Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Jahon mutafakkirlari insonparvarlik haqida



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə35/161
tarix29.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#139033
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   161
Respublikasi

Jahon mutafakkirlari insonparvarlik haqida:


Odamlar, insonparvar bo‘ling! Bu sizning birinchi burchingiz. (J.J.Russo)

  • Inson bo‘lish san’atdir. (Novalis)

  • Har bir kishi butun bir kitobdir, hamma gap uni o‘qiy olishda. (U.Chenning)

  • Inson bo‘lish kurashchi bo‘lmoqlikdir. (I.Gyote)

  • Insonni bilish uchun uni sevish kerak. (L.Feyerbax)

  • Kimki hech kimni sevmasa, menimcha, uni ham hech kim sevmaydi. (Demokrit)

Jamoachilik prinsipi. Hech bir odam o‘zgalardan ajralgan holda yashamaydi. U, albatta, boshqalar bilan hamkorlik qilgan holda jamoa- jamoa bo‘lib yashaydi va mehnat qiladi. Jamoa bo‘lib yashash – insonlarga xos xususiyatlardan biri. Bu xususiyat asosida o‘zaro yordam, hamkorlik, qo‘llab-quvvatlash, hamdardlik yotadi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining jinoyatchilikning oldini olish, unga qarshi kurashish, insonlarning haq-huquqlarini himoya qilish kabi vazifalarni bajarishlarida, xizmat jamoasidagi hamkorlikning, o‘zaro yordamning o‘rni nihoyatda katta bo‘ladi. Xizmat jamoalariga birlashgan xodimlarning faol harakatisiz bu vazifalarni uddalab bo‘lmaydi. Binobarin, xizmat vazifasini bajarishda muayyan maqsadni ko‘zlagan, ehtiyoj va manfaatlardan kelib chiqqan holda o‘zaro yordam va hamkorlik asosida faoliyat ko‘rsatish jamoachilik prinsipining asosini tashkil qiladi.
Jamoachilik prinsipi deb ichki ishlar idoralari xodimlarining jinoyatchilikning oldini olish, jinoyatlarni ochish, odamlarning xavfsizligini ta’minlash va haq-huquqlarini himoya qilishda shaxsiy manfaatni ko‘pchilik manfaatiga ongli ravishda bo‘ysundirishga asoslangan o‘rtoqlarcha hamkorlik, o‘zaro yordam munosabatlari bilan bog‘liq ixtiyoriy, ongli xatti-harakatlarini belgilovchi qoidalar majmuiga aytiladi.
Jamoachilik prinsipi ichki ishlar idoralari xodimlarining shaxsiy man- faatlarini jamoaning manfaatlari bilan uyg‘unlashtiruvchi va xodimlarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlovchi mehnat qonun-qoidalari sifatida har ikki tomonga (shaxs va jamoaga) muayyan vazifa va majburiyatlarni yuklaydi.
Xodimning xizmat jamoasi oldidagi vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. xizmat jamoasining kuchiga ishonish, uni hurmat qilish, fikriga quloq solish, unda o‘zining baxtini tasavvur qilish;

  2. xizmat jamoasida bo‘layotgan ishlarga o‘zini ham mas’ul deb bilish, tartib-intizomni saqlashga, o‘zaro yordam va hamkorlik ishlariga hissa qo‘shish;

  3. xizmat jamoasining ahilligiga putur yetkazuvchi illatlar bo‘lmish shaxsiyatparastlik, soxta jamoachilik, amalparastlik, «tanish-bilishchilik», kalondimog‘lik, guruhbozlikka qarshi kurashish.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə