Ichki ishlar idoralari xodimlarining



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə25/161
tarix29.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#139033
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   161
Respublikasi

Marg‘inoniy. Sharq Uyg‘onish davrining mashhur huquqshunos, axloqshunos allomalaridan biri Burhoniddin Al-Marg‘inoniy (1123–1197) bo‘lib, u musulmon olamining fani erishgan barcha bilimlarni egallagan, ulug‘ allomalardan saboq olgan hamda butun umrini shariat va fiqh ilmini o‘rganishga, uni targ‘ib qilish va hayotga tatbiq etishga bag‘ishlagan. U o‘zining o‘lmas asari «Hidoya» bilan musulmon olami olimlari safidan joy olgan mutafakkirdir.
Burhoniddin Marg‘inoniy «Hidoya» asarini 1178 yilda Samarqand shahrida yozgan.
«Hidoya» (arabcha to‘la nomi «Hidoya fi furu’ al-fiqh», ya’ni fiqh sohalari bo‘yicha qo‘llanma) to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish, degan ma’noni anglatadi. Bu kitob 4 jilddan iborat va 56 bobga bo‘lingan bo‘lib, unda islom marosimlarining asosiy talablari, huquqiy va axloqiy qoidalari, xususan, tahorat, namoz, zakot, ro‘za, haj, qurbonlik; oila, nikoh masalalari bilan bog‘liq qoidalar batafsil yoritilgan, huquqiy qoidalarni bajarmaganlik uchun jazo choralari belgilangan. «Hidoya»da mulkiy va moliyaviy munosabatlarga, jinoyat va jazo, fuqarolik huquqi, sud va protsessual masalalarga keng o‘rin berilgan.
Masalan, Burhoniddin Marg‘inoniy: Qasam uch turlidir: birinchisi – g‘amus; ikkinchisi – mun’aqid; uchinchisi – lag‘v. G‘amus qasam – bir ishni bir zamonda «qilganman» yoki «qilmaganman» deb, qasddan yolg‘on qasam ichishdir. Bunday qasam ichish bilan odam qattiq


1 Хидоя: комментарии мусульманского права. Т. 1. – Ташкент: Узбекистон, 1995. – С. 409.
gunohkor bo‘ladi, shuning uchun ham payg‘ambarimiz: «Kim yolg‘ondakam qasam ichsa, uni Alloh do‘zaxga hukm qiladi», – degan edi. Bayon etilganlarga xulosa yasab aytish mumkinki, Burhoniddin Marg‘inoniy musulmon huquqshunosligining asoschilaridan biri sifatida axloq va huquq ilmining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi, ammo ularni bir-birlaridan ajratmadi. Ushbu buyuk allomaning Sharq olamidagi tarixiy xizmatlari haqida I.A.Karimov: «O‘zining beqiyos salohiyati bilan buyuk ilmiy maktab yaratib, go‘zal Farg‘ona diyorini jahonga tarannum etgan islom huquqshunosligining yana bir ulkan namoyandasi Burhoniddin Marg‘inoniyning tabarruk nomini butun musulmon dunyosi yuz yillar davomida e’zozlab keladi. Bu mo‘tabar allomaning Sharq olamida
«Burhoniddin va milla», ya’ni «Din va millatning hujjati» degan yuksak unvonga sazovor bo‘lgani ham buni yaqqol isbotlaydi.
Marg‘inoniyning o‘lmas merosi, xususan, ellik yetti kitobdan iborat
«Hidoya» – «To‘g‘ri yo‘l» deb atalgan asari, mana, sakkiz asrdirki, musulmon mamlakatlarida eng nufuzli va mukammal huquqiy manba sifatida e’tirof etib kelinayotgani albatta bejiz emas»1, – degan edi.
Axloq haqida juda ko‘p qimmatli fikrlarni Ahmad Yugnakiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Yusuf Xos Hojib kabi mutafakkirlarning asarlarida uchratishimiz mumkin. Ularning axloq va nafosat sohasida yozgan asarlari nihoyatda ko‘p bo‘lib, ushbu darslikda hammasini sanab o‘tish qiyin. Shuning uchun ham ularning ayrimlari to‘g‘risida qisqacha fikr yuritdik, xolos.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə