Ijodiy yo`nalish tamoyili Reja



Yüklə 40,87 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü40,87 Kb.
#150601
Ijodiy yônalish tamoyili


Ijodiy yo`nalish tamoyili


Reja:

1. Bugungi kun she`riyatiga bir nazar.


2. Zamonaviy o`zbek nasri taraqqiyoti.
3. Hozirgi o`zbek dramaturgiyasi va adabiy tanqidi.
4. Ijodiy niyat va uning ijrosi.

Ijod–hayot haqidagi ma`lumotni san`at qoidalariga bo`ysindirish jarayoni. Asar tili ustida ishlash–xalqchillik bilan bogliqligi. Sharq adabiyotida adabiy ta`sir «Nazira» hodisasi. Normativlik va «dogmatizm» tushunchasi. Bugungi kun she`riyatiga bir nazar. 80-yillar o`rtalaridan sho`rolar davlatida keskin siyosiy o`zgarishlar yuzaga keldi. Tarixga «qayta qurish» nomi bilan kirajak bu jarayon dunyoning oltidan bir qismini egallagan ulkan mamlakatni yetmish yil davomida idora qilgan bolsheviklar tuzumini yemirdi, qizil imperiya qo`lostidagi yuzlab millat va elatlar oldida o`z taqdirini o`zi belgilash imkoniyati tug`ildi. Mumtoz adabiy meros, ayniqsa sho`ro davri adabiyotiga yangicha qarash, avvalgi baholarni qayta ko`rib chiqish, ilgari nomini tilga olish ham xavfli sanalgan ijodkorlar va ularning asarlari xususida adolatli fikrlash mumkin bo`lib qoldi. Xususan, o`zbek adabiyoti tarixida ma`lum va mashhur ijodkorlardan tashqari ular bilan hamnafas yashab ijod etgan, shunchaki adabiy mashqlar emas, mumtoz san`at namunalarini yaratgan Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg`oniy, Husayn Boyqaro (Husayniy), Burhoniddin Rabg`uziy, Abulg`ozi Bahodirxon, So`fi Olloyor, Amiriy, Feruz, Avloniy, Behbudiy, Fitrat, Cho`lpon va yana o`nlab ijodkorlar merosi qayta nashr etildi, ilmiy-estetik tahlilga tortildi.


Hayotdagi bu ijobiy yangilanishlar zamonaviy adabiyotga haqiqatni cho`chimay yozishga, ijod erkinligiga tashna va shoirlarga ham zarur imkoniyatlar tug`dirdi. kisqa davr ichida adabiyotning barcha tur va janrlarida hayotni ro`yi-rost, bor murakkabligi bilan tasvirlagan, ijtimoiy-ma`naviy adolat-sizlik, xo`rlik va qullik sharoitida majruhlantirilgan inson ruhiyatini ilgari ko`rilmagan nuqtai nazardan tahlil etgan o`nlab yaxshi asarlar dunyoga keldi. Milliy ong shakllanishi, ma`naviy o`z-o`zini tanish, erkin ruhni tarbiyalash ishiga safarbar etilgan adabiyot o`zining eng iste`dodli vakillari qiyofasida iqtisodiy, siyosiy hayotning barcha muammolariga faol aralashdi, o`zining salmoqli fikrini jamiyat qatlamlariga singdira oldi. Bugungi kun she`riyatiga bir nazar.
Hozirgi she`riyatimizning yetakchi tamoyillarini belgilab berayotgan A.Oripov, E.Vohidov kabi shoirlarning keyingi yillarida yaratgan she`rlari ham «Faust» muallifining bu fikrini to`la tasdiqlaydi. Bugungi she`r hayot qadar rang-barang va murakkab, an`anaviy va kutilmagandir. Unda yuz yillardan so`ng qayta mustaqillikka erishgan, biroq erkning ta`mini unutib yuborgan xalqqa ajdodlar ruhidan madad iltijosi qizil imperiyaning jon talvasasi qurboni bo`lgan shahidlar timsolidagi ibrat va bedorlikka chaqiruv, «to`rdagilar hokimu mutlaq, pastdagilar yumuqko`z» zamonada sarson kezayotgan devona haqguy ruhidagi qaysarlik manzaralari bo`rtib ko`zga tashlanadi. Nisbatan ijodiy erkinlik sharoitida diniy mazuda, imon va e`tiqod masalalarida ham badiiy mushohada yuritish imkoni tug`ildi. Xususan, A.Oripovning «Hikmat sadolari», «Haj daftari» turkumlariga kirgan she`rlarida shoir va uning qiyofasiga jamlangan ommaning Allohga tavbasi, shukrona va ibodati o`z aksini topdi. Yuzaki qaraganda, ijodiy cheklangandek tuyulgan bu mavzular doirasida ham shoir zamonaviy muhim ijtimoiy fikr va uning yangicha ifoda usulini topa bildi. Millat dardlariga sheriklik, omma hali anglamagan muammolar o`yidagi qiynoq shoirlar ijodida farzandlik tuyg`usini, jo`mardlik hissini ochiq yuzaga chiqardi. Bu jihatdan Mirzo Kenjabekning «Xayrlashuv», «kuriltoy notiqlariga», «Haqiqat» singari she`rlari namunalidir. Garchi ularning hammasini ham yuksak estetik talablarga to`la javob beradigan asarlar deb bo`lmasada, biroq she`rlarda aks etgan shoir samimiyatiga, yurti va yurtdoshi uchun qayg`urayotgan qalb isyoniga befarq qarab bo`lmaydi.
She`rlarda tobora ko`proq aksini topayotgan yana bir jihat–bu shoirning imtihonga tortishi, u bilan yuzma-yuz turib "«orani ochiq qilib olish"» ga intilishidir. She`riyat, nihoyat, yetmish yillar davom etgan "vazifadoshlik" yukidan, siyosiy va ijtimoiy sharhlovchilik vazifasidan asta-sekin qutilib, asl qiyofasiga, sof mohiyatiga, yangi chovachilik majmui ishga tushirilganda, kinofestivalga kelgan mehmonlarni ko`rganda ham, shukurki, shakllanib qoldi. Ularni endi surat emas, siyrat, qalb manzaralari ko`proq o`ziga jalb qilyapti, iste`dod kuchi «o`tin yorishga» (A.kahhor) sarf etilayotgani yo`q. O`zbek she`riyati hozirgi kunda uslubi rang-barang, mazmuniy-shakliy izlanishlardan cho`chimaydigan, aksincha, mana shu ijodiy tajribalarning o`zini san`at tabiati deb biladigan shoirlarga ega. Agar ular ijodini an`anaviy she`r yo`llari chegarasida yozayotgan shoirlarga qiyosan olsak, hozir she`riyat kamida ikki oqimga ajralganini kuzatish mumkin. Bu ikki yo`nalishni shartli ravishda Omma she`riyati va Shaxs she`riyati deb nomlasak, balki to`g`ri bo`lar. Avvalo shuni ta`kidlash joizki, bu ajratish asosida aslo tashqi belgilar ustivor rol o`ynamaydi. Shakldagi o`zgachalik, she`riy san`atlardan foydalanish darajasining o`zi u yoki bu shoirni omma yoxud shaxs she`riyati vakiliga aylantirib qo`ymaydi. Hamma gap she`rda aks etayotgan ijodkorlarning tafakkur va his-tuyg`ulari ko`lami, uning she`r deganda nimani anglashi, she`rdan nimani kutishi, qay kayfiyatni she`rda, qay fikrni maqolada ifodalashi kabi prinsipial masalalardadir. She`riyatdagi bu ikki oqimni yaqqolroq tasavvur etish uchun zamondoshimiz bo`lgan ikki shoir ijodiga bir nazar tashlaylik. Muhammad Yusufning o`nlab she`rlari millionlab odamlarning qalbidan joy olgan. Uning yozgan narsalarini siyohi qurimay bastakorlar kuyga solishgan vaqtlar bo`lgan bu she`r va qo`shiqlarni tinglab yuragidagi turfa armonlarni, chigallarni yozgandek bo`ladi. Ayniqsa, shoirning «Kokilingni kim kesdi», «Kumush», «Aldov», «Turkman qizi», «Yur Muhammad, ketdik bu yerdan» kabi turli mavzulardagi tizmalari o`zining sodda va ravon ifoda usuli, xalqonaligi, tez tushinuvga o`ng`ayligi bilan oson ommalashdi. Xususan, M.Yusuf «Men o`z bilganimdan qolmadim» she`rida va shoirlikni shunday anglaydi. O`rtamiyonachilik kasali ijodiy jarayonning doimiy hamrohi bo`lib kelgan. Afsuski, oshkoralik tufayli bu kasallik kuchaysa–kuchaydiki, pasaygani yo`q. Bu yillarda jiddiy maqolalar uchun mavzu bo`la oladigan muammolarning barchasi «she`riy maqolalar» (chunki ularni she`r, san`at deb bo`lmaydi!) uchun ham mavzu bo`ldi. Umrida Orolni, uning qurigan qirg`oqlarida azoblanayotgan xalqni ko`rmagan har bir o`rtamiyona shoir dengiz dardida «yondi», paxta yakkahokimligi daladan shundoqqina she`riyatga ko`chib o`ta qoldi, davlat tili haqida kecha muhokamada aytilgan gap bugun «she`r» bo`lib yana qayta yangrayverdi. Endi maqolalarga she`rdan mumtoz satrlar emas, aksincha. She`rga dolzarb maqolalardan o`tkir gaplar epigraf qilib olinadigan bo`lib qoldi. Ijodda samimiylik, tabiiylik o`rnini muammobozlik, gapbozlik, g`oyabozlik kabi qusurlar qayta egallashi kuchaydi. Biroq, bu hodisalarning asl she`riyatga, albatta, aloqasi kam.
Hozirgi kunda o`zbek she`riyatining ertangi kuniga jiddiy umid-la qarashga barcha asoslarimiz bor. Fikrdagi ommaviylikdan, yagona mafkura qulligidan ozod, san`atning asl qadriyatlarini sekin-asta tanib borayotgan eng kenja avlod shoirlarining rang-barang ijodiy va`dalari bunga dalildir. 80-90 yillar oralig`ida A.Oripovning «Ranjkom», O.Matjonning «kush yo`li», «Nega men?», U.Azimning «Oqpadar», M.Yusufning «kora quyosh», I.Otamurodovning «Uzoqlashayotgan og`riq», M.Murodovaning «Chaqmoq izidan», E.Shukurning «Ibtido xatosi» kabi o`nlab dostonlari chop etildi. Bu asarlarning har qaysisi turli mavzularni qamrab olgan bo`lib, ularning badiiy saviyasi ham turlichadir. O`zbek dostonchiligida jiddiy hodisa bo`lgan yana bir asar ham xuddi shu yillari yaratildiki, unga qisqacha bo`lsa-da to`xtalib o`tish joiz. Bu - Abduvali kutbiddinning «Izohsiz lug`at» nomli dostonidir. Yangi she`riyat xususida yuqorida bildirgan fikrlarimiz mana shu doston timsolida, ayniqsa to`laroq isbotini topadi. Bu asar an`anaviy dostonchilik namunalaridan hamma jihati bilan farqlanadi. Avvalo, unda zohiriy voqealar tizimi syujet chizig`ini tashkil qilmay, balki asarda benihoya keng shoir tafakkuri va histuyg`ular almashinuvidan paydo bo`ladigan ruhoniy yaxlitlik kuzatiladi.
Muqaddimada lirik qahramonga-Bobo (uni payg`ambarsifat zot yoxud ulug` ajdodlar timsoli sifatida qabul qilish mumkin) tomonidan aytilgan, hozircha unga sirli tuyulgan karomatlar doston qismlarida izohlana boshlaydi. Siz bora-bora «oyoqqa tushgan qon qorayishi» ga, «odametga o`ralgani, et bo`lsa kosasida biqirlayotgan ko`pik, ko`pik–zahar» ekaniga, nihoyat «tilni ipdek eshib bo`lish» iga, keyin «jonni xuddi tasbeh donalariday oxirgi kungacha uzmasdan sanash» mumkinligiga imon keltirasiz. Afsuski, dunyo va inson to`g`risidagi epik tafakkur va original tasavvurning lirik bayni bo`lmog`i talab etiladigan doston janrida yaratilgan hamma asarlar ham bu istaklar darajasiga chiqa olmadi. Ularning aksariyatida (hatto A.Oripovning «Ranjkom», M.Yusufning «qoraquyosh», U.Azimning «Oqpadar» dostonlarida ham!) ma`lum bir ijtimoiy, insoniy illatlar, uzoq tarix yoxud qatag`on davri voqealari ancha yuzaki, bir-biridan farq qilmaydigan ko`lamlarda talqin va tahlil etiladi. Mualliflar faktdan o`sib chiqib keta olishmaydi, balki uning she`riy sharhlovchisigina bo`lib qolishadi. Adabiy asar sifatida taqdim etilgan bu dostonlar ijodkor shaxsning ijtimoiy-estetik mulohaza va kayfiyati asosiga emas, balki hammaga ma`lum xulosalar, yuzaki saboqlar asosiga quriladi. Natijada, dostonlarning nomi va shaklini aytmasa, o`quvchi mutolaadan yangi tasavvur va fikr, hozirga qadar o`ziga noma`lum va yot bo`lgan ohorli kayfiyat o`zlashtirmaydi, ruh larzaga kelmaydi, asar deyarli izsizyo`qoladi. Bu esa, janrning imkoniyatlaridan hozircha to`la ijodiy foydalanilmayotganini ko`rsatadi. Zamonaviy o`zbek nasri taraqqiyoti.
Adabiyotdagi sifat o`zgarishlari nasrda yaqqolroq namoyon bo`lmoqda. 70-yillar oxiridan ijodga kirib kelgan bir guruh iste`dodli nosirlar hozir ayni kamolot pallasiga qadam qo`ygan bo`lsalar, turfa uslubiy-g`oyaviy tajribalarni dadil qo`llayotgan kenja avlod, ayniqsa, kichik nasriy janrlarda jiddiy natijalarga erishdi. Hikoyachilikda kuzatilayotgan mazmun va shakl yakrangligidan qochish, ruhiy tahlilning turli usullariga murojaat qilish bu janr imkoniyatlariga qayta umid tug`dirmoqda.
O`nlab o`qimishli hikoyalar orasida Asqad Muxtorning «Chodirxayol», Sh.Xolmirzayevning «Ko`k dengiz», «kadimda bo`lgan ekan», X.Sultonovning «G`ulomgardish», E.A`zamovning «Bog`bolalik Ko`kaldosh», X.Do`stmuhammadning «Jajman», N.Otoxonovning «Oq bino oqshomlari», O.Otoxonovning «Uchinchi qavatdagi sariq deraza», N.Eshonqulovning «Maymun yetaklagan odam», Sh.Hamroyevning «Suratdagi ayol» singari asarlarini eslash kifoya. Ularda milliy ongsizlik fojiasinidan tortib ishq majnunasi qismatigacha, ajdoddan avlodga o`tib 51kelayotgan g`ulom (qul) lik ruhiyati tahlilidan tortib, o`z-o`zini sarson izlayotgan shaxs ruhiyatigacha qalamga olingan. Ovro`pa va Lotin Amerikasining eng ilg`or adabiy tajribalaridan ijodiy o`rganishda o`sayotgan hikoyachiligimizda obyektiv tasvir va tahlilga qurilgan an`anaviy yo`llar bilan birgalikda ko`proq ramziy timsol va ishoralar, ruhiy bayon yo`llaridan foydalanishni kuzata boshladik.
Agar A.Muxtor o`zining «Chodirxayol» hikoyasida milliy va ma`naviy manqurtlik holatini tuproq va qum ostida qolib ketgan o`radagi odamlar ruhiyati orqali yoritishga urinsa, X.Do`stmuhammad erksizlik va iqtisodiy-ma`naviy talov tarixini bozorda paydo bo`lgan yeb-tashib to`ymas noma`lum maxluq - Jajmanga olomonning munosabati shaklida qayta yaratdi. O.Otaxonov hikoyasida tasvirni, uchinchi qavatdagi sarg`ish derazaga tikilgancha o`yga tolgan yigit qiynoqlarini dabdurustdan anglash oson kechmaydi o`quvchiga. Faqat ziyrak mushohadagina goh yorug`, gohida xira nur sochayotgan, bu orqali o`zida mujassam murakkablikni anglashga bo`y bermayotgan bu sirli deraza o`sha yigit qalbining asl timsoli ekanini tushunishga yordam beradi.
Balki o`zbek o`quvchisining hozirgi saviyasini hisobga olib tanlangan hikoya epigrafi-Remboning «U sarson izlardi o`zini o`zi» degan misrasi mushohadali o`quvchiga ortiqchalik qilar. Chunki, shu bir misra hikoyaning estetik quvvatini, sirini avvaldan oshkor qilib qo`ygandek bo`ladi. Nazar Eshonqulovning «Xaroba shahar suvrati», «kuyun», «Tobut», «Maymun yetaklagan odam» singari hikoyalarida ham fikrlar ifodasi uchun tanlangan ramziy timsol va tasvirlar o`zining tabiiy va mantiqiyligi bilan o`quvchida shubha uyg`otmaydi, ularda ilgari surilgan ijtimoiy fikrlar har qancha ommaviy bo`lmasin, muayyan inson taqdiri va ruhiyatiga chambarchas bog`liq holda yangicha yangraydi. Biroq «Istilo» nomli hikoyadagi Turkiston bosqini tarixining turli jarayonlariga mexanik ravishda timsol axtarish, asarning maqsadi, bor-yo`g`i ko`pchilikka ma`lum yaqin o`tmishni boshqacharoq - badiiyroq shaklda qayta eslash ekani, muallif o`z-o`zini takror kabi, ijtimoiy-siyosiy xabardorlikning o`zidanoq hikoya yasay beradi.
Ko`rinadiki, bu hikoyaning o`rnini yaxshi bir tarixiy-publitsistik maqola bilan bemalol almashtirsa bo`ladi. Holbuki, haqiqiy san`at o`rnini hech narsa bosa olmasligi kerak, aslida san`atning o`zi inson tafakkurining boshqa shakllari yeta olmagan, hech qacholn yeta olmaydigan kenglik va yuksakliklarida yaraladi, yaratiladi. 80–yillarda yaratilgan qissalarning bosh qahramonlari aksariyat jamiyatning quyi qatlamlaridan, unitilgan, umum diqqatidan panaroqda yashaydigan, o`ylaydigan kishilardan tanlandi. Biroq bu odamlar qalbida yashayotgan tuyg`ular, jo`sh urayotgan to`fonlar tasvir va tahlili shuni yana bir bor isbotladiki, bosh qahramon tanlovida asosiy mezon uning ijtimoiy o`rni bilan emas, balki ijodkor niyatini to`laroq va ishonarliroq yetkazishga yaroqli xarakter bo`lmog`i bilane belgilanishi lozim. Bu qissalar qahramonlariga qo`yilgan ismlar bilan ham go`yo mualliflar ularning 52 taqdiriga ishora qilayotgandek tuyuladi– Elchiyev (E.A`zamov. «Javob»), Elomonov (M. Do`st. «Iste`fo»), Ziyodulla Kal, koplonbek, Oymomo (T. Murod. «Ot kishnagan oqshom», «Oydinda Yurgan Odamlar»), G`ulom (X. Sultonov. «Ko`ngil ozodadir») vaboshqalar. Ularning aksariyati u yoxud bu shaklda jamiyatdan xo`rlik, adolatsizlik ko`radilar, aksariyati bu holatga qarshi ojizgina bosh ko`tarib mag`lub bo`ladilar. Agar halol chavandoz Ziyodulla kuppa-kunduz kunda, hammaning ko`z oldida ro`y berayotgan zo`ravonlikka chiday olmay, bir inson bolasiga yordam bergani uchun o`g`li tengi yigitlar tomonidan tepkilanib, odam bolasidan emas, tilsiz, biroq qalbli hayvon - sevimli otidan nadot so`rasa va topsa, «Javob»ning qahramoni Elchiyevning, hokisori va atrofdagilarga faqat yaxshilik tilagan kimsaning, nafaqat majruh qilingan jismini, balki sha`ni va imonini ham pul va molga chaqishga urinib ko`radilar.
Tilga olingan qissalarda voqelik va insonga yondashuv an`anaviy nasr uslubida olib borilsa, X.Do`stmuhammadning «Oromkursi» asarida yangicha yo`lni ko`ramiz. Asar qahramoni, sirli ijtimoiy-siyosiy kuchlar tomonidan «kelajagi porloqlar» ro`yxatiga kiritilgan, agar qo`yilgan talablarga so`zsiz bo`ysunsa, davlat boshqaruv pog`onalari bo`ylab juda tez o`suvi rejalashtirilgan aspirant yigit Ko`klam Tongotarov (bu ismdagi ramziylikka ham e`tibor bering!) avvaliga mahliyo bo`lib, ora-sira beparvo, oxir-oqibat qaysarlik bilan oromkursi-kreslo-la olishadi. kissada oromkursi ramzi faqat amal-e`tibor timsoli bo`libgina qolmay, balki naslga aralasha boshlagan inson erksizligi, ma`naviy-ruhiy qulligi, qiyofasizligining yaxlit timsoli etib gavdalantiriladi. Sirli paradoks (teskarilik)–shakliy hokimiyat, ko`rinib-sezilib turguvchi kuchga erishmoq uchun ruhiy hokimiyatni, botiniy qudratni, sha`n va shavkatni so`ndirmoq yoxud o`zgartirib–sindirmoq talab etiladi. kissada bu masala juda keskin qo`yiladi (yo bo`ysunib yashash yoki bo`yin egmay o`lish). Uchinchi–o`rtacha yo`l yo`q! Va qissa qahramoni, umrbod o`zi bo`ysunib o`zgalarni bo`ysundirib o`tgan otasidan farq qilaroq ikkinchi yo`lni tanlaydi. U bu harakati–o`z-o`zini qurbon qilishi bilan ajdoddan avlodga o`tib kelayotgan, irsiyatga qadar singib ulgurgan ichki qullik zanjirining o`zi bilan ulanuvchi bir halqasini uzatdi–o`zini emas, hali tug`ilmagan, biroq tug`ilsa baribir qul bo`lajak farzandini o`ylaydi. Tug`ilajak farzandlar qullaridan bunyod bo`lmasligini istaydi. Keyingi o`n yillik romanlarga nihoyatda boy bo`ldi. Ularning aksariyati turg`unlik hayotni, o`sha yillarda odamlarni qiynagan iqtisodiy-ma`naviy muammolarni aks ettirdi.
Bu asarlarning qahramonlari ham bir-biriga juda o`xshash taqdir egalaridir. Ham salbiy, ham ijobiy personajlarga yondashishda yozuvchilarning aksariyati bir xil qadriyatlarni mezon qilib oldilar, jamiyatturmush tarziga, ma`naviy va iqtisodiy adolatsizliklarga mualliflarning munosabati ham bir-biridan katta fraq qilmadi. Xususan, O.Yoqubovning «Oqqushlar, oppoqqushlar», S.Ahmadning «Jimjitlik», 53O`.Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar», N.kobulning «Unitilgan sohillar» va boshqa o`nlab romanlarning g`oyaviy-badiiy saviyasida ko`plab mushtarakliklar seziladi. To`g`ri, bu asarlarning barchasida ham ezilgan, talon-taroj qilingan xalqqa chin dildan achinish, uni ezgan va talagan tuban kimsalarga (ularning ko`pchiligi turg`unlig davrida eng yuqori mansabda bo`lgan shaxslar!) cheksiz nafrat ruhi yaqqol sezilib turadi. Asarlarda ilgari aytilmagan fikrlar va haqiqatlar aytilib, ilgari tasvirlash mumkin bo`lmagan turmush puchmoqlariga yorug`lik tushiriladi. Biroq, romandek epik janrning muvaffaqiyat qozonmog`i uchun hali bu jihatlarning o`zigina yetarli emasligini ham mutolaa paytida sezmaslik mumkin emas. Janrlar to`g`risidagi avallgi bilimlardan Sizga ma`lumki, roman shakllanmog`i uchun muallifdan dunyo va inson to`g`risida nihoyatda keng va chuqur, albatta yangicha tafakkur talab etiladi. (Roman terminining ma`nosi ham «yangi» deganidir!) Roman salmog`ini unda aks ettirilgan personajlar soni yoxud voqealar hajmi emas, balki ularning necho`li mukammal tahlil va talqin etilgani belgilaydi. Romaniy tafakkur yetakchilik qilmasa, har qanday katta asar voqea-hodisalarning aqlga va mantiqqa moslashtirilgan yig`indisidan boshqa narsa bo`lmaydi. Ayniqsa, Ovro`pa va Lotin Amerikasi romanchiligi erishgan muvaffaqiyatlarga nisbatan olganda, hozirgi zamon o`zbek romanining shaklan ibtidoiyligi, falsafiy-estetik jihatdan esa ancha jo`n va sayozligi yaqqolroq sezilib qolayotir. 80-yillar romanchiligimizning eng jiddiy yutuqlari, shubhasiz, Murod Muhammad Do`stning «Lolazor» va Tog`ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar» asarlaridir. Ularda yaqin o`tmish kunlari misolida hayot va inson shamoyillari siri ustida chuqur o`yga tolingan, faqat shu davrdagina emas, tarix va kelajakning hamma taxlamlarida uchrashi muqarrar bo`lgan inson tiplari izchil va batafsil kuzatilgan. Buni «Lolazor» romani misolida kuraylik. Odamzod tirikchiligi yakranglikdan yiroq - unda faqat tragediya yoxud nuqul komediya o`ynalmaydi, aksariyat ikkisi aralash–uyqash keladi. Mana million yillardirki, qo`yiladigan inson tomoshasi ko`proq tragi-komediyadir. Sahnadagi markaziy rollar kimlarning peshonasiga bitadi va o`yin muddati qancha–yolg`iz qo`g`irchoqboz taqdirga, uning istak va kayfiyatiga bog`liq… Axir shunday bo`lmasa, «olamni bulduruqqa bostirish» ni xomxayol qilib yurgan savodsiz Xotam Sho`roning hovliqib-hazillashib tashlagan qur`asi «ikkita bitliqi» ninggina emas, butun boshli bir millat va mamlakatning yarim asrlik taqdirini hal qilib yuborarmidi?! kachonlardir Bulduruqdan, o`zlari xohlamasa-da, «yorqin kelajak sari» zo`rlab yo`lga solib yuborilgan «ikki bitliqi»–Yaxshiboy cho`ponning ug`li Nazar bilan Kalonqul bo`yoqchining o`g`li Xorunning umr yo`li roman syujetining asosini tashkil etadi. Muallif tasvir va talqin polifoniyasini (ko`povozlilik) ta`min etmoq niyatida bayonning turli usul va uslublaridan foydalanadi. Voqelik tabiatiga qarab biz uni goh Yaxshiboyev 54o`ylari tarzida, goh halol yozuvchi Saidqul Mardon kundaliklari shaklida o`qiymiz. Xuddi hayot va siyosat sahnasidagi o`yinlarning o`zi singari ularning talqinida ham o`ta jiddiy, hatto publitsistik ohangdan tortib kesatiq-piching, istehzo ohangigacha beto`xtov almashinuvlar bo`lib turdai. Agar adabiyotda eng mashaqqatli vazifa xarakter yaratish bo`lsa, M.Muhammad. Do`st bu yumushni o`z asarida muvaffaqiyatli uddalay olgan. Romanda Oshno, Muhsina xonim, kurbonoy, Avvalbek singari qator inson xarakterlari kashf etilgan. Ularga o`xshash tiplar o`zbek adabiyoti tajribasida, ochi`i, hali uchramagan edi. Oshnoda yuz beradigan qiyofa evolyutsiyasi, Muhsina xonimdagi turmushda ham xuddi sahnadagidek qiyomiga yetgan ijrochilik mahorati, «men bir oddiy o`zbek qizi» deb boshlanuvchi ommaviy xo`rlikni to`tiday takrorlashga o`rgatilgan kurbonoyning avval pistafurushlikdan mamlakatga dong`i ketgan mash`alga aylantirilishiyu, so`rib shirasi tamom qilingach bevaqt, jimgina (biroq nihoyatda fojiali tarzda!) hayot shamining so`ndirilishi, duragay ruh va kayfiyat kishisi bo`lgan Avvalbek xarakterlarining taqdim etilishi o`zbek o`quvchilari uchun katta yangiliklardir. Shubhasiz, «Lolazor» ning eng ulkan yutug`i bu - Nazar Yaxshiboyev obrazi. karshisida «iskandaru Dorolar changallab qoladigan» aql egasi, har qanday vaziyat va holatning piri, yuzadagi obro` va baxtiyorlik tubida cheksiz anglangan armon va uyat, yuzadagi namunali ila va mashhur adiblik ostida umrbod tuyg`u–ruh kemtikligi va hijolatpazlik ko`tarib yuruvchi bu odam xarakteri biror qolipga bo`ysunmaydi. U o`zini yaratgan sharoit va shaxslardan ham, o`zi yaratgan muhit va kimsalardan ham, eng shafqatsiz – o`zidan ham ich-ichidan jirkanadi. O`zining faol ishtirokida sozlangan bu muhitni goh bo`ralib so`kadi, goh hammaning ustidan mag`rur kuladi, goh kulib turib yig`laydi, gohida bo`lsa shu jirkanch turmush va qiyofalardan farqli o`laroq, u bir vaqtning o`zida ham sahnada rol o`ynaydi, ham ko`plab rollarga rejisyorlik qiladi, ham parda ortidan butun harakatlarni kuzatadi va bularga qo`shimcha, zalda yastanib o`tirib, abadiy takrorlanayotgan bu o`yinlarga bahoni ham o`zi beradi! U ixtiyorsiz tushib qolgani girdobda g`arq bo`lib ketmaslik uchun hamma narsani qiladi–necha-necha odamlarning boshiga oyog`ini tirab yuqoriga talpinadi, harakatiga halaqit berayotgan qancha do`stlarini jon holatda surib chetga uloqtiradi, doim yonidan jildirmagani oshno qo`g`irchoq Xorunning o`zi shishirib yaratgan obro`-amal pufagiga tirmashib jon saqlaydi… Hozirgi o`zbek dramaturgiyasi va adabiy tanqidi. Hozigi o`zbek sahnasi dramaturgiyaning mumtoz namunalarini qayta jonlashtirish bilan faol shug`ullanmoqda. Xususan, Abror Hidoyatov nomidagi teatr Hamzaning «Paranji sirlari», «Maysaraning ishi», Fridrix Dyurrenmatt (Shveytsariya yozuvchisi)ning «Eshak soyasidan chiqqan hangoma», Satira teatri A.kahhorning «Tobutdan tovush» spektakllari yangi variantlarini sahnaga olib chiqdilar. Shuni qoniqish bilan qayd etish 55kerakki, zamonamizning zabardast rejissorlari (birinchi navbatda Bahodir Yo`ldoshev!) bu asarlarni mutlaqo yangicha «o`qiganlar», matnning yashirin joziba va kuchini qayta kashf eta olganlar. Jamiyatdagi keskin o`zgarishlar, ravshanki, sahnaga ham o`z nafasi va qahramonlarini olib kiradi. O`tgan davrlar illatlarini fosh qiluvchi pafosda yozilgan Abduqahhor Ibrohimovning «Puch», Shukrulloning «Unsiz faryod», Hamid G`ulomning «Bir million fojiasi», Haydar Muhammadning «Xotinlar «gapi» dan chiqqan hangoma» kabi drama va komediyalari nafaqat mavzu va muammo mushtarakligiga, balki badiiy saviya (u esa anchagina past) mushtarakligiga ham ega. Tarixiy mavzuda ham qator yangi asarlar yozildi. Turob To`laning «Nodirabegim», Salohiddin Sirojiddinovning «To`maris», Shukur Xolmirzayevning «kora kamar», Shuhrat Rizayevning Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostoni asosida yaratgan «Iskandar» pyesalari shular jumlasidandir.
Ma`lumki, shu paytga qadar hazrat Navoiyning qator dostonlarining sahna variantlari, shoirning hayoti aks etgan o`nlab adabiy asarlar yaratilgan edi. Abror Hidoyatov nomidagi teatr sahnasida o`ynalgan «Iskandar» spektaklining o`ziga xos tomoni shundaki, unda muallif va rejissor matnga ancha erkin, ijodiy yondashadilar, tarixiy haqiqat va adabiy mantiqqa rioya qilganlari holda Iskandar shaxsi va uning fojiasi orqali umuminsoniy muammolarni, abadiy hal bo`lmas ruhiy jumboqlarni o`rtaga tashlaydilar. Har qancha o`rinmasin, oxir-oqibat nafs domiga yo`liqqan shoh Iskandar bilan sahnada yonma-yon turib mutafakkir Navoiy ham iztirob chekadi, Shoh va saltanat, shoh va ulus, shoh va shaxs, shoh va nafs muammolari yaxlit holda, keng planda birinchi marta maxsus mavzu etib tanlangani va bu adabiy mavzularning yangicha tarzda yoritilgani «Iskandar» spektaklining qimmatini oshirgan. Jamiyat hayotining poklanishida oshkora tanqid qanchalik muhim rol o`ynasa, so`z san`ati rivojida adabiy tanqidning ahamiyati shunchalik seziladi. kolaversa, 80-90 yillar adabiy tanqidi sof adabiyotshunoslik doirasidan chiqib jiddiy tarixshunoslik, jamiyatshunoslik faniga ham aylandi, ommaning ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashining o`sishida muhim omil bo`ldi. Cho`lpon, Fitrat, Hamza, A.Qahhor, U.Nosir kabi o`nlab ijodkorlarning taqdiri va asarlari o`rganilgan jiddiy tadqiqotlar ayni shu yillarda yozildi va yozilmoqda. Adabiyotning o`zi singari uning tahlil va talqinida ham, nihoyat, aqidaviy g`oyabozlikdan, yakka fikrlikdan, yuzaki va sun`iy estetik qarashlardan forig` bo`lish jarayoni kechmoqda. Shubhasiz, ancha ilgarilab ketgan jahon, Birinchi navbatda, Ovro`pa estetikasining eng buyuk namunalari–Z.Freyd, F.Nitsshe, E.Fromm, A.Shopengauer falsafiy qarashlari, A.Kamyu, M.Prust, U.Folkner, S.Moem adabiy asarlaridagi benihoya chuqur ijtimoiy-ruhiy tahlil imkoniyatlaridan ijodiy o`rganish 56badiiy tafakkurimizning tor qoliplar qurshovidan chiqishida asosiy omillardan bo`lmoqda. So`nggi yillarda yozuvchi publitsistikasining keskin kuchayishi, sifat jihatidan o`sish jarayoni bormoqda.


Reja:

Jamiyat turmushining barcha katta muammolarini birinchi bo`lib yozuvchi-shoirlar qalamga oladilar, xalq va hukumatlar diqqatini ularga faol jalb etadilar. Odil Yoqubov va Dadaxon Nuriyning o`nlab o`tkir maqolalari, Sh.Rahmonning «Mahfiya», K.Bahriyevning «Oy borib omon qaytmagan bolam», O`.Hoshimov, A.Ibrohimov, T.kahhor, X.Davron, M.Ali kabi ijodkorlarning milliy til, tarix, madaniyat, Orol fojiasi, bolalar va ayollar o`limi singari mavzularda yozgan maqolalari, aslida, bugungi kunda qo`lga kiritilgan muborak istiqlolning yaqinlashuviga ma`naviy zamin hozirlagan edi.


ADABIYOTLAR:


1. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. T. «O`qituvchi» 1980 yil. 53-71 betlar.
2. Adabiyot nazariyasi dasturi. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi. T., 1999 yil.
3. Kollektiv «Adabiyot nazariyasi». 2-tomlik. T., Fan. 1978-1979 yil.
4. Kollektiv «Adabiy turlar va janrlar». 2-tom. T., Fan. 1991-1992 yil.
5. www.ziyonet.uz
Yüklə 40,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə