Ijtimoiy fanlar


Baholash tartibi va mezonlari



Yüklə 26,86 Mb.
səhifə20/251
tarix03.04.2023
ölçüsü26,86 Mb.
#104126
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   251
Ijtimoiy fanlar

Baholash tartibi va mezonlari


Talabalarning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning har bir fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
Har bir fan bo’yicha talabaning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik tizimda butun sonlar bilan baholanadi.
Ushbu 100 ball nazorat turlari bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi: yakuniy nazoratga - 30 ball;
joriy va oraliq nazoratlarga - 70 ball (fanning xususiyatidan kelib chikkan xolda 70 ball kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlarga taqsimlanadi).
Talabaning reyting daftarchasiga alohida qayd qilinadigan kurs ishi (loyixasi, hisob-grafik ishlari), malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) bo’yicha yakuniy davlat attestasiyasi, bitiruv malakaviy ishi va magistratura talabalarining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlari, magistrlik dissertasiyasi bo’yicha o’zlashtirish darajasi - 100 ballik tizimda baholanadi.
Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mezonlar (keyingi o’rinlarda namunaviy mezonlar deb yuritiladi) tavsiya etiladi:
a) 86-100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
xulosa va qaror kabul qilish;
ijodiy fikrlay olish;
mustaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo’lish.
b) 71-85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
mustaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo’lish.
v) 55-70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo’lish.
g) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 0-54 ball bilan baholanishi mumkin:
aniq tasavvurga ega bo’lmaslik; bilmaslik.
Namunaviy mezonlar asosida muayyan fandan joriy va oraliq nazoratlar bo’yicha aniq mezonlar ishlab chiqilib, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi va talabalarga e’lon qilinadi.
Namunaviy mezonlarga muvofiq mutaxassislik fanlar bo’yicha tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan yakuniy nazorat uchun baholash mezonlari ishlab chiqilib, oliy ta’lim muassasasi Ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi va turdosh oliy ta’lim muassasalariga yetkaziladi.
Talabalarning o’quv fani bo’yicha mustakil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi.
Talabaning fan bo’yicha bir semestrdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi:

R = B*Q
100
bu yerda:
V- semestrda fanga ajratilgan umumiy o’quv yuklamasi (soatlarda);
O -fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi (ballarda).
Fan bo’yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy balning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to’plagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Joriy va oraliq nazorat turlari bo’yicha 55 va undan yuqori balni to’plagan talaba fanni o’zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo’yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo’l qo’yiladi.
Talabaning semestr davomida fan bo’yicha to’plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to’plagan ballari yi\indisiga teng.



Yüklə 26,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə