Ijtimoiy- gumanitar fanlar kafedrasi


Axborot xurujlari: etnik, irqiy, milliy mintaqaviy, diniy siyosiy va boshqa ko`rinishlari



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə70/108
tarix11.12.2023
ölçüsü2,09 Mb.
#145517
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   108
Media savodxnlik MAJMUA 4.09.2023

4.Axborot xurujlari: etnik, irqiy, milliy mintaqaviy, diniy siyosiy va boshqa ko`rinishlari.

Bugungi kunda yoshlar mediadan juda keng va faol foydalanmoqda. Ular ijtimoiy tarmoqlarga uyali telefon orqali suratlar yuboradi, turli yangiliklarga munosabat bildiradi, doimiy ravishda virtual makonda muloqotga kirishadi. Agar kattalar ish vaqtini dam olish vaqtidan ajratishga majbur bo’lsa, yoshlar onlayn va offlayn tartibdagi faoliyat o’rtasiga chegara tortish zaruratini his etmaydi. Global tarmoqdan yosh avlod vakillari dunyoning turli mintaqalarida yashaydigan insonlar bilan muloqotga kirishish uchun foydalanadi. Ular vizual va kommunikativ madaniyatning yangi toifasi vakillaridir.


Axborot xavfsizligi (inglizcha: Information Security) - axborotga ruxsatsiz kirish, foydalanish, oshkor qilish, buzish, oʻzgartirish, tadqiq qilish, yozib olish yoki yoʻq qilishning oldini olish amaliyotidir. Ushbu universal kontseptsiya maʼlumotlar qanday shaklda boʻlishidan qatʼiy nazar (masalan, elektron yoki, jismoniy) amal qiladi. Axborot xavfsizligini taʼminlashning asosiy maqsadi maʼlumotlarning konfidensialligi, yaxlitligi va mavjudligini muvozanatli, qoʻllashning maqsadga muvofiqligini hisobga olgan holda va tashkilot faoliyatiga hech qanday zarar yetkazmasdan himoya qilishdir. Bunga, birinchi navbatda, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar, tahdid manbalari, zaifliklar, potensial taʼsirlar va mavjud xavflarni boshqarish imkoniyatlarini aniqlaydigan koʻp bosqichli xavflarni boshqarish jarayoni orqali erishiladi. Bu jarayon xavflarni boshqarish rejasining samaradorligini baholash bilan birga olib boriladi. Ushbu faoliyatni standartlashtirish maqsadida ilmiy va kasbiy hamjamiyatlar texnik axborot xavfsizligi choralari, yuridik javobgarlik, shuningdek, foydalanuvchi va maʼmurlarni tayyorlash standartlari sohasida asosiy metodologiya, siyosat va tarmoq standartlarini ishlab chiqishga qaratilgan doimiy hamkorlik asosida ish olib boradi. Ushbu standartlashtirishga asosan maʼlumotlarga kirish, qayta ishlash, saqlash va uzatishni tartibga soluvchi keng koʻlamli qonunlar va qoidalar taʼsir koʻrsatadi. Biroq, tashkilotda agar doimiy takomillashtirish madaniyati toʻgʻri shakllantirilmagan boʻlsa, har qanday standartlar va metodologiyalarni joriy etish yuzaki taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Yoshlar moda haqidagi blogni yuritadigan o’spirin bu olamga o’z ta’sirini ko’rsata olishiga, yoxud yosh musiqachi MySpace tarmog’i tufayli dunyoga mashhur bo’lib ketishi mumkinligiga ishonadi. Ular uchun “mashhur bo’lib ketish” o’zini namoyon etish, hamda shu orqali tor yoki keng doiradagi odamlar, aksariyat hollarda tarmoqlardan xalqaro miqyosda foydalanuvchilar qo’llab-quvvatlashi va e’tirofiga sazovor bo’lishdan iboratdir. Yoshlar uchun mediadan foydalanish yaqqol ijtimoiy ma’noga egaligi bilan ajralib turadi. Ular Internetda turli ijtimoiy rollarda o’zlarini sinab ko’rish imkoniyatiga ega. Uyatchan va kamgap inson tarmoqda ochiq va sergap bo’lib ketishi ham mumkin. Ammo interfaol muloqot orqali barcha ijtimoiy ko’nikmalarga ega bo’la olish mumkin emas. Shuning uchun yoshlarning real hayotda ham do’stlari bo’lishi juda muhim. Ko’plab yoshlar tarmoqdagi do’stlari bilan real hayotda ham uchrashib turadi.

Yüklə 2,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə