Ijtimoii pedagogika


Oilaning ijtimoiy maqomi va uning turlari



Yüklə 2 Mb.
səhifə130/144
tarix15.04.2023
ölçüsü2 Mb.
#105641
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   144
Ijtimoii pedagogika

Oilaning ijtimoiy maqomi va uning turlari.
Oila yaxlit tizimli tashkilotdir. Hozirgi zamonda oila oldida turgan muammolardan biri — oilaning zamonaviy hayot sharoitlariga mosla shishi hisoblanadi. Ya’ni oilaning jamiyatda moslashish jarayonidagi holati. Oilaning ijtimoiy maqomini aniqlash uchup uning bir qator — tuzilishi, funksional xarak- teristikalarini hamda oila a’zolarining individual xususi­yatlarini bilish kerak.
Otaning tuzilishi xarakteristikalari.
Nikohli sheriklarning mavjudligi (to‘la, rasman to‘la, to‘la emas);
Oilaning hayotiy sikli (bosqichi — yosh, yetuk, qari);
Nikoh tuzish tartibi (birinchi, takroriy );
Oiladagi avlodlar soni (bitta yoki bir necha avlodlar);
Bolalar soni (ko‘p bolali va kam bolali...);
Oila a’zolarining individual xususiyatlari.
Bularga ijtimoiy-demografik, fiziologik, psixologik, oiladagi katta a’zolarning patologik odatlari, hamda bolaning xarakteristikalari kiradi: yoshi, bola yoshiga munosib nutqi rivojlanganligi, jismoniy psixologik rivojlanish darajasi; uning qiziqishlari va qobiliyatlari; u boradigan ta’lim tashkilotlari, munosabat va o‘qitish muvaffaqiyatlari: o‘zini tutishidagi chetlashishlar, patologik odatlari, nutqiy va psixik buzilishlar mavjudligi.
Oila a’zolarining individual xususiyatlari, upish tuzilishi va funksional ko‘rsatkichlari bilan birgalikda kompleks xarakteristikalarini tashkil etadi oila statusi (lotinchadan status-holati va vaziyati).
Oilaning ijtimoiy moslashuv birligini tashkil etuvchisi — oilaning moddiy ahvoli.
Oilaning moddiy farovonligi, uning ta’minlanganligi bir necha miqsorli va sifatli ko‘rsatkichlar bilan baholanadi. Bular oilaning daromad darajasi, uning hayotiy sharoitlari, mol- mulkining mavjudligi (ya’ni oila ega bo‘lgan buyumlar) hamda upish a’zolarining ijtimoiy-demografik xususiyatlaridan iborat, bu oilaning ijtimoiy-iqtisodiy mavqeini tashkil etadi. Oilaning daromadlari darajasi, hamda turar joyi sharoitlari belgilangan normadan past bo‘lsa (tirikchilik minimumi va boshqalar) buning oqibatida oila eng kerakli hisoblangan yegulik, kiyim-kechak, turar joyi uchup haq to‘lash talablarini qondira olmaydi, bunda oila kambag‘al hisoblanadi va uning ijtimoiy- iqtisodiy statusi (maqomi) past hisoblanadi. Agar oilaning moddiy ta’minlanishi ijtimoiy normalar minimumiga mos kelsa, ya’ni agarda ongli hayot kechirish uchup asosiy tartiblarni qondira olsa, lekin moddiy mablag‘i dam olish, ta’lim va boshqa talablarni qondirishga yetmasa, unda bunday oila kam ta’minlangan hisoblanadi. Daromad va yashash darajasi yuqori bo‘lib (ijtimoiy normadan ikki barobar ko‘p va undan ortiq) faqatgina yashashning asosiy talablarini qondiribgina qolmay, yana turli xil xizmatlardan foydalanish imkoniyati bo‘lsa, bu oila moddiy ta’minlangan hisoblanadi, yuqori ijtimoiy-iqgisodiy mavqega ega bo‘ladi. Oilaning ijtimoiy moslashishi ikkinchi tashkil etuvchisi uning psixologik muhiti-oila-a’zolari kayfiyati ularning hayotiy kechinmalari, bir-biriga munosabati, boshqa odamlarga, ishga, atrofdagi xodimlarga qarashlari natijasi sifatida yuzaga keladigan barqaror, mustahkam emotsional kayfiyatdir. Oilaning psixologik kayfiyati holatini baholash uchup er-xotinlar o‘rtasidagi, bolalar va ota-onalar va yaqin qarindoshlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni hisobga o lit kerak bo‘ladi.
Oilaning psixologik kayfiyati holati ko‘rsatkichlari quyi- dagshar hisoblanadi: emotsional erkinligi darajasi, havotirlapish darajasi, bir-birini tushunish, hurmat qilish.
Hozirgi kunda kundalik nutqda va nazariy tadqiqotlarda ikki tushuncha keng qo‘llaniladi. Yetim (hech kimi yo‘qtik) va ijtimoiy yetim (ijtimoiy hech kimi yo‘qlik). Yetim bolalar — bu 18 yoshgacha bo‘lgan ota-onalari yoki birontasi vafot etgan shaxslardir. Ijtimoiy yetim bu biologik ota-onalari bor bola, lekin ular qapdaydir sababga ko‘ra bola tarbiyasi bilan shugullanmaydilar va unga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaydilar. Bunday hollarda bu bolalarga g‘amxo‘rlik qilish vazifasini jamiyat va davlat o‘z zimmasiga oladi. Shunday qilib ota-onalari kerovsiz qolgan bolalar kategoriyalariga quyidagilar kiradilar:
Otasi bor, onasi vafot etgani sababli;
Ota-onasi nogiron bo‘lganligi sababli;
Ota-onasi tashlab ketganligi sababli;
Ota-onalari vafot etgan;
Ota-onalik huquqidan mahrum etilgan;
Ota-onalik xuqukdari chegaralangan;
No ma’lum, daraksiz, yo‘q hisoblangan;
Ishga (mehnatga) yaroqsiz (nosog‘lom, ish qobiliyati chek­langan);
Jazoni ijro etish koloniyalarida jazo olayotgan;
Jinoyat qilganlikda ayblangan va qamoqqa olingan;
Bolalarning yetim bo‘lib qolishlariga ta’sir etuvchi salbiy
holatlar:
oila, oila a’zolariga, uning turmush tarziga, oilaviy ravnaqiga bo‘lgan noto‘gri munosbat;
oila tarbiyasida xalqimizning asriy an’analariga, urf- odatlariga e’tiborsizlik;
hayotda gunoh, hiyonat, mehrsizlikka amal qilgan bag‘ritosh insonlarga bo‘lgan loqaydlik munosabatlari.
Tarix haqiqati shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek xalqi hamma davrda, har doim ota-onasidan judo bo‘lib, qarovsiz qolgan bolalarga g‘amxo‘rlikni o‘z zimmasiga olgan. Bu masala Markaziy Osiyoda hatto davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, XI asrda yashab, ijod etgan Yusuf Xos Xojib davlatning mas’ul kishilari qashshoq, tul-yetimlarga mehribon, ko‘ngilchan bo‘lishi lozimligini, xususan, ularning ehtiyojlariga alohida muposabachda bo‘lishni uqgirgap.
Buyuk mutafakkir A.Navoiy «Ixlosiya» madrasasi qoshida ota- onasidan yetim qolgan bolalar uchup maktab ochgan va ularni o‘z hisobidan kiyim-kechak, oziq-ovqat bilan ta’minlagan.
Qo‘qon xoni yetimlarning boshini silab, ularning tarbiyasiga alohida e’tibor bergan Xudoyorxon davrida yetim-yesirlar, ota-onasiz qolgan bolalarni saroyga to‘plab tarbiyalaganlar. Ba’zi nochor oilalar ham bolalarini xon tarbiyasiga topshirganlar. Saroyda bolalar o‘qitilgan, sarpo, kiyim-kechak, oziq-ovqat bilan ta’minlab turilgan.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə