Idishdagi monometrik va absolyut bosimni aniklash. Ishdan maqsad



Yüklə 379,1 Kb.
səhifə11/14
tarix27.09.2023
ölçüsü379,1 Kb.
#123942
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Gidravlika tajriba ishi

4.4-jadval

t/r

P’ezometr ko‘rsatishlari

V

t

Doimiy
kattaliklar
d1 = 1,5 sm;
d2 = 1,0 sm;
d3= 2,5 sm;

Keskin
kengayish

Keskin
torayish

Jo‘mrak













sm

sm

sm

sm

sm

sm

sm3

s




1

2

3

4

5

6

7

8

9

10






























































4.5-jadval

t/r

Q



















sm3/s

sm/s

sm/s

sm

sm
















1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11




































































SINOV SAVOLLARI:

  1. Mahalliy qarshilik koeffitsiyenti qiymati nimalarga bog‘liq?

  2. Tajribada bosim yo‘qotilishi har bir mahalliy qarshilik uchun qanday aniqlanadi?

  3. Mahalliy qarshilik koeffitsiyenti qiymati tajribada qanday aniqlanadi?

  4. Mahalliy qarshilik koeffitsiyenti nazariy qiymati qaysi formula yordamida hisoblanadi?

  5. Tajribada suyuqlik sarfi va oqim o‘rtacha tezligi qanday aniqlanadi?


5 - TAJRIBA ISHI
VENTURI ASBOBIDA SUYUQLIKNING SARFINI O’LCHASH.
ISHDAN MAQSAD:

  1. Venturi quvuri yordamida suv sarfini o‘lchashni o‘rganish.

  2. Suv o‘lchagich tarirovkasi va uning garafigini chizish.

QISQACHA NAZARIY MA’LUMOT
Bosimli quvurda tekis harakatlanayotgan suyuqlik (gaz) sarfini aniqlash uchun maxsus qurilmalar, diafragmalar soplolar va Venturi quvuridan foydalaniladi. Bu qurilmalardan foydalanish quvur kesimi torayishi natijasida hosil bo‘ladigan bosim farqi o‘zgarishi va suyuqlik sarfi orasidagi bog‘lanishga asoslangan.
Har bir aniq toraytirgich qurilmasi uchun bu bog‘liqlik gidravlikaning asosiy tenglamalaridan: Bernulli tenglamasi va oqimning uzluksizligi tenglamasidan aniqlab topiladi.
Venturi suv o‘lchagichi o‘zgaruvchan kesimli quvur bo‘lib, u ikki bo‘lakdan tashkil topgan – tekis torayuvchi va tekis kengayuvchi. Toraygan joyda oqim tezligi oshadi, bosim esa kamayadi. Ushbu kesim orasidagi bosim farqi yuzaga keladi va u konus boshida hamda silindr qismida o‘rnatiladigan ikki p’ezometrlarda o‘lchanadi.
Quvurdagi nazariy suyuqlik sarfi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
(5.1)
Bu yerda
yoki (5.2)
S – ushbu suv œlchagich uchun doimiy kattalik u quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
(5.3)
bu yerda – suv o‘lchagich oldidagi ko‘ndalang kesim yuzasi.
– suv o‘lchagich toraygan qismidagi kesim yuzasi.
S – kattalikni bilgan holda va pezometr ko‘rsatishiga qarab quvurdagi sarfni har qanday vaqt birligi uchun
(5.4)
formula orqali topish mumkin.
Standart sarf o‘lchagichlar uchun qarshilik koeffitsiyenti va sarf o‘lchagich doimiylari maxsus ma’lumotnomalarda keltiriladi. S doimiysini nazariy hisoblash mumkin, aniqrog‘i u tajribada sarf o‘lchagich tarirovkasida aniqlanadi. Tarirovka vaqtida tajriba natijalarini bog‘liqlik grafigi ko‘rinishida tasvirlash qulaydir. Bu holda sarfni hisoblashsiz grafikdan aniqlash mumkin.
Qurilma (rasm 5.1) quyidagicha tuzilgan: (1) bosim baki, (2) suyuqlik o‘tkazuvchi quvur, uning oxirida (5) jo‘mrak o‘rnatilgan. Suv sarfi (6) o‘lchagich baki yordamida aniqlanadi. Quvur o‘rta qismida Venturi quvuri o‘rnatilgan. Bosim o‘zgarishini, o‘lchash uchun sarf o‘lchagichga pezometrlar (3) va (4) ulangan. Bosim baki (1) da o‘zgarmas bosim suv jo‘mragi (5) yordamida ushlab turiladi. Ortiqcha suyuqlik oqova quvur orqali chiqariladi.
TAJRIBA O’TKAZISH TARTIBI
1. Bosim baki (1) suv bilan to‘ldiriladi.
2. P’ezometrlarda havo yo‘qligi tekshiriladi.
3. Jo‘mrak (5) yordamida turli sarflar vaqt birligida o‘lchanadi va har bir tajriba uchun p’ezometrlar ko‘rsatkichlari olinadi.
; ; (5.5)
Jami 5 ta o‘lchash ishlari bajariladi.
4. Bir vaqtning o‘zida o‘lchash bakiga tushgan suv miqdori aniqlanadi. O’lchash natijalari 5.1-jadvalga yoziladi.

5.1-rasm Tajriba qurilmasining sxemasi
5.1-jadval

t/r

O’lchov birliklari

Hisoblash birliklari

V

t





Q



C

Co‘r

sm3

s

sm

sm

sm3/s

sm

sm2.5/s

sm2.5/s

1

2

3

4

5

6

7

8

9

1

























2

























3


























TAJRIBA NATIJALARINI HISOBLASH

  1. Suyuqlik sarfi hisoblanadi.

; (sm3/s)

  1. (3) va (4) p’ezometrlar ko‘rsatkichlari farqi aniqlanadi.

  2. Sarf o‘lchagich doimiysi hisoblanadi.

  3. Tajriba natijalariga tarirovka grafigi quriladi.

(5.6)
Hisob natijalari 5.1-jadvalga yoziladi.

SINOV SAVOLLARI:

  1. Suv o‘lchagich sifatida qanday usul tatbiq qilingan?

  2. Venturi suv o‘lchagichi sarfi formulasi gidravlikaning qanday tenglamalari asosida keltirib chiqariladi?

  3. Suv o‘lchagich nazariy doimiysi qanday aniqlanadi?

  4. Suv o‘lchagich doimiysi tajribada qanday aniqlanadi?

  5. Suv o‘lchagich tarirovka xarakteristikasi qanday maqsadda quriladi?



6 - TAJRIBA ISHI
MARKAZDAN QOCHMA NASOSNI TAJRIBADA SINASH VA
TAJRIBADA OLINGAN KATTALIKLAR ASOSIDA ISHCHI
XARAKTYERISTIKANI QURISH
Umumiy tushunchalar
Pastki havzadagi suv manbaining sathidan vertikal bo‘yicha gorizontal holatda joylashgan nasos agregatining o’qigacha bo’lgan masofa nasosning geometrik suv tortish (so‘rish) balandligi deyiladi.6.1–rasm)

6.1– rasm. Markazdan qochma nasosning so‘rish balandligi
Agar nasos agregati pastki qirg’oqda suvning sathidan balandda joylashgan bo’lsa, bunday nasos qurilmasining suv tortish balandligi musbat deyiladi. Bunday nasos qurilmasini ishga tushirishdan oldin, uning suv tortish quvurlarini va nasosning ish kamerasini to‘liq suvga to‘ldirish kerak.
Kichik nasos qurilmalarida ko‘pincha suv tubiga quvur boshlanishiga teskari klapan o‘rnatilgan bo‘lib, nasos ish kamerasi ustidagi maxsus teshikdagi boltni chiqarib olib, quvurga shu yerdan suv quyib to‘ldiriladi. Bunda nasosdan keyingi suv haydovchi quvur boshlanishidagi vintni suvga to‘ldirilgach, boltni mahkamlab burab quyiladi, ya’ni nasos qurilmasi ishga tushirishga tayyor bo‘ladi.
O’rtacha va katta quvvatli nasoslarda suv tortuvchi quvurni hamda nasosning ish kamerasini suv bilan to‘ldirish uchun maxsus vakuum-nasos yoki elektr nasoslar yordamida suvga to‘ldiriladi.
Tajribadagi nasos qurilmasida K 160/20 tipidagi markazdan qochma konsol nasosi o‘rnatilgan.
Bu nasosning belgilanishida:
K – bir bosqichli va ish g’ildiragiga bir tomondan suyuqlik markazdan qochma kiradigan ish g‘ildiragi gorizontal, konsol konstruksiyali nasos.
160 – nasosning unumi, ya’ni bir soatda haydab chiqargan suvining hajmi, m3/soat.
20 – nasosning chiqish qismida suv haydovchi quvurida hosil qilishi mumkin bo‘lgan suvning bosimi, millimetr simob ustunida yoki 2 atm. Odatda ishlab chiqaruvchi zavodlar bunday nasoslarni asinxron elektrodvigatel bilan mufta yordamida yig‘ib, bir fundamentga boltlar bilan qotirilgan va nasos agregati holida iste’molchiga yuboradi.
Konsol shaklida yasalgan bir bosqichli markazdan qochma nasoslar xalq xo‘jaligida toza suvni haydashda juda keng qo‘llanib kelinmoqda, ularning unumi Q=5 m3/soatdan to 360 m3/soat (yoki 1.4 l/s – dan to 100 l/s va hosil qilayotgan bosimi 10 m dan to 90 m gacha yetadi. Nasos qurilmasini ishga tushirishda nasosning ish kamerasini va suv tortuvchi quvurni suv bilan to‘ldirish vakuum-nasosi yordamida bajariladi.
Ish g‘ildiragi ko‘rsatilgan strelka bo‘yicha aylanganda kurakchalar bilan suvni olib ilgariga suradi, hamda markazdan qochma kuch ta’sirida suv vakuum-nasos tanasi devorlariga yo’naladi va konsentrik suv halqasini hosil qiladi.
Ish g‘ildiragining pastki qismida, suv halqasining ichki qismida, ya’ni «Bo‘sh» qismida bo‘shliq hosil bo‘ladi. Bu bo‘shliqqa katta o‘roqsimon darchadan nasosning tashqi qopqog‘idan havo so‘riladi va uni aylanuvchi ish g‘ildiragi yordamida «Bosim» qismiga so‘riladi, natijada bu havo qisilib, kichik o‘roqsimon darcha suv aralash vakuum-nasosning bosimli quvuriga yonaltiriladi.
Vakuum-nasosning «Bo‘sh» qismi maxsus quvur yordamida, asosiy ishga tushirilishi kerak bo‘lgan nasosning ish kamerasidan, suv tortuvchi quvuridan havoni torta boshlaydi, natijada ma’lum vaqtdan keyin nasosning ish kamerasi suvga to‘ladi. Nasos ishga tushishi uchun tayyor nasosning ish kamerasi va suv tortuvchi quvurni vakuum-nasos yordamida suvga to‘ldirish vaqti berilgan qurilmada 0,5 minutga to‘g‘ri keladi.
Ishdan maqsad
1. Nasos qurilmasining asosiy elementlari va konsolnasosining qismlari bilan tanishish.
2. Musbat geometrik suv tortish balandligi ko‘rinishidagi quvurli nasos qurilmasini ishga tushirish va to‘xtatish jarayonlarini o‘rganish.
3. Nasosning ish xarakteristikalarini tajribada sinash H=f(Q); Pel.dv = f(Q); N = f(Q) = f(Q) bunda n = const.

Yüklə 379,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə