Ijtimoiy- gumanitar fanlar kafedrasi


Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə102/108
tarix11.12.2023
ölçüsü2,09 Mb.
#145517
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   108
Media savodxnlik MAJMUA 4.09.2023

Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish.
Fanning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o‘quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o‘zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko‘rsatish lozim.
Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o‘quv adabiyotlaridan foydalanib, ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o‘zlashtirish qiyin bo‘lsa, savollar paydo bo‘lsa, adabiyotlar etishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va h.k) o‘qituvchidan maslahatlar oladilar. Mustaqil o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha tayyorlangan matn o‘qituvchiga himoya qilish orqali topshiriladi.
O‘quv jarayonining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan fanlar bo‘yicha mustaqil ishlar ko‘proq referatlar qo‘rinishida bo‘lib kelmoqda.
Referat talabalar ilmiy ishlarining birinchi shaklidir. Talaba tadqiqot faoliyatiga jalb qilinib, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash, statistik va boshqa materiallarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi, o‘rganilayotgan hodisani tanqidiy baholashga o‘rganadi, nazariyani amaliyot bilan bog‘laydi va h. k.
Referat tayyorlash darslik bo‘yicha tayyorlangan amaliy xisobotlardan mazmun va sifat jihatdan yuqori bo‘lib, Shubhasiz katta foyda keltiradi. Talaba auditoriya oldida referatda bayon qilingan qoidalarni himoya qilishga, yoqlashga tayyorlanishi kerak, fanni o‘rganishda bu muhim ahamiyatga ega.
O‘quv adabiyotlari elektron variantlaridan nusxa olish
Internet va ARMda mavjud fan bo‘yicha yangi o‘quv adabiyotlari elektron variantlaridan nusxa olish
Referat - bu talabalar mustaqil ishlarining samarali shakllaridan biridir. Mazkur shakl talaba tomonidan referat mavzusini tanlash, unda yoritiladigan masalalar mazmunini oldindan rejalashtirish, referatni tayyorlash va muhokama qilishning barcha bosqichlarida kafedra professor-o‘qituvchilarining tashkiliy-uslubiy yordami va maslahati asosidagina samarali amalga oshishi mumkin. Bu erda o‘qituvchi tomonidan talabalarning referat ishlariga rahbarlik qilish qanchalik batafsil va malakali amalga oshirilganligi va referatlarga talablar mezoni qanchalik to‘g‘ri qo‘yilganligi albatta, hal qiluvchi ahamiyatga ega. Topshiriq talabalarning referat yozish ko‘nikmalarini, ilmiy qiziqishlari va bilim darajasini hisobga olgan holda berilishi juda muhim.
“Media savodxonlik va axborot madaniyati” fanidan ma’ruzalar soati 36 soat bo‘lganligi uchun xar bir talabaga belgilab berilgan mavzusi bo’yicha 1 tadan referat yozish Shuningdek mavzusi bo’yicha quyidagilardan: (slayd, krossvord, test) ixtiyoriy bittasini bajarish tavsiya etiladi.

Yüklə 2,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə