Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Huquq-tartibot himoyachilarining axloqiy xislatlari haqida



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə27/161
tarix29.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#139033
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   161
Respublikasi

Huquq-tartibot himoyachilarining axloqiy xislatlari haqida. Amir Temur davlatda huquqiy tartibotni o‘rnatish ishlari bilan bevosita amirlar, vazirlar, hokimlar, qozilar, nuyonlar, mingboshilar, yuzboshilar, shayxul- islomlar, sadrlar, muftiylar, kadxudolar, kalontarlar shug‘ullanishi kerak- ligini aytib, ular quyidagi axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishi zarurligini uqtiradi.
Birinchisi beg‘arazlik, ya’ni hammaga bir xil jiddiy va odilona qarab, hech kimni bir-biridan farq qilmasdan, boyni kambag‘aldan ustun qo‘ymasdan ish yuritish fazilatiga ega bo‘lishi. Chunki, qayerda


1 Темур тузуклари. – Т.: Ғ. Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашр., 1996.
– Б.86.
2 O‘sha manba. – B.68–72.
g‘arazgo‘ylik bo‘lsa, o‘sha joyda adolat qaror topmaydi, qonunning ustunligi ta’minlanmaydi. Beg‘arazlik qonun ustunligini ta’minlovchi yuksak axloqiy xislat bo‘lib, adolatli jamiyat qurishning ma’naviy tayanchlaridan biri hisoblanadi.
Ikkinchisi – rostgo‘ylik, ya’ni haqiqatni yolg‘ondan ajrata bilish asosida adolatni qaror toptirish fazilatlariga ega bo‘lish. Uning o‘zi butun umri mobaynida «kuch adolatdadir», aniqrog‘i «rosti drusti», ya’ni
«haqiqat – sihat salomatlik, haqiqat – tartib, haqiqat – adolatdir»1 degan g‘oyani ilgari surgan holda ish ko‘rgan edi. Chindan ham, haqiqatning bo‘lmasligi insonda o‘ziga, atrofidagilarga, qonun kuchiga, qolaversa, davlat hokimiyatiga ishonchsizlik keltirib chiqaradi. Shunday ekan, haqiqatni qaror topshirish huquq-tartibotchilar faoliyatining tamal toshi hisoblanadi. Zero, haqiqatgo‘ylik nafaqat yuksak axloqiy fazilat, balki huquq-tartibotchilarning muqaddas burchi hamdir.
Uchinchisi – rahm-shafqatlilik, ya’ni gunohkorga ham, begunohga ham rahm qilib, haqqoniyat yuzasidan hukmlar chiqarish asosida ish yuritish fazilatlariga ega bo‘lish. Darhaqiqat, qayerda rahm-shafqat bo‘lsa, o‘sha yerda huquq-tartibot o‘zaro ishonch asosida qaror topadi, ashaddiy jinoyatchilarga nisbatan xalqning qahr-g‘azabi oshadi. Aksincha, rahm- shafqat qilinmagan joyda yovuzlik kelib chiqadi. Yovuzlik esa odamlar o‘rtasida nifoq soluvchi qora kuch bo‘lib, davlat hokimiyatining ildizlarini yemiradi.
To‘rtinchisi – har qanday odamning gunohini bir marotaba kechirish, ikkinchi, uchinchi marta gunoh qilsa, u holda gunohiga yarasha jazolash, ya’ni kechirishni, kechirimli bo‘lishni yuksak axloqiy fazilat deb bilish. Kechirish odamlar o‘rtasidagi mehr-shafqatning mezoni, rahmdillikning negizi hisoblanadi. Shu tufayli, kechirish, afv etish mamlakatda o‘rnatilgan tartibning samaradorligini oshiruvchi omillardan birigina bo‘lib qolmas- dan, ayni vaqtda qabul qilingan qonunlarning insonparvarlik darajasini ko‘rsatuvchi mezonlardan biri hisoblanadiki, bu mezon buzilgan joyda huquq-tartibotchilar xalq nazaridan qolib, uning nafratiga duchor bo‘ladi.
Beshinchisi – «iymon bilan qudrat bir onadan tug‘ilgan, mustahkam iymonga tayangan qudrat buyuk bo‘ladi» deb, har bir fuqaroning, ayniqsa huquq-tartibotchining iymon-e’tiqodli bo‘lishi. Shubhasiz, iymon butun bo‘lgan joyda qonunga itoatkorlik ustun bo‘lib, huquq-tartibotchi axloqqa


1 Мўминов И.М. Амир Темурнинг Ўрта Осиё тарихида тутган ўрни ва роли.
Ёзма манбалар маълумоти асосида // Унинг ўзи. Танланган асарлар. Биринчи том. – Т.: Фан, 1969. – Б.463.
zid illatlar va jinoyatlar og‘ushiga botib ketmasdan, har qanday sharoitda ham Vatan oldidagi burchini bajaradi. Iymonli-e’tiqodli huquq-tartibot himoyachilari bilan davlat kuch-qudratga to‘lib, buyuklik sari qadam tashlaydi.
Amir Temur davlatda huquq-tartibot o‘rnatuvchilarning axloqiy fazilatlarini bayon qilish bilan bir qatorda, yaxshi axloqqa zid bo‘lgan g‘iybat, tuhmat, uydirma, yolg‘on, zulm qilish, o‘ziga yoqmagan kishilarni yo‘qotish, payiga tushish, gina-kek saqlash, hasad qilish, ichiqoralik kabi illatlarni butkul qoralaydi. Bunday kishilarga huquq-tartibot ishlarini ishonib topshirish mumkin emasligini qayta-qayta uqtiradi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə