Ichki ishlar idoralari xodimlarining



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə22/161
tarix29.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#139033
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   161
Respublikasi

2-§. MARKAZIY OSIYO UYG‘ONISH DAVRI MUTAFAKKIRLARINING HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHILAR AXLOQI VA ESTETIK MADANIYATI HAQIDAGI FIKRLARI
Markaziy Osiyo Uyg‘onish davrining xususiyatlari. Markaziy Osiyoda islom dini VIII-IX asrlarda urush qilish, zo‘rlik ishlatish va imtiyozlar yaratish orqali joriy qilingan bo‘lsa-da, keyinchalik u xalqimizning iymon-e’tiqodi va madaniyatiga aylanib qoldi.
Bu davrda arab xalifaligining madaniy markazlari bo‘lgan Bag‘dod va Damashq shaharlarida ilm-fan rivoji kuchayib ketdi. Buning sababi, bir tomondan, qadimgi Yunoniston mutafakkirlari (Platon, Aristotel, Galen, Gippokrat, Arximed va h.k.) ilmiy merosining kirib kelganligi bo‘lsa; ikkinchi tomondan, qadimgi Xitoy va Hindiston olimlarining asarlari orqali ushbu mamlakatlar fan va madaniyatining keng yoyilishi, ularning




1 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008.
– Б.32.
arab mamlakatlari, So‘g‘d, Xorazm, Xuroson kabi o‘lkalarda rivoj topgan fan va madaniyat bilan uzviy ravishda qo‘shilib ketishi bo‘ldi. Bu oxir- oqibatda Sharq Uyg‘onish davrining boshlanishi uchun zamin tayyorladi. Ana shu zamin asosida Markaziy Osiyoda Buxoriy, Termiziy, Nasafiy, Xorazmiy, Farg‘oniy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Roziy kabi bir qator mashhur allomalar yetishib chiqdi.
Markaziy Osiyo Uyg‘onish davrining o‘ziga xos jihatlari quyi- dagilardan iborat edi:

  1. dunyoviy ma’rifatga intilish, bu yo‘lda o‘tmish va qo‘shni mamlakatlar fan va madaniyatining yutuqlaridan keng foydalanish, ayniqsa, tabiiy va ijtimoiy-falsafiy ilmlarni rivojlantirish;

  2. tabiatni bilishga qiziqish, tabiatshunoslik ilmlarining rivojiga, aql kuchiga ishonish, asosiy e’tiborni haqiqatni topish maqsadini qo‘ygan fanlarga qaratish, haqiqatni inson tasavvuri va ilmining asosi deb hisoblash;

  3. insonni, uning aqliy, tabiiy, badiiy, ma’naviy fazilatlarini ulug‘lash, insonparvarlikni, yuksak axloqiy fazilatlarni tarannum etish, komil insonni tarbiyalashni maqsad qilib qo‘yish;

  4. qomusiy bilimga, barcha narsalarga qiziqish va h.k.

Bu davr madaniyati, ilm-fani o‘zining ana shu xususiyatlari bois jahon madaniyatining rivojiga xizmat qildi1.
Markaziy Osiyodagi Uyg‘onish davrini IX-XII asrlarni qamrab oluvchi birinchi va XIV-XVI asrlarni o‘z ichiga oluvchi ikkinchi bosqichlarga ajratish mumkin.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə