Ijtimoiy-gumanitar fanlar


Birinchidan, parlamentning muhim qarorlar qabul qilish va qonunlar ijrosini nazorat etish faoliyatini kuchaytirish lozim



Yüklə 52,37 Kb.
səhifə12/17
tarix19.08.2023
ölçüsü52,37 Kb.
#120703
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiyot sohasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan vazifalar va ularning amaliyotga joriy etilishi

Birinchidan, parlamentning muhim qarorlar qabul qilish va qonunlar ijrosini nazorat etish faoliyatini kuchaytirish lozim.
Hozirgi kunda Konstitutsiyaga muvofiq, parlament Bosh vazirni tasdiqlaydi. Lekin vazirlarni lavozimga qoʻyishda qatnashmaydi.
Shuning uchun Hukumat aʼzolari parlament oldida masʼuliyatni yetarli darajada his etayotgani yoʻq. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlash amaliyotini kiritishni taklif etaman.
Boʻlajak vazir parlament aʼzolari oldida sohani rivojlantirish boʻyicha oʻz dasturini himoya qilsin va unga erishish yoʻllarini asoslab bersin.
Bir soʻz bilan aytganda, lavozimga munosib ekanini isbotlasin.
Ayni vaqtda joylardagi mahalliy kengashlarda ham viloyat va tuman idoralari rahbarlarini tasdiqlash boʻyicha mana shunday amaliyotni joriy etish kerak.
Parlament nazoratining taʼsirchan shakllaridan biri boʻlgan Davlat byudjetini qabul qilish va uning ijrosini koʻrib chiqishga alohida ahamiyat berishimiz zarur. Bu ishni yuqori professional darajada yoʻlga qoʻyish uchun Oliy Majlis qoshida Davlat byudjeti boshqarmasini tashkil etish maqsadga muvofiq boʻlur edi.
Ikkinchidanijro hokimiyati tizimini optimallashtirish, maʼmuriy islohotlarni davom ettirish va davlat boshqaruvida zamonaviy menejment usullarini keng qoʻllash zarur.
Barcha davlatlarda Hukumat islohotlar ijrosi uchun javob beradigan yuqori vakolatli organ hisoblanadi.
Hozirgi kunda Hukumat komplekslari tarkibiga 160 dan ortiq idora va tashkilotlar kiradi, Bosh vazirning soha va tarmoqlar boʻyicha 8 nafar oʻrinbosari mavjud.
Lekin Vazirlar Mahkamasi va uning tarkibidagi idoralarning islohotlar jarayonidagi oʻrni bugungi kun talabiga javob beradimi? Bu savolga, afsuski, ijobiy javob berolmaymiz.
Vazirlar va kompaniya rahbarlari arzimagan masala boʻyicha ham Vazirlar Mahkamasiga qatnashga oʻrganib qolgan. Oqibatda, Hukumat faqat kundalik joriy masalalarni hal qiladigan tuzilmaga aylanib bormoqda.
Iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi muammolarni chuqur tahlil qilish va joylardagi haqiqiy ahvolni oʻrganish esa eʼtibordan chetda qolmoqda.
2019 yilga “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”, deb nom berganimiz munosabati bilan Tashqi ishlar vazirligi va uning chet eldagi vakolatxonalari ham oʻz ishini qayta koʻrib chiqishlari lozim boʻladi.
Bundan buyon bizning xorijdagi elchilarimizga ham talab oʻzgaradi. Ularning faoliyatiga birinchi navbatda investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha qanday ishlayotganiga hamda ana shu investitsiya miqdoriga qarab baho beriladi.
Shu munosabat bilan, Vazirlar Mahkamasiga uch oy muddatda yuqorida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish, Hukumat va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralar faoliyatini optimallashtirish va takomillashtirish, ish samaradorligini oshirish, rahbar kadrlarning shaxsiy javobgarligi va masʼuliyatini kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va ijrosini taʼminlash vazifasi yuklatiladi.
Prezident qabulxonalarining ikki yillik ish tajribasi shuni koʻrsatdiki, biz yaqin oʻtmishda xalqdan, uning tashvish va muammolaridan ancha uzoqlashib qolgan ekanmiz.
Biz fuqarolar bildirgan fikr-mulohaza va takliflarni inobatga olib, davlat boshqaruv tizimini isloh qilishimiz, ilgʻor davlat menejmenti va “aqlli” boshqaruv prinsiplariga bosqichma-bosqich oʻtishimiz lozim.
Bu shuni bildiradiki, endi davlat muassasalari bevosita fuqaro bilan ishlashga oʻtadi.
Davlat idoralari xalqqa, jumladan, tadbirkorlarga yaqin koʻmakchi boʻlishi zarur.
Davlatning boshqaruv sohasidagi baʼzi funksiyalarini davlat-xususiy sheriklik asosida, jumladan, “autsorsing” shaklida xususiy sektorga topshirish lozim.

Yüklə 52,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə