Ijodiy tashabbuskorlikni rivojlantiruvchi mashqlar. Nutq nuqsoniga EGA bolalar bilan logoritmik vositasilardagi mashqlar


Maktabgacha yoshdagi duduqlanadigan bolalar bilan logopedik ritmika bo‘yicha mashg‘ulotlar



Yüklə 36,23 Kb.
səhifə2/3
tarix04.08.2023
ölçüsü36,23 Kb.
#120325
1   2   3
1-amaliy mashg\'ulot

Maktabgacha yoshdagi duduqlanadigan bolalar bilan logopedik ritmika bo‘yicha mashg‘ulotlar
Maktabgacha yoshdagi duduqlanadigan bolalar bilan logopedik ritmika bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazgach, turli psixik jarayonlarda va odatdagi ontogenezda bolaning funksional tizimi shakllanganidek, duduqlanadiganlarning o‘zlarida rivojlanishning ba’zi xususiyatlarini ham hisobga olish zarur. Ushbu yoshdagi bolalarning anatomik-fiziologik xususiyatlarini, ularda nutq va motor funksiyasi, odamga el bo‘ladigan, qayajonli holati, (shu jumaladn o‘yinli) bilsh faoliyatining oqib o‘tishini ham e’tiborga olish kerak.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda quyidagi anatomik-fiziologik tizimning o‘ziga xos xususiyati bo‘ladi:
bosh miya po‘stloqi to‘qimalarining tugallanmagan differentsiatsiyasi, shu jumladan psixomotor qismida, ajratib tashlangan harakatni statik bajarishni qiyinlashtiradi (qo‘l, oyoqni bukish, rostlash), bu bilan bola tez charchab qoladi. Shu munosabat bilan ta’sirlanish va tormozlanish hamda ularning muvozanatini saqlash jarayonlarini bir tekis navbat bilan turishiga imkon beruvchi turli harakatlarni tez-tez almashtirib turish zarur;
2–3 yoshdagi bolaning tez o‘suvchi yumshoq suyagi har xil bukilishlarga duchor bo‘ladi. Shuning uchun yelka kamarida qaddan oshgan kuchlanishda va uzoq vaqt statik holatida turish bilan boqliq kuch harakatlarini bajarmaslik kerak;
2-3 yoshdagi bolalarda ijobiy hissiyotlar asab-psixik doirasini funksional tashkil topishi va rivojlanishida katta o‘rin egallaydi. Buning kuchida logoritmik mashg‘ulotlarning mazmuni va tashkil etilishi bolalarda qoniqish uyg‘otishi kerak. Qo‘llash va maqtash bolada hissiyot tonusini ko‘taradi, motor va psixik tanglikni oldini oladi va ozod qiladi, qatto uning umumiy faolligini oshiradi, raqbatlantiradi va muloqotni yengillashtiradi.
Nutq materialini tanlaganda kichik bolalar dialogidagi maxsus xislatlarni nazarda tutish kerak: sherigiga tez-tez luqma tashlash – takrorlash yordamida moslashish; gapirayotganlardan tengdoshlaridan qay biriga birinchi majburiy murojaat etish; dialogning nisbiy tashkil etilganligi: dialogga galma-galdan kirishish, muayyan insonlarga yo‘naltirilish, ya’ni nutqning asosiy funksiyasini – kommunikativlikni amalga oshirish. 2–3 yoshdagi bolalar nutqni muloqot, kechinma yoki qo‘shma harakatga chaqiriq vositasi sifatida qo‘llaydilar. harakat bolalarda ko‘pincha monologga nisbatan dialogni vujudga keltiradi, chunki bola yoki gaplashishga intiladi, yoki yordam so‘raydi. Affektlarning (qattiq qayajonning) zaruratdan bevosita ifodalanishi va boshqalarga shaxsiy kechinmalarini xabar berish xoqishida murojaat qilishning leksik va grammatik xususiyatlari tuqiladi: fe’llarning ko‘p sonli buyruq mayli bilan boqliqligi, o‘z fikrini aytish buyruq yoki so‘roq xarakterida, iltimos ko‘rinishidan iborat bo‘ladi.
Odatda, duduqlanish paydo bo‘lishi bilan ko‘pchilik rivojlanayotgan bolalarda shaxsi, nutqi va xulqiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Shu bilan birga ilk yoshdagi duduqlanadigan bolalarning bir qismida motor funksiyasining, nutqning, dilkashlikning, taqlidchilikning, tengdoshlari bilan o‘zaro munosabatning, hamda yakka-shaxsiy xususiyatlarining disgarmonik rivojlanishi belgilanadi. G.A.Volkovaning tadqiqotlarida ko‘rsatilishicha 2–3 yoshdagi duduqlanadigan va duduqlanmaydigan bolalarda quyidagi motor ko‘nikmalarining rivojlanishi va avtomatlashishida kechikish kuzatiladi (sanab chiqish ontogenezda shakllanishi bilan muvofiqlikda beriladi): narsani ushlab olish va uni qo‘lda uzoq tutib turish;
“Ladushki”, “qakka” o‘yinidagi kabi qo‘l barmoqlari va panjaning harakati; qoshiqdan foydalanish; yurishni egallash; qurilish materiali bilan o‘yinlarda ketma-ket harakatlar yonida.
Bu bolalar betayin qulq bilan xarakterlanadilar, u atrofdagilarga affektiv munosabat ko‘rsatadi. Ko‘pchiligida faoliyatda inertlik, tez toliqib qolish begilanadi. Tez-tez ta’sirlanuvchanlik, salbiy va tajovuzkorlik ta’sirlari. Ko‘p bolalar yiqloqi. Ko‘pchiligi uchun qatto yaxshi ko‘rgan yaqinlari bilan ham muloqot qilishdan bosh tortishgacha tuturiqsizlik xos. Logopedik ritmika bo‘yicha mashg‘ulotlarni quyidagi shartlarni hisobga olgan qolda o‘tkazish kerak. Nutq, harakat va musiqali faoliyatning turli ko‘rinishlarining o‘zaro alqadorligi.
Ilk bolalalikda ashula aytish, musiqa eshitish, musiqali-ritmik harakatlar qali maxsus vazifalar va dastur tarkibi bilan musiqali tarbiyalash bo‘limlariga ajratilmaydi. Faqat bu faoliyatlar ko‘rinishi paydo bo‘lishi, musiqali qobiliyatning dastlabki shakllanishi, ashulali va motorli ko‘rinishlar sodir bo‘ladi. Shuning uchun musiqani eshitish xirgoyi qilish bilan, xirgoyi qilish harakatlar bilan kuzatiladi.

Yüklə 36,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə