I rahmonov, A. Valiyev, B. Valiyeva, S. Sayidaliyev, F. Rasulova, S. Mardov chizmachilikni o



Yüklə 20,77 Mb.
səhifə21/28
tarix16.05.2023
ölçüsü20,77 Mb.
#110560
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
15260 1-кисм. Чиз-кда пед.тех-я.Мет.кул-ма.Валиев ва бошкалар

45-chizma


46-chizma
Detalning vaziyatidagi ustdan ko‘rinishning yon tomon kontur chiziqlari davom ettirilib, bosh ko‘rinishning o‘ng tomonida detal ostki qismi A ning balandligi, ya’ni A qismi aniqlanadi.
Su tartibda detalning qolgan qismlari B(B', B") va C(C', C") larning chapdan ko‘rinishlari bajariladi (46 va 47- chizmalar). Barcha yordamchi yasovchi chiziqlar olib tashlash yo‘li bilan 48-chizmadagi ko‘rinishga ega bo‘linadi.
O‘qitishda shunday yondashilsa, hamma o‘quvchilarda bir xil natijaga erishiladi.
47-chizma
48-chizma


13. EVRISTIK O‘QITISH TEXNALOGIYASI

Evristik o‘qitishning asosiy mohiyati yangilikni doimo ochishga harakat qilish demakdir. Evristik yunoncha heuriska – qidiraman, topaman, ochaman degan ma’nolarni anglatadi.


Evristika o‘qitishning:
1. O‘qitish shakli – evristik suhbat. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida masala mohiyatini tushunish va bir fikrga kelish maqsadida savol va javoblar uyushtiriladi.
2. O‘qitish metodi. Ijodiy ishlash jarayonida o‘qituvchi o‘quvchiga ish yuzasidan maqsadli g‘oyalar, fikr chalg‘iganda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, vaqti-vaqti bilan aqliy hujum uyushtirib turadi. Masalaga oydinlik kiritish yo‘lida evristik vaziyat yaratib beradi.
3. Berilgan masalaning texnalogik jarayoni. Uni o‘quvchining o‘zi belgilaydi. Ijodiy mahsulotni ro‘yobga chiqarishdagi yakuniy natijasi o‘quvchining tanlagan texnalogiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Tanlangan yo‘li samara bermasa, o‘qituvchi o‘z vaqtida o‘quvchiga yordam ko‘rsatadi.
O‘quvchining o‘zini-o‘zi ijodiy tomondan ro‘yobga chiqarishi evristik o‘qitishning eng yuqori masalasi hisoblanadi.
Innovatsion texnalogiyalar orasidagi evristik o‘qitish texnalogik shakli deyarli Suqrotning savol va fikr yuritish metodiga suyangan.
Ma’lumki, Suqrot o‘zining shogirtlariga avval, umumiy yo‘naltiruvchi savol bergan va javobini olgach, aniqlantiruvchi savol bergan va haqiqatni aniqlamaguncha, unga juda yaqin savol beravergan.
Evristik o‘qitishdagi vaziyat o‘qitishning kalit elementi hisoblanadi. Bunday vaziyat o‘quvchining bilmasligidan uni faollashtiradi, uning maqsadi o‘quvchi tomonidan shaxsiy g‘oyaning tug‘ilishini, gipotezalar, sxemalar tuzishga yo‘llaydi. Evristik o‘qitishda ta’lim natijasini aytib bo‘lmaydi. Har bir o‘quvchidan turli javoblarni olish mumkin.
Evristik o‘qitishda o‘quvchi oldingi olgan bilimini o‘zlashtiradi, keyin uni ijodiy o‘zlashtirish orqali o‘zining loyihasida qo‘llaydi. Bu yerda oldingi bilimlarni o‘rganish orqali kelajakka intilish shiori amal qiladi.
Evristik o‘qitish erkin rivojlanish maktabiga asoslangan bo‘lib, uning nazariyasi evristik didaktika hisoblanadi.
Evristik o‘qitishning mazmuni va maqsadi o‘quvchilar tomonidan o‘zining mustaqil fikrini loyihalash (konstruksiyalash) maqsad qilib olinadigan, ta’limning maqsadi va mazmuni hamda uni tashkil qilish jarayoni, tashhis qo‘yish va tushunib yetish evristik ta’lim va o‘qish hisoblanadi.
Evristik o‘qitishning prinsiplari ma’lum pedagogik sharoitga moslashtirib o‘qitish bo‘lib, unda o‘qitishda o‘qituvchi va o‘quvchini oldindan natijasi ma’lum bo‘lmagan muommoni yechishga undaydi.
Evristik o‘qitish nafaqat o‘quvchilarni balki o‘qituvchilarni ham rivojlanishga chorlaydi, chunki o‘qituvchilarga o‘quv jarayonida haqiqatni “bilmaslik” vaziyatini tashkil qilishga to‘g‘ri keladi.
O‘quvchi o‘zining mashg‘ulotlari rejasini tuzadi, o‘zining shaxsiy qarashlarini asosiy masalaga qaratadi. Masalan, detalga o‘lchamlarini qo‘yishda uning shaklini, geometrik obrazlarni, uni tayyorlash jarayonlarni o‘rganishga harakat qiladi. Detalga ishlov berishdagi jarayon haqida o‘zining shaxsiy fikrini, detalning geometriyasi, uni yaxshilash haqidagi izlanishlar, texnik va texnalogik konstruksiyalash, dizayn kabilar ustida bosh qotiradi. Natijada o‘quvchilar o‘zlari o‘rganayotgan soha haqida shaxsiy individual rejalarini tuzishadi.
Evristik o‘qitishni ba’zida ijodiy faoliyat bilan bog‘lashadi. Lekin uning asosiy uchta yo‘nalishi mavjud:
1.Evristik faoliyat o‘zida ijodiy ta’limiy mahsulot yetishtirish jarayonlarini qamrab oladi.
2.Evristik faoliyatni tashkil qiluvchi bilish jarayonlari ijod qilishdagi eng zaruriy jarayon hisoblanadi.
3. Evristik faoliyatda tashkiliy, metodologik, psixologik va boshqa jarayonlar ijodiy va bilish faoliyatini ta’minlaydi.
Evristik o‘qitishda uning asosiy maqsadi o‘quvchining o‘z-o‘zini ijodiy ta’minlash hisoblanadi. Bu jarayon quyidagicha amalga oshiriladi.
O‘quvchi loyihalash uchun vazifa oladi. Ammo unga vazifa haqida tayyor bilim berilmaydi. O‘quvchi vazifani bajarish uchun turli ko‘rinishdagi loyihalar, gipotezalar tuzadi. Keyin o‘qituvchi bilan vazifaning asliga solishtiriladi. Aslining javobi ishlanmasi bilan o‘quvchining loyihasi muhokama qilish yo‘li bilan to‘g‘ri bajarilgan loyiha aniqlanadi. Natijada o‘quvchi o‘zining faoliyat imkoniyatini qayta ko‘rib chiqadi va uning shaxsiy qarashida o‘zgarish ro‘y beradi. Bu o‘zgarishlar o‘quvchining sezgisida, bilimida, iqtidorida, tajribasi kabilarda namoyon bo‘ladi.
Agar o‘quvchi muhokama natijasidan qoniqmagan bo‘lsa, u hammasini qayta ishlab chiqadi, toki qoniqarli natijaga erishmaguncha.
Evristik o‘qitish ochiq vazifa asosiga quriladi. Barcha o‘rganilayotgan mavzu elementlari ochiq shakldagi vazifada ifodalanishi mumkin. Masalan, valda aylanma harakat davrida vtulka teshigi (hamda valning o‘zi ham) yemirilib ketishini oldini oladigan moslama loyihalansin. Yoki mashina va mexanizmdagi biror detal qo‘pol hamda og‘ir qilib ishlangan bo‘lib, u detal ish jarayonida mashina ish unumini pasayishiga sabab bo‘layotgan bo‘lsa, uni dizayn asosida qayta loyihalansin kabi masalalarning yechimini loyihalashda o‘quvchi o‘z rejasini tuzib chiqadi.
Evristik o‘qitishda tayyor bilimlarni o‘zlashtirish darajasini emas, ularga o‘quvchining qanchalik ijodiy yondoshganligi nazorat qilinadi. O‘quvchining shaxsiy sifatini rivojlanishi, uning o‘rganayotgan sohasi bo‘yicha ijodiy yutuqlari hamda ta’lim standartlaridan qanchalik olg‘a o‘tib borayotganligi tekshirilib, unga baho beriladi.

Yüklə 20,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə