Ijtimoiy- gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə17/108
tarix11.12.2023
ölçüsü2,09 Mb.
#145517
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   108
Media savodxnlik MAJMUA 4.09.2023

2. Axborot savodxonligi – axborotni tanlash, baholash, qayta ishlash va uzatish borasidagi ko’nikmalar va malakalar majmuini bildiradi. Axborot savodxonligi axborotga egalik, uni baholash va axloqiy qoidalarga rioya qilgan holda foydalanishning muhimligini e’tirof etadi.

  • Axborot ehtiyojlarini aniqlash va shak llantirish

  • Axborotni izlash va unga egalik qilish

  • Axborotni baholash

  • Axborotni tizimlashtirish

  • Axborotdan axloqiy qoidalarga rioya qilgan holda foydalanish

  • Axborotni uzatish

  • Axborotni qayta ishlash uchun AKT bilan ishlash ko’nikmalaridan foydalanish

Media savodxonlik – mass-mediani qabul qilish va uning faoliyatini baholash bo’yicha ko’nikmalar va malakalar majmuini bildiradi. Demokratik jamiyatda medianing roli va funksiyalarini tushunish.

  • Media o’z funksiyalarini amalga oshirishi mumkin bo’lgan shartsharoitlarni tushunish

  • Media kontentini uning funksiyalari nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda tanqidiy baholash

  • Media vosiasida o’z fikrini bayon etish va demokratik jarayonlarda ishtirok etish uchun o’zaro hamkorlik qilish

  • Foydalanuvchi kontentini yaratish uchun kerak bo’ladigan ko’nikmalar(shu jumladan, AKT bilan ishlash ko’nikmalari)ni faollashtirish

Media savodxonlik media funksiyalarini tushunish, mazkur funksiyalarni amalga oshirish sifatini baholash va o’z-o’zini ifoda etish, shuningdek, ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etish uchun medialar bilan ratsional hamkorlikka kirishishga urg’u beradi. Media savodxonlik ham, axborot savodxonligi ham yoshlarda media va axborot makonida foydalanilayotgan texnologiyalardan qat’iy nazar o’zaro hamkorlik qilish ko’nikmalarini ongli ravishda shakllantirish va rivojlantirish bilan bog’liq. Ushbu bir biriga bog’liq bo’lgan sohani turlicha tushuntirib beruvchi ikkita ilmiy maktab mavjud. Birinchi maktab vakillari axborot savodxonligini katta tadqiqotlar sohasi sifatida ko’rishadi. Ikkinchi maktab namoyondalari esa axborot savodxonligi media savodxonlikning tarkibida bo’lib, u ancha keng soha ekanligini ilgari suradilar. Ammo YUNESKOning xalqaro ekspertlar guruhi nafaqat media va boshqa axborot xizmatlarining bir biridan farqi, balki ularning o’zaro aloqadorlik nuqtalarini ham aniqlagan.
MAS tarkibini quyidagi asosiy tushunchalar tashkil etadi:
– Media savodxonlik;
– Axborot savodxonligi;
– O’z fikrini erkin bayon etish savodxonligi
–Kutubxona savodxonligi;
– Yangiliklar savodxonligi;
– Kompyuter savodxonligi;
Internet-savodxonligi;
– Raqamli texnologiyalar sohasidagi savodxonlik;
– Kinosavodxonlik;
– Elektron o’yinlardan foydalanish savodxonligi;
–Televizion savodxonlik, reklama sohasidagi savodxonlik.
Mazkur tushunchalar o’rtasida bog’liqlik mavjud. Ularning ko’pchiligi turli xil bahslarga sabab bo’lib, u yoki bu foydalanuvchilar hamjamiyatining kasbiy konteksti yoki madaniy amaliyotiga qarab turlicha qo’llanib kelinmoqda. Masalan, jurnalistikada media savodxonlik yuqorida ko’rsatib o’tilgan deyarli barcha tushunchalarni qamrab oladi:
-Media savodxonlik;
– O’z fikrini er kin bayon etish;
– Kutubxona savodxonligi;
– Yangiliklar (axborot) savodxonligi;
Internet-savodxonlik;
– Raqamli texnologiyalar sohasidagi (shu bilan birgalikda kompyuter) savodxonlik (jumladan, elektron o’yinlardan foydalanish savodxonligi);
– Televizion (kino, reklama sohasidagi) savodxonlik.

Global miqyosda barcha tashkilotlar mediata’lim (MT) atamasidan foydalanadi. Ko’pchilik tushunchasida u ham media savodxonlik hamda axborot savodxonligini o’z ichiga oladi. Turli platformalar konvergensiyasi sharoitida ushbu ikki yondashuv uyg’unligiga intilgan holda YUNESKO MAS atamasini ilgari suradi.


1. MAS bo’lajak jurnalistlarni kelgusida foydalana olishi uchun keng bilimlar bilan qurollantiradi.
2. MAS demokratik jamiyatda media va axborot kanallarining faoliyati haqida muhim bilimlar beradi, media va axborot xizmatlarining funksiyalari doirasidagi faoliyatini baholash uchun zarur bo’ladigan, ushbu funksiyalarni amalga oshirish va asosiy ko’nikmalarni rivojlantirish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni tushunishni ta’minlaydi.
3. Media va axborot savodxonligiga ega bo’lgan jamiyat erkin, mustaqil va turfa fikrli media va ochiq axborot tizimlarini rivojlantirishni rag’batlantiradi.

Yüklə 2,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə