi shaxsiy vaziyatlarni tarbiyalashga yordam beradi.
O‘quvchi ongida muammoli vaziyatlarni sun’iy vujudga keltirish orqali uning faol fikrlash faoliyati va o‘quv materialini puhta o‘zlashtirishiga olib keladi.
Mutaffakir olim bobomiz Abu Rayhon Beruniy hazratlari o‘zining pedagogik va didaktik qarashlarida, o‘qitish hamda tarbiyalash jarayonida turli mavzularda mulohazalar yuritishni, o‘quvchining zerikmasligini hotirasiga malol keltirmaslikni, ya’ni zo‘riqtirmaslikni ta’kidlab, “Bizning maqsadimiz o‘quvchini toliqtirib qo‘ymaslikdir, hadeb bir narsani o‘qiyberish zerikarli bo‘ladi va toqatni toq qiladi. Agar o‘quvchi bir masaladan boshqa masalaga o‘tib tursa, u xuddi turli-tuman bog‘-rog‘larda sayr qilgandek bo‘ladi, bir bog‘dan o‘tar-o‘tmas, boshqa bog‘ boshlanadi. Kishi ularning hammasini ko‘rgisi va tomosha qilgisi keladi, har bir yangi voqea-narsa rohat bag‘ishlaydi”, - deb yozgan edi (“Pedagogika”, Tosh., “O‘qituvchi”, 1996 yil, 99-bet).
Shunday qilib, o‘quvchilarda o‘rganishga havas, izlash, qidirishga yetaklaydigan masalani yechish jarayoni bilan bog‘liq intelektual hislar va ruhiy kechinmalar hosil qiladigan muammoli vaziyat yaratish mumkin ekan.
Vazifa quyidagi talablarni qondira oladigan bo‘lsagina shu masalaning tub mohiyati bilish muammosiga aylanishi mumkin.
1. O‘rganayotgan muammo ustida fikr yuritishda, o‘quvchilar uchun bilish (o‘rganish) qiyinchiligini tug‘dira olsa.
2. O‘quvchilarda bilish (o‘rganish) har taraflama qiziqish uyg‘otsa.
3. Tahlil jarayonida avvalgi tajribasi va bilimlariga suyanilsa.
O‘qituvchi dars jarayonida o‘quvchilarga mavzuga bo‘lgan qiziqishlari so‘nayotganini sezib qolsa u vaqtda sun’iy muammoli vaziyat vujudga keltiri, hamma o‘quvchilarning diqqatini ushbu muammoli vaziyatga jalb qilishi lozim bo‘ladi.
Masalan, dars detal (model)ni tahlil qilish mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lsa o‘qituvchi o‘quvchilarga murojaat qilib detaldagi ushbu teshik nima uchun kerak deb savol tashlaydi. Ushbu muammoni yechish uchun o‘quvchilar har tomonlama fikr yurita boshlashadi va fikrlash faoliyatida turli javoblar vujudga keladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning javoblaridan eng to‘g‘risini (agar bilsa) tanlaydi va unga izoh beradi. Shu davr ichida o‘quvchilar diqqati mavzuga qaratilganidan foydalanib, darsni davom ettiradi.
Muammo har bir darsda, har bir mavzuda har bir o‘quvchida hattoki o‘quvchida ham vujudga kelishi mumkin. Muammoning kelib chiqishi o‘z-o‘zidan tasodifiy vujudga kelavermaydi. Muammoni oldini olish uchun o‘qituvchi har bir darsga, darsda o‘tiladigan mavzuga har taraflama puxta tayyorlanib muammo kelib chiqmasligi uchun savol va unga javoblarni, ba’zida sun’iy muammoli vaziyatlarni yaratishni rejalashtirib qo‘yishi lozim bo‘ladi.
Ammo dars jarayonida yaxshi o‘quvchilarni qiziqtirish maqsadida o‘tilayotgan mavzuni puxta o‘tilishini ta’minlash uchun ham muammoli vaziyat keltirib chiqarish yaxshi natija berishi mumkin. Bunda mavzuning eng tushunish qiyin bo‘lgan qismini muammoga aylantirish orqali uni o‘quvchilar ongiga singdirish samarali bo‘ladi. Yaratilgan muammoni bartaraf etishda o‘quvchilarni faollashtirish uchun savol-javob usulidan foydalaniladi.
Masalan, ajratiladigan birikmalarda shpilkali birikmalarni tasvirlashda shpilkani shpilka uyasiga burab kiritilgandan keyin uyada qanday o‘zgarish ro‘y beradi degan savol orqali muammoli vaziyat keltirib chiqariladi (33-chizma).
Savol-javob natijasida unga aniqlik kiritiladi, lekin ushbu muammoni ba’zi bir o‘quvchilar anglay olmasliklari mumkin. U holda shpilka uyasiga burabkiritilgan holdagi qirqilgan model yordamida yoki oddiy o‘qituvchining o‘zi tayyorlagan model yordamida tushuntiriladi. Kartondan tayyorlangan shpilka konturiga urintirib qirqib olinadi va chizilgan shpilka uyasiga burab kiritilgan vaziyatni ifoda (imitatsiya) qiladi. Shunda shpilka uyaga kiritilganda hosil bo‘lgan o‘zgarishlardagi muammo yaqqol ko‘rinib turadi va javobi tushunarli bo‘ladi. Bu yerda yana bitta muammo paydo bo‘ladi. U ham bo‘lsa, shpilka rezbasining oxir va uyadagi rezbaning boshlanishidagi konturlar nima sababdan bitta ko‘nturda tasvirlanishi. Bu hosil bo‘layotgan muammoni yechish uchun asta-sekin yuqoriga siljitib, rezba oxirini ham siljishi ko‘rsatiladi.
Yana o‘z o‘rniga surilsa uyadagi rezba boslanishi bilan qo‘shilib qoladi. Shpilkani undan ichkariga kiritish mimkin emas, chunki shpilkadagi rezba davom etmagan, ya’ni rezbasi yo‘q qismi rezbali teshikka kirmaydi.
O‘quvchilarning bilim olish jarayonida paydo bo‘ladigan muammolar juda ko‘p bo‘lishi mumkin. O‘quvchilar dars jarayonining borishiga qarab darsga nisbatan faol yoki sust munosabatda bo‘lishadi. Ulardagi ushbu munosabatlar ta’sirida darsda mavzuni qabul qilishi, anglash faoliyatida fikrlash faoliyatini faol yoki sustligi aniqlanadi. O‘quvchilarning oldingi darslarda olgan bilimlari puxta bo‘lsa muammolarga kamroq uchraydi.



Yüklə 20,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə