Ijtimoiy fanlar


Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini ifodalaydi



Yüklə 26,86 Mb.
səhifə180/251
tarix03.04.2023
ölçüsü26,86 Mb.
#104126
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   251
Ijtimoiy fanlar

Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini ifodalaydi. Alohida mamlakatlarning bunday ixtisoslashuvi mahsulotlari ustun darajada eksportga yo’naltirilgan xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlarning shakllanishiga olib keladi.
2. Xalqaro iqtisodiy integrasiyaning mohiyati, shakllari
va ob’ektiv asoslari. Qiyosiy ustunlik nazariyasi

Xalqaro iqtisodiy integrasiya-bu mamlakatlarning chuqur, barqaror o’zaro aloqalarning rivojlanishi va milliy xo’jaliklar o’rtasidagi mehnat taqsimoti asosida ular xo’jalik-siyosiy aloqalarining birlashish jarayonlaridir.
Xalqaro iqtisodiy integrasiya jahon xo’jaligi rivojining tarixiy jihatdan uzoq davr davom etgan natijasi hisoblansa –da, Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek, hozirgi kunda ham mamlakatlarning Jahon iqtisodiyotiga integrasiyalashuv jarayonida hal etilmagan ko’pdan-ko’p muammolar mavjudki, bizning Respublikamiz uchun bu tashqi iqtisodiy va valyuta siyosatini yanada erkinlashtirishdan iborat1.
Xalqaro iqtisodiy integrasiyaning asosiy shakllari quyidagilar:
- erkin savdo zonalari. Bu iqtisodiy integrasiyaning eng oddiy shakli bo’lib, uning doirasida qatnashuvchi mamlakatlar o’rtasidagi savdo cheklashlari bekor qilinadi. Bunga Yevropa erkin savdo uyushmasi va MDH mamlakatlari o’rtasidagi o’zaro bitim misol bo’la oladi;
- boj ittifoqi. Iqtisodiy integrasiyaning bu shakli erkin savdo zonalarining faoliyat qilishi bilan birga yagona tashqi savdo ta’riflari o’rnatishni va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishni taqozo qiladi. Yevropa Ittifoqi (YeI) boj ittifoqiga yorqin misoldir;
- to’lov ittifoqi. Bu milliy valyutalarning o’zaro erkin almashuvini va hisob-kitobda yagona pul birligining amal qilishini ta’minlaydi. Yevropa hamjamiyati, janubiy-Sharqiy Osiyo va MDH mamlakatlari uchun to’lov ittifoqi pirovard maqsaddir;
- umumiy bozor. Bu iqtisodiy integrasiyaning ancha murakkab shakli bo’lib, uning qatnashchilariga erkin o’zaro savdo va yagona tashqi savdo ta’rifi bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin harakati hamda o’zaro kelishilgan iqtisodiy siyosat ta’minlanadi. Bunga Yevropa iqtisodiy ittifoqi yoki Yevropa umumiy bozorini misol qilib keltirish mumkin. Uning doirasida barcha boj to’lovlari va import me’yor (kvota)lari bekor qilinadi, boshqa mamlakatlardan Yevropa bozoriga tovarlar KIRIShi bir xil tartibga solinadi, pul mablag`lari va ishchi kuchining chegaradan erkin o’tishi ta’minlanadi hamda umumiy muammolarni hal etishda yagona siyosat o’tkaziladi;
- iqtisodiy va valyuta ittifoqi davlatlararo iqtisodiy integrasiyaning eng oliy shakli hisoblanadi. Bunda iqtisodiy integrasiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari umumiy iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat o’tkazish bilan birga uyg`unlashadi.

Yüklə 26,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə