Ichki ishlar idoralari xodimlarining



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə32/161
tarix29.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#139033
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   161
Respublikasi

Feyerbax. Nemis klassik falsafasining so‘nggi vakillaridan biri bo‘lgan Lyudvig Feyerbax (1804–1872) kishilardagi baxtga intilishni axloqning asosi deb bilgani holda, axloqning bosh qoidasi insonlarning o‘zlarini ongli ravishda cheklay bilishlari va bir-birini sevishlari, deb tushunadi. Shuning uchun ham u «jinsiy munosabatni axloqiy munosabatlarning va umuman, axloqning asosi deb hisoblash mumkin3, – deydi. Shu tariqa u axloqni bioruhiy prinsiplar asosida tushuntirishga urinadi. Shunday qilib, Feyerbax axloqning asosiy vazifasini kishilar orasidagi muhabbatda, ayollar bilan erkaklar o‘rtasidagi jinsiy munosabatlarda, ularning sevgisida namoyon bo‘ladigan baxtga intilishni


1 Гегель. Энциклопедия философских наук. Т.3. Философия духа. – М. :
Мысль. 1977. – С.336-337.
2 O‘sha manba. – B.322.
3 Qarang: Фейербах Л. Избранные философские произведения в двух томах.Т.1. – М.,1965. – С.618.
birgalikda boshlashdan iborat deb bilgani holda, kishilar orasidagi jinsiy- axloqiy munosabatlarni barcha munosabatlarning asosi deb tushunadi.
Hozirgi zamon axloqiy va estetik tafakkurining asosiy yo‘nalishlarini o‘zida ifodalovchi oqimlar pozitivizm, neopozitivizm, pragmatizm, ekzistensializm, neotomizm, strukturalizm va boshqalar hisoblanadi.
Pozitivizm. Pozitivizm lotincha «rositivus» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «ijobiy» degan ma’noni bildiradi. Bu falsafa va etikadagi oqim sifatida XIX asrning 30-yillarida Fransiyada paydo bo‘lgan. Uning asoschisi Ogyust Kont (1798–1857) hisoblanadi.
Pozitivizm uchta asosiy ko‘rinishga ega: 1) O. Kont pozitivizmi; 2) maxizm – E.Max, R.Avenarius pozitivizmi; 3) I.Shlik, R.Karnap, B.Rassel, A.Ayer nepozitivizmi. O‘z navbatida, neopozitivizm mantiqiy pozitivizm yoki emotivizm hamda analitik pozitivizmga bo‘linadi.
Pozitivizm vakillarining fikricha, voqelik haqidagi haqiqiy ijobiy («pozitiv») bilimlar alohida maxsus fanlar yoki ularning sintetik birlashtirilishi natijasida olinadi; shunga ko‘ra, falsafaning voqelikni tahlil qiluvchi, o‘rganuvchi maxsus fan sifatida mavjud bo‘lishga haqqi yo‘q.
Etika masalasida nepozitivizm axloqning manbai ijtimoiy borliqda emas, balki insonning o‘zida, uning his-tuyg‘ularida, aniqrog‘i so‘zidadir, deb tushuntiradi. Ularni mantiqan muhokama qilish va tekshirish, pozitivistlar fikricha, etikaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu esa kishilar o‘rtasidagi har xil janjallarni tugatib, osoyishtalikni qaror toptiradi. Aslida esa yomonlik haqidagi so‘zlarni iste’moldan chiqarib tashlash bilan yomonlik yo‘q bo‘lib ketmaydi. Shunday qilib, neopozivitizm etikasining asosiy tezisi muhokamalarni tekshirish (verifikatsiya)dan iborat.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə