Ijtimoiy -gumanitar va mutaxassislik fanlari



Yüklə 85,11 Kb.
səhifə8/13
tarix30.05.2023
ölçüsü85,11 Kb.
#114158
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
UMARBEK NIYOZMATOVNING KURS ISHI (3) (2)

Agrar inqiroz — qishloq xo’jaligida yuz beradigan iqtisodiy inqiroz. Uning mahsulotlarni ko’p ishlab chiqarish tufayli yoki mahsulotlarni kam ishlab chiqarish oqibatida yuz beradigan ko’rinishlari bor. Birinchi turdagi Agrar tanglik sababi bozor iqtisodiyotidagi noaniqlikning bo’lishidir, buning natijasida talab va taklif muvozanati buziladi. Talab ortib borganda narx ko’tarilib xo’jaliklar foydani ko’p ko’radilar, ular ishlab chiqarishni kengaytiradilar, mahsulotlar haddan ortiq ko’payib ketib, ularning taklifi talabdan oshib boradi. Mahsulotlarning bir qismi sotilmay qoladi yoki o’ta past narxda sotiladi. Bozorning kasodligi dehqonlarni og’ir ahvolga solib qo’yadi, ular ishlab chiqarishni qisqartirishga majbur bo’ladilar, o’z sarf-xarajatlarini qoplay olmay xonavayron bo’ladilar. Shunday tangliklar XX asr mobaynida bir necha bor yuz bergan. Uning eng dahshatlisi 1929-1932 yillardagi tanglikdir. Bu Agrar tanglik butun dunyodagi mamlakatlarni, qishloq xo’jaligining barcha tarmoqlarini chulg’ab oldi. Agrar tanglikning ikkinchi turi agrar munosabatlar eskirib qolganda, ular ishlab chiqarishni rag’batlantirmay qo’yganda yuz beradi. Dehqonlar mahsulotni ko‗paytirishdan manfaatdor bo’lmay qoladi, chunki ularning daromadi qisqarib ketadi. Bozor narxlarining o’zgarishi dehqonlar zarariga bo’ladi, ya‘ni dehqonchilik mahsuloti narxiga nisbatan sanoat mahsuloti narxi tez o’sadi. Natijada dehqonlar sanoat mahsulotini olish uchun o’z mahsulotini tobora ko’proq sotishga majbur bo‗ladilar. Bunday Agrar tanglikdan chiqish uchun qishloq xo’jaligi isloh etiladi: yerga mulkchilik o’zgartiriladi, yer dehqonlar mulkiga aylantiriladi, ijarachilikka keng yo’l beriladi, serkapital inshootlar (irrigatsiya), yo’llar va energetika sohalari davlat hisobidan rivojlantiriladi va h.k. Rivojlangan mamlakatlarda Agrar tanglikni bartaraf etish uchun qishloq xo’jaligi bo’yicha maxsus qonunlar qabul qilingan bo’lib, davlat qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotish mumkin bo’lgan narxlarning eng quyi chegarasini belgilab qo’yadi («fermerlarni qo’llab-quvvatlash narxi»), ortiqcha qishloq xo’jaligi mahsulotini xarid etib, uning zaxiralarini tashkil etadi, ortiqcha mahsulotni bozorga chiqarmay turgan yoki ekin maydonini bozorga qarab qisqartirgan fermerlarga subsidiya beradi va boshqalar. Qishloqdagi mulkiy munosabatlar va xo’jalik yuritish usullarini o’zgartirish ishlab chiqarishni rivojlantirib, Agrar tanglikdan chiqish imkonini beradi.
Qishloq xo’jalik korxonasining bozor iqtisodiga moslashish maqsadi tovar ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun barqaror ijtimoiy-iqtisodiy bazani yaratish, erkin agrar tadbirkorlik, resurslardan va er imkoniyatidan unumli foydalanish va qishloq xo’jaligi sohasini ekologik tenglamasini qo’llash asosida samarali shakllantirishda sharoit va omillarning o’zaro muvofiqligini ta’minlashdan iborat.
Hozirgi vaqtda iqtisodiyotning modernizatsiyalash imkoniyati yanada oshirish va shu asosda iqtisodiy o’sishning sifat ko’rinishiga o’tish muhim hisoblanadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar bozor faoliyatining iqtisod zamonaviylashgan sharoitdagi yutuqlariga bevosita bog’liq innovatsion standartlarni birmuncha o’zlashtirishadi. U, o’z navbatida, ijtimoiy rivojlanishni ta’minlash maqsadida aholi moddiy farovonligini ko’tarishga qaratilgan, moddiy talabni qondirish, ekologik ta’minot va ijtimoiy muhitni shakllantirishga yo’naltirilgan tadbirlarni targ’ib qiladi. Modernizatsiya sohasini shakllantirish masalalarini tadqiq qilish, loyiha institutsional mexanizmlarini o’zlashtirish, kelgusida iqtisodiy rivojlanish sur’atining bosh omili sifatida ilmiy-texnika yutuqlaridan foydalanish va davlat innovatsiya siyosatini qo’llash mutaxassislar, amaliyotchilar va ilmiy jamoa qiziqishini uyg’otadi. Modernizatsiyalashga taalluqli, shuningdek, texnologiyani joriy qilish bo’yicha muammolarni nazariy o’rganish, innovatsion va ilmiy-texnika dasturlarini amaliy tarzda ishlab chiqish bo’yicha rejalar tuziladi. Sohani rivojlantirish ishlab chiqarishni jadallashtirish va investitsiya muhiti, investitsiyalarning rivojlanish dinamikasiga bog’liq bo’ladi. Modernizatsiyalash sohasi infratuzilma doimiy takomillashtiri-lishini talab qiladi, ya’ni hususiy biznesda past investitsiya faolligini oshirish, innovatsiya sohasiga kapital kiritishda, axborot va kredit to’siqlarini engib o’tishda davlat tarmoqni moliyalashiga zaruriyat oshadi. Modernizatsiyalash jarayonidagi iqtisodiy o’sish sur’ati va samaradorlikning doimiy ortib turishi albatta ijodiy imkoniyatlarga bog’liq bo’ladi. Qishloq xo’jaligida islohotlar tufayli xo’jalik yuritish va mulkchilik shakllari o’zgarishi, qishloq xo’jalik ekinlari tarkiblari o’zgartirilishi, mahsulotni qayta ishlash rivojlanganligi tarmoqda bozor munosabatlari me’yor darajasida deyish mumkin. Qishloq xo’jalik tovarlari etishtiruvchilari ham hamon savdoni o’rganmagan. Shuning o’zi ham qishloq xo’jaligi mahsulotlari raqobatbardoshligi pastligini va qishloq xo’jalik korxonasi raqobat sharoitida ishlashga tayyor emasligini ko’rsatadi. Ichki bozorda intensiv raqobat bo’lmasa, tovar ishlab chiqaruvchilar xorij bozorlariga chiqa olmaydi. Buning uchun yangilik, xususan, yangi texnologiyalar kiritish, mehnat unumdorligini oshirish va iqtisodiy tarmoqni modernizatsiyalash usulida rivojlantirishga o’tish talab qilinadi.
Bu bo’shliqni to’ldirish uchun nazarimizda, uchta masalani hal qilish lozim: – respublika, viloyat va tuman miqyosida qishloq tovar mahsuloti ishlab chiqaruvchilarining, bozor kon’yunkturasi bo’yicha resurslar bozori, qishloq xo’jalik tovariga bo’lgan talab, raqobatbardosh mahsulotlar navlari urug’larini etishtirish, zotli mol, texnologiya, transport vositalari, ichki va tashqi bozorga taalluqli boshqa axborotlar bilan ta’minlaydigan axborot xizmatini tuzish va takomillashtirish;
– O`zbekiston standartlarini jahon standartlariga moslashtirish bo’yicha ishlash, standartlashni takomillashtirish;
– ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, qishloq xo’jalik mahsulotini etishtirishda tor ixtisoslashtirishga o’tish. Mahsulotga bo’lgan talabdan kelib chiqib, tarmoqqa to’la va qisman raqobatbardoshlikni oshirish bo’yicha tadbirlar zarur.
Mahsulotga bo’lgan talabning o’sishi foydani ta’minlab, tarmoqqa yangi ishlab chiqaruvchilarni jalb qiladi. Sof raqobat sharoitida iqtisodiyot iste’molchini talabi bo’yicha ta’minlay olmasligi yoki yangi tovarlarni etarli darajada iste’molga chiqara olmasligi mumkin. Buning o’ziga xos statistik va dinamik jihatlari bor. Sof raqobat mahsulotlarni standartlashtirishni talab qiladi. Shundagina bozorning boshqa tarmoqlari kabi masalan, manopol raqobat (sof) oligopol tarzda – har bir mahsulot sifati, turi, yo’nalishi bo’yicha farqlanadi. Monopol raqobat o`zbekiston qishloq xo’jaligi tarmoqlariga mos keladi, ya’ni mahsulot sifatini oshirish ma’lum darajada qiyin kechadigan omil hisoblanadi. Shuni hisobga olib, mahsulot savdosida monopolizmdan voz kechish lozim, raqobat iste’molchilar orasida ham bo’lishi kerak, negaki tovar ishlab chiqaruvchilarda ham iste’molchilarni tanlash imkoniyati bo’lsin. Xususiy sektor rivojlanishi bilan ularning iste’molchilari sifatni oshirishda nafaqat ushlab turuvchi omil hisoblanadi, shuningdek, mahsulot assortimentini kengaytirib, hajmini oshirishi ham mumkin. Yuqoridagilarni hisobga olib, iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish orqali kelajakda agrotizimni yuqori texnologiya asosida rivojlantirgan holda iqtisodiy qonunchilikka muvofiq agrar sektorda islohotlarni chuqurlashtirish zarur; mahsulot assortimentining ma’lum qismi va texnologiyani o’zgartirish, mahsulot narxining pasayishi yoki foydali samara yangi xarajatlar uchun imkoniyat hisoblanadi. Iqtisodiyotni global rivojlantirish qishloq xo’jalik mahsulotlarining bozordagi o’rnini oshirish uchun ishlab chiqarish va qayta ishlashga yangi modernizatsiyalangan texnologiyalar yordamida yondashish talab qilinadi. Tarmoqning bosh vazifasi aholining iste’mol talabini qondirish, ichki va tashqi bozorni ta’minlash va davlat mavqeiga javob beradigan oziq-ovqat ta’minotidan, odatda, uning targ’iboti, tabiiy va iqtisodiy imkoniyatlaridan foydalangan holda aholini oziq-ovqat bilan uzluksiz ta’minlashi maqsadida davlatning strategik va taktik ta’sirini aniqlashdan iborat.



Yüklə 85,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə