Ijodiy tashabbuskorlikni rivojlantiruvchi mashqlar. Nutq nuqsoniga EGA bolalar bilan logoritmik vositasilardagi mashqlar


O‘qitish jarayonining keng ochilmaganligi



Yüklə 36,23 Kb.
səhifə3/3
tarix04.08.2023
ölçüsü36,23 Kb.
#120325
1   2   3
1-amaliy mashg\'ulot

O‘qitish jarayonining keng ochilmaganligi.
Logoritmik mashg‘ulotlarning mazmuni musiqaga hissiyotli iltifotni rivojlantirishga, unga birlamchi qiziqishni, musiqa bilan boqliq aloqida harakatlarni faollashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Turli balandlikdagi, tembrdagi, dinamikadagi jaranglashlarni idrok qilishni rivojlantirish aloqida o‘rin egallaydi. Ilk yoshdagi bolalarda musiqali-ritmik ko‘nikmalarning darajasi “birlamchi ashula ko‘rinishlari”, “oddiy ritmik harakatlar” kabi temrinlar bilan xarakterlanadi. Bu bilan qayotining uchinchi yilida bolalarni o‘qitish jarayoni tugallanmaganligi ta’kidlanadi.
Vazifalarning takrorlanishi.
Masalan, harakatlarni almashtirish tarbiyasi ikki-uch qismdan iborat shakldagi musiqali asar bilan kuzatiladi, butun logopedik kurs davomida amalga oshiriladi (bunda turli musiqali repertuar foydalaniladi).
Nutqli va musiqali materialning kichkina harakatlar qajmi.
Logoritmika tarbiyasi logopedik ishning bosqichlari mazmuni bilan muvofiqlikda amalga oshirilishi kerak.
Maktabgacha yoshdagi duduqlanadiganlar bilan logopedik ritmikaga quyidagi bo‘limlar kiritiladi.
1.Sensor qobiliyatini shakllantirish: turlicha modallikni, diqqatni, ritmga ta’sirni va eshitishga ta’sir etuvchilarni idrok qilish. Dastavval musiqani idrok etish shakllanadi. Bolalar oldin musiqiy asarni yaxlitligicha idrok etadilar, keyin eshitishni boshlaydilar va ifodali ohangni, tasviriy paytlarini, so‘z boshi va xulosani ajratib oladilar.
Har xil musiqali asarlarni eshitish, musiqali tovushning to‘rtta xususiyatini: balandligi, davomiyligi, tembri, dinamikasini ajratib olish mashqlari. Bolalar musiqa kim to‘g‘risida qikoya qilayotganini aytadilar (masalan, mushuk yoki mushukcha qaqida) va mos o‘yinchoqni ko‘rsatadilar. O‘yinchoqni ko‘rish obrazi muayyan musiqa va nomlanish bilan boqlanadi.
Logopedik bosqichning oxirida bolalar musiqali asarning uch qismli shaklini, turli xarakterdagi musiqaning qattiq yoki sekin jaranglashini, qo‘nqiroqchalarning baland yoki past jaranglashini ajratib oladilar, metallofonning ovozini, fortepianoning «do»1 – «do»2 oraliqini aniqlaydilar (nima chirqillayotganini tanib oladilar: qush yoki qushcha), qo‘qirchoqlar bilan harakatlarda turli ritmni beradilar (qo‘qirchoq qadam tashlayapi, yugurayapti yoki sakrayapti).

  1. Musiqali-ritmik ko‘nikmalarning shakllanishi. Yurish, yugurish, yarim cho‘kka tushish, oyoqlarni tebratish (“prujinacha”), irqishlash bilan yurishning birgaligi, narsalar bilan mashqlar, harama-harshi jaranglagan musiqa bilan harakatlarning mosligi. Yugurishning tempi va ritmi hamda qo‘llar erkin holatda. Logopedik bosqichning tugashida bolalar musiqa xarakteri o‘zgarishi bilan mustaqil harakatlarni almashtirishni o‘rganishlari kerak.

  2. Muvozanatni saqlashni uddalashni tarbiyalash. Cheklangan maydonda yurish, predmet ustidan qatlab o‘tish, qiya tekislikka ko‘tarilish, polda yotdan arqoncha ustida yurish va boshqalar.

  3. harakatlar majmuini raqsda, sakrashda tarbiyalash. Sakrashning oddiy belgilari (raqs tushish, irqishlash, kichik oraliqdagi – 5, 10, 15 sm qandaydir narsa ustidan sakrab o‘tish, sakrab tushish). Raqslar ikki qismli musiqali asar yoki qo‘shiq matniga mos harakatlarning almashishiga asosan quriladi. Logopedik bosqichning o‘rtasiga kelib bolalar turlicha qurilishdagi: aylana bo‘ylab, bir kishi bo‘lib, ikki kishi bo‘lib, raqs harakatlarini egallaydilar.

  4. Ifodali harakatlar ko‘nikmasini tarbiyalash. Musiqa ostida ritmik yurish, sochilib yugurish, harsak chalish, oyoqlar bilan to‘pillatish, qo‘l panjalarini aylantirish, bir tomonga o‘z atrofida burilishlar va boshqalar.

  5. Logopedik bosqichning oxiriga kelib bolalarni erkin raqslarda harakatlarni ifodali bajarishga, oddiy qo‘shiqlarni saqnalashtirishga olib kelish kerak. qo‘l, oyoq, bo‘yin, yelka kamari relaksatsiyasi mashqlari harakatlarning ifodaliligiga imkon beradi.

  6. Fazoviy mo‘ljal olishni tarbiyalash. Bir kishi, ikki kishi, sochilib, bir birining ketidan, teskari yo‘nalishda yurish, oddiy raqs harakatlarini bajarish.

  7. Ritmni, tempni, tovush qattiqligini qis qilishni, ashula aytish paytida pauzani uddalashga rioya qilishni tarbiyalash. Kattalarning ashula aytishiga sozlanish yo‘li bilan ashula aytish ohangini shakllantirish; musiqiy iboralarning oxirini xirgoyi qilish.

Logopedik bosqichning o‘rtalarida bolalar logoped bilan birgalikda va mustaqil pastlashib boruvchi katta tertsiyaning takrorlanuvchi oraliqida qurilgan har bir kupletning oxirgi ikkita iborasini kuylaydilar. Yil oxirida kattalarning ovoziga sozlanib bolalar qisqa iboralari bo‘lgan oson qo‘shiqlarni kuylaydilar. Bu kuylashlar cholqu asboblari jo‘rligida ijro etiladi. O‘rganayotgan qo‘shiqlarini turlicha vaziyatlarda logopedik va tarbiyaviy mashg‘ulotlarda, yangi o‘yinni, o‘yinchoqni ko‘rsatish paytida va boshqalar, hamda uy sharoitida tez-tez takrorlashlari kerak.

  1. Musiqiy ritmni qis qilishni tarbiyalash. Yurish, chopish, sakrash, oson bo‘lgan raqslar, raqslar, xorovodlar.

  2. Qo‘l motorikasini tarbiyalash: Sekinlashgan va odatdagi tempda o‘tkaziladi. Turli tusdagi musiqa ostida o‘tkaziladi. Masalan, oqista musiqani eshita turib qo‘qirchoqni tebratish; quvnoq raqs musiqasini eshita turib harsak chalish; ovozga taqlid qilib pedagogning orqasidan takrorlash, mushukchani (o‘yinchoq) silab qo‘yish; marsh ovozi ostida bayroqchalarni qayrat bilan silkitish; qo‘l tirsaklarini bukib aylanma harakatlarni musiqa bilan moslikda bajarish; pedagogning qushcha qaqidagi qo‘shiqi ostida galma-galdan bitta qo‘lning barmoqlari bilan ikkinchi qo‘lning kaftlariga taqillatish («qushchani ovqatlantiramiz») va boshqalar.

  3. Artikulyator harakatlarini, tekis nafas chiharishni, ma’lum ohangda gapirishni, ovoz chiharishni, diktsiyani, dinamikani tarbiyalash. Kuldiradigan she’rlar, ovozga taqlid qiluvchi ikki-to‘rt qatorli she’rlar, jo‘r bo‘lib qo‘shiq aytish, ashula aytish.

  4. O‘yin faoliyatini tarbiyalash. Mashg‘ulot–o‘yinlardan musiqali-didaktik o‘yinlar ancha muhim. U o‘yin harakatlarini rivojlantirishni o‘zi yo‘lga qo‘yadi, xorovodli qurilishlarga, harakatlantiruvchi o‘yinlarga xos bo‘lgan ko‘pgina xususiyatlarni birlashtiradi. Mazmuni, tuzilishi, o‘yin harakatlari va musiqali-didaktik o‘yin qoidalari yuqori, ritmik, dinamik va tembrli eshitishni rivojlanishiga imkon beradi.

  5. Jamoani, sherikni va tashabbusni qis qilishni, qobiliyatni to‘plash – iroda doirasini rivojlantirishni tarbiyalash. Musiqali obrazga mos harakatlar, qo‘shiqlarni saqnalashtirish, xorvodlar, o‘yinlar.

Tarbiyachi, logoped va vazifalarni to‘g‘ri bajaradigan bolalar harakatlariga taqlid qilish logoritmik tarbiya metodikasining asosini tashkil etadi. Bolalarga yakka yondashishlar jamoaviy yondashishlar bilan mos keladi: kichkina guruqda har bir bolaning vazifalarni bajarishini tekshirish va boshqalar. Logoped va tarbiyachi har xil usullardan foydalanadilar: harakatlarni ko‘rsatish, og‘zaki yo‘llanmalar, izoq berish, obrazli qikoya qilish, bola bilan birgalikda harakatlarni bajarish, u bilan kerakli so‘zni, iborani takrorlash; qayotining uchinchi yilidagi duduqlanadigan bolalar bilan ishlashda zarur bo‘lgan ma’qullash, maqtash, raqbatlantirish kabilar qo‘llaniladi.
Logoritmik mashg‘ulotlr mavzuli va majmualilarga ajratiladi. Mavzuli mashg‘ulotlarda musiqali, harakatli, nutqli faoliyatning ko‘rinishlari qandaydir bitta obraz bilan birlashtiriladi (masalan, qushcha, qo‘qirchoq, sharlar, qozlar, samolyot, yomqir, archa, mushukcha bilan).
Majumali mashg‘ulotlarda musiqali faoliyat nutqli-rassomlik va tasviriy faoliyat bilan uyg‘unlashadi; harakatlarning galma-galligi sodir bo‘ladi (masalan, goq bolalar o‘yinchoqni ko‘zdan kechiradilar, goq personajning ifodali harakatlarini bajaradilar, goq rasm chizadilar yoki musiqa ostida faoliyat tempini aniqlovchi tayyor shakllarni yopishtiradilar, goqida esa pedagog bilan birgalikda kuylaydilar).
Logoritmik mashg‘ulotlarning hamma ko‘rinishlari kunning birinchi yarmida o‘tkaziladi va 20 daqiqa davom etadi.
Har qanday yoshdagi duduqlanadiganlar bilan ishda qo‘shiq aytishdan keng foydalanish kerakligini N.A.Vlasova, V.A.Griner, G.A.Volkovalar tavsiya etadilar. Maktabgacha va maktab yoshidagi duduqlanadiganlar uchun shunday qo‘shiqlar tanlab olinadiki, ularda musiqa jo‘rligida tabiat ohangi, tempi, xarakteri, tusi bilan musiqaning mazmuni to‘g‘risida tasavvur beriladi va bolalar qo‘shiqni faqat matn orqali emas, balki uning obrazli jaranglashi orqali farqlaydilar. Ular qo‘shiq mazmunini ifodali uzatadilar: bayram marshining quvonchli, tetik kayfiyati yoki kuz qo‘shiqining oqista ovozlari, sakrayotgan quyonning quvnoqligi yoki poyezdning bir tekisdagi ritmi. qo‘shiqning mazmuni qancha xilma xil bo‘lsa, shuncha bolaning musiqali idrok zaqirasi boy bo‘ladi. qo‘shiq matni muhim rol o‘ynaydi. Agar duduqlanadiganlarda tovush talaffuz qilishda buzilishlar bo‘lsa va logopedik mashg‘ulotlarda tovushni avtomatlashtirish va yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar olib borilayotgan bo‘lsa, unda qo‘shiq matniga bolalar egallamagan tovushlar kiritilishi kerak emas.
Qo‘shiqlar odatda xor bo‘lib ijro etiladi. Yakkaxon ijro etishlar ham bo‘lishi mumkin, lekin u nutqda va xulqda katta mas’uliyatni va mustaqillikni talab etadi. Bu vazifani hamma duduqlanadiganlar ham eplay olmaydilar. Shuning uchun qo‘shiqni yakkaxon ijro etish asta-sekin tarbiyalanadi: avval bola xorda, kichik guruqda qo‘shiq aytadi. So‘ngra logoped dialog shaklidagi o‘ziga xos qo‘shiqni tanlab oladi: bittasi savolni kuylaydi va ikkitasi yoki uchtasi javobni kuylaydi, keyin dialogni ikkita duduqlanadigan kuylaydi, shu bilan birga yakka kuylaganida talvasa paydo bo‘ladigan bola oldin berilgan savolga javobni kuylaydi va faqat undan keyingina dialogning tashabbuskori sifatida chiqadi. qo‘shiq ijro etish korreksion ishning bosqichiga boqliq. Bolalar faqat nutqning indamaslik, shivirlash davrida pedagog tomonidan ijro etilayotgan qo‘shiq yoki kuyni eshitadilar. Tutash va akslangan nutq davrida pedagog bilan qo‘shiqni birgalikda kuylab bolalar uning mazmunini egallaydilar, matnni o‘rganadilar. Bolalar nutqning savol-javob bosqichlarida qo‘shiqni dialog shaklida ijro etadilar. Logoped esa bu davrda savol-javob shaklida tanlab olgan matn bo‘yicha qo‘shiqlarni saqnalashtirishni o‘tkazadi. Bola mustaqil nutqdan foydalanishni o‘rganganida qo‘shiq ijro etish ham o‘zgartiriladi. Bolalar avval xor bo‘lib so‘ngra yakkaxon ashula aytadilar. qo‘shiqni bir bola, naqoratni esa hamma kuylashi mumkin. Mustaqil qo‘shiqni saqnalashtirish ham xuddi shunday sodir bo‘ladi.
Bosqichning boshida va oxirida musiqani tinglab bo‘lgandan keyin logoped duduqlanadiganlarga musiqada ular nimani eshitganlarini, qanday hissiyotlar tug‘dirganini gapirib berishni taklif qiladi.
Musiqani idrok qilish chuqur ichki kechinmalar bilan to‘ldirilgan murakkab va poyetik jarayon hisoblanadi. Unda shu damdagi musiqali tovushlarning sensorli hissiyotlari, jaranglashi, oldingi tajriba va sodir bo‘layotganlar bilan jonli assotsiatsiyalar, musiqali obrazlar rivojlanishi va ulardagi yorqin javob ta’sirlarini kuzatish hamohang bo‘lib ketadi.
Duduqlanadiganlarda qo‘shiq aytish paytida kuylash ko‘nikmalari, [«a»], [«o»], [«u»] unlilari va ularning birikmalari [«ye»], [«i»] ni davomli kuylash ishlab chiqiladi. qo‘shiqchilik diapazonini mustahkamlash uchun oldin kichik mashqlar beriladi, qo‘shiqlar har safar ancha baland ohangdoshlikda kuylanadi, ya’ni tashiladi (asarning ohangdoshligi yuqori yoki past tomonga o‘zgaradi). Turli registrli mashqlardan foydalaniladi (bitta odam goq baland, goq past ovozda kuylaydi).
Logoped diktsiya ustida ish olib borar ekan bolalarning e’tiborini qo‘shiqdagi ifodali nutq ohanglariga va ularning musiqa ohangi bilan mosligiga haratadi. Duduqlanadiganlar murojaat qilishni ovoz bilan ajratishni o‘rganadilar: («qoy, yo‘ldagi, eqtiyot bo‘l»!), savol («qani mening bolalarim, kul rang mushukchalarimq»), obrazning xarakterli belgisi («qo‘rqoq kul rang quyoncha…»).
Eshitishning tovush balandligini rivojlantirish uchun duduqlanadiganlarga quyidagi mashqlar taklif qilinadi: kuyning oxirgi tovushi jaranglashi qachon tugaganini aniqlash (uni tepkida ushlab turish); deyarli ikkita bir xil musiqali iboraning har xil qo‘shimchasini eshitish; yuqori va past tovushlarni, hamda kuyning yuqori-past harakatini ajratish; to‘g‘ri va noto‘g‘ri kuylayotganlarni aniqlash.
Ovoz va eshitishni muvofiqlashtirishni rivojlantirish uchun: berilgan tovushga «sozlanishni» uddalash; pedagogning topshiriqi bo‘yicha va uning yordamida erkin kuy jaranglashini kerakli ohangdoshlikda balandlatish yoki pastlatish; o‘z ovozi jaranglashining xarakteri va balandligiga pedagogning ko‘rsatmasiga ko‘ra kuy ijro etayotgan boshqalarning ovozini «tekislash»; musiqali kirishdan keyin qo‘shiqni va har bir musiqali iborani aloqida aniq boshlash.
Duduqlanadiganlarga kuylashni musiqa jo‘rligisiz o‘rgatish foydali. Bunday kuylash eshitish diqqatini rivojlantirishga, diktsiyani va tovush ovozini tozaligiga imkon beradi.
Duduqlanadiganlar avval fortepiano jo‘rligida kuylaydilar (kuy ozgina chalib turiladi), so‘ngra pedagog bilan va, niqoyat, mustaqil musiqa jo‘rligisiz kuylaydilar. Hamma yoshdagi duduqlanadiganlar bila ishda kuydeklamatsiyadan foydalanish mumkin. SHe’rli va prozaik matnlarni tanlashda yoshni, nutqning holatini, musiqiy qobiliyatning rivojlanishini, korreksion ishning bosqichini hisobga olgan qolda amalga oshiriladi. Musiqa jo‘rligidagi o‘qish, ifodali qikoya qilish, dialog yoki xorli deklamatsiya qilish matn mazmuniga mos kelishi, syujetni, obrazni asar personajlarini ochishga yordam berishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Ayupova M.Y. Logopediya. Darslik. T.: O‘zbekiston Faylasuflari milliy jamiyati, 2007.

  2. Ayupova M.Y., X.M.Po‘latova. Logopedik ritmika. Darslik. T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2007.

Elektron ta’lim resurslari


  1. http://www.edu.uzO‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sayti.

  2. http:www.uzedu.uzO‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi sayti.

Yüklə 36,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə