Ijtimoiy-gumanitar fanlar


Oltinchidan, aholi turmush sharoitini yaxshilash, uni munosib turar joy bilan taʼminlash, xalqimiz farovonligini oshirish doimo eʼtiborimiz markazida boʻladi



Yüklə 52,37 Kb.
səhifə10/17
tarix19.08.2023
ölçüsü52,37 Kb.
#120703
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiyot sohasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan vazifalar va ularning amaliyotga joriy etilishi

Oltinchidanaholi turmush sharoitini yaxshilash, uni munosib turar joy bilan taʼminlash, xalqimiz farovonligini oshirish doimo eʼtiborimiz markazida boʻladi.
Kelgusi yilda ham arzon uy-joylar qurish dasturi izchil davom ettiriladi.
Namunaviy uylarning loyihalarini takomillashtirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni qoʻllash, zamonaviy va arzon qurilish materiallaridan foydalanishga alohida ahamiyat berish kerak.
Ayni paytda yurtimizdagi 34 mingdan ortiq koʻp qavatli uylarning aniq holatini yana bir bor oʻrganib, bu masala boʻyicha amaliy choralar koʻrish zarur.
Hukumat uch oy muddatda koʻp qavatli uy-joy fondini toʻliq xatlovdan oʻtkazishni taʼminlashi kerak.
Dunyodagi yirik megapolislarning bu boradagi tajribasini oʻrgangan holda, renovatsiya dasturini, yaʼni, eskirib qolgan koʻp qavatli uylar oʻrnida eng zamonaviy sharoitga ega boʻlgan yangi uylar qurish dasturini ishlab chiqish lozim.
Maʼlumki, kommunal xoʻjalik sohasi uzoq yillardan buyon koʻplab eʼtirozlarga sabab boʻlmoqda.
Shuning uchun 2019 yildan boshlab tarmoqda davlat-xususiy sheriklik boʻyicha investorlar bilan hamkorlikda ishlashni boshlaymiz.
Uy-joy mulkdorlari shirkatlarida maʼmuriy xarajatlarni kamaytirish uchun professional boshqaruv kompaniyalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash kerak.
Kelgusi yilda aholini markazlashgan tarmoqlar orqali toza ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasini hozirgi 65 foizdan 75 foizga yetkazishimiz lozim.
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqishi zarur.
Yettinchidan, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish yana bir dolzarb vazifadir.
Sportni jadal rivojlantirish, xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishgan sportchilarni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlashga bundan buyon ham katta ahamiyat beramiz.
Yosh avlodimiz oʻrtasida sportni ommalashtirish maqsadida eng chekka tumanlarda ham bolalar va oʻsmirlar sport maktablarini tashkil etamiz.
2020 yilda Tokioda oʻtkaziladigan yozgi Olimpiadaga puxta tayyorgarlikni hozirdan boshlashimiz lozim.
Yana bir muhim masala – mamlakatimizda qishki sport turlari boʻyicha xalqaro talablar darajasida sportchilar tayyorlash samarali tizimini yaratish kerak.
Poytaxtimizda barpo etilayotgan “Humo” muz sporti saroyi, shuningdek, yaqinda Toshkent viloyatining Amirsoy dam olish maskanida ishga tushiriladigan zamonaviy majmua ham ayni shu maqsadlarga xizmat qiladi.
Afsuski, hozirga qadar yurtimizda Olimpiya yoki Osiyo oʻyinlari kabi nufuzli sport musobaqalari oʻtkazilmagan.
Shu bois yaxshi niyat bilan kelgusida yozgi Osiyo oʻyinlaridan biriga mezbonlik qilish boʻyicha istiqbolli reja ishlab chiqishni boshlashimiz kerak.
Vazirlar Mahkamasiga uch oy muddatda bu masala boʻyicha tegishli dastur loyihasini tayyorlash topshiriladi.

Yüklə 52,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə