Ichki ishlar idoralari xodimlarining



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə36/161
tarix29.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#139033
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   161
Respublikasi

Xizmat jamoasining xodimlari oldidagi vazifalariquyidagilardan iborat:

  1. har bir xodimning xizmatini diqqat bilan kuzatish, jamoa ishiga qo‘shgan hissasini adolatli baholash;

  2. har bir xodimning ma’naviy va jismoniy imkoniyatlaridan, to‘plagan tajribasidan unumli foydalanish;

  3. har bir xodimning yaxshi turmush kechirishi uchun g‘amxo‘rlik qilish, yo‘l qo‘ygan xatolarini tuzatishida yordam berish.

«O‘zbek xalqi azaldan jamoa tuyg‘usiga moyil. Biz to‘yda ham, azada ham yonma-yon turib, oddiy kunlarda ham bir-birining holidan xabar olib, kattaning hurmatini, kichikning izzatini joy-joyiga qo‘yib, beva- bechoralarning, yetim-yesirlarning boshini silab, xullas, odamgarchilikni barcha narsadan ustun qo‘yib yashagan insonlarning farzandlari bo‘lamiz1. Jamuljam bo‘lib yashash tuyg‘usi biz uchun hayot falsafasiga, hayot qoidasiga aylanib ketgan.Zamonaviy tilda aytadigan bo‘lsak, bu milliy mentalitetimizning asosini tashkil etadigan, bizni boshqalardan ajratib turadigan shunday bir xususiyatki, uni sezmaslik, anglamaslik, ko‘rmaslik umuman mumkin emas»2, – degan edi I.A.Karimov. Shu bois ichki ishlar idoralari xodimlarining xizmat jamoalari ham ota-bobolarimizning jamoachilik an’analariga sodiq qolgan holda ko‘pgina xayrli ishlarni amalga oshirmoqdalar.
Jamoachilik ichki ishlar idoralari xodimlarining axloqiy prinsipi sifatida, birinchidan, tarbiyalash, umuminsoniy axloq prinsiplari va normalarini amalga oshirish, ularning avlodlar o‘rtasidagi uzluksizlikka asoslangan vorisiyligini ta’minlash; ikkinchidan, sog‘lom axloqiy-ruhiy muhitni vujudga keltirish; uchinchidan, mehnat va xizmat intizomini mustahkamlash; to‘rtinchidan, xodimlarni taqdirlash, axloqiy faolligini oshirish; beshinchidan, oilaviy-turmush sharoitlarini yaxshilash, far- zandlarni jamoa an’analari ruhida tarbiyalash; oltinchidan, demokratiyani rivojlantirish asosida boshqarish ishlarini takomillashtirish vazifalarini bajaradi.
Shunday qilib, jamoachilik prinsipi I.A.Karimov ta’kidlaganidek,
«jamoatchilik g‘oyalari, jamoa manfaatlarining birligi, ko‘pchilik fikrining


1 Каримов И.А. Истиқлол йўли: муаммолар ва режалар // Унинг ўзи.
Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. Т. 1. – Т.: Ўзбекистон, 1996 – Б.11–12.
2 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008. –
Б.10.
ustunligiga asoslanishi...»1 bilan boshqa axloqiy prinsiplardan ajralib turadi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə