Ijtimoiy-gumanitar fanlar



Yüklə 52,37 Kb.
səhifə14/17
tarix19.08.2023
ölçüsü52,37 Kb.
#120703
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiyot sohasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan vazifalar va ularning amaliyotga joriy etilishi

Beshinchidan, xalq bilan uzluksiz muloqot va inson manfaatlari uchun xizmat qilish, barcha darajadagi rahbarlar uchun nafaqat majburiyat, balki hayotiy tamoyilga aylanishi shart.
Aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotlar tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qilish huquqini roʻyobga chiqarish uchun sharoit yaratish yangi yilda ham faoliyatimizning muhim va ajralmas qismi boʻlib qoladi.
Hurmatli senator va deputatlar!
Sizlarga maʼlumki, yurtimizda soʻnggi yillarda qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq sohasini takomillashtirish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bu oʻzgarishlar inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash, odil sudlovga erishish, huquqni muhofaza qilish idoralari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan.
Men bu masalaga Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan anjumanda atroflicha toʻxtalib oʻtganim uchun bu haqda batafsil gapirmoqchi emasman.
Faqat mazkur sohada oldimizda turgan asosiy ustuvor vazifalarga eʼtiboringizni qaratmoqchiman.
Birinchidansud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash maqsadida sudyalikka nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish lozim.
Sudyalar korpusini shakllantirish tizimini sud hokimiyatining mustaqilligi prinsipiga toʻliq moslashtirish, bu jarayonda keng jamoatchilik ishtirokini taʼminlash zarur.
Buning uchun tuman, shahar va viloyat sudi sudyalarini tanlash va tayinlash vazifasini Sudyalar oliy kengashi toʻliq oʻz zimmasiga olishi maqsadga muvofiqdir. Bu borada jamoatchilik fikri va sudyalarning ular oldida hisobot berish masalasi oʻz ifodasini topishi zarur.
Ikkinchidan, xalqimiz tinchligi va xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish ishlarini yangi bosqichga koʻtarish talab etiladi.
Joriy yilda ushbu yoʻnalishda koʻpgina ishlar qilindi.
Jumladan, soha xodimlari uchun munosib mehnat va turmush sharoitlarini yaratish maqsadida profilaktika inspektorlari uchun 6 yarim mingdan ziyod xizmat uylari, 1 ming 100 ta shaxsiy uy-joy, 7 mingta shaxsiy avtomobil berildi.
Shu bilan birga, Milliy gvardiya xodimlari uchun ham 1 ming 800 ta uy-joy quriladi.
2018 yilda 3 ming 205 ta mahallada bironta ham jinoyat sodir etilmagani ham shu ishlarimiz natijasi, desak, toʻgʻri boʻladi. Lekin xotirjamlikka berilishga hali erta.
Odamlar tinch yashashi uchun butun mamlakatimizda jinoyatdan xoli muhit yaratishimiz shart.
Biz Ichki ishlar vazirligi tizimida vakolat va funksiyalarni quyi boʻgʻinga tushirib, uni chinakam xalqchil tizimga aylantirishimiz zarur.
Bu borada ilmiy yondashuv va ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy etamiz.
Har bir jinoyat yoki huquqbuzarlikning barvaqt oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha har qaysi hudud oʻz tajribasini yaratishi kerak.
Bu boradagi ishlar samarasini oshirish uchun ichki ishlar vaziri, Milliy gvardiya qoʻmondoni va Bosh prokuror respublika hududlariga shaxsan masʼul etib belgilanadi.
Jinoyatchilikka qarshi kurashda, birinchi navbatda, ijobiy natijaga erishgan profilaktika inspektorlari va mahalla faollarini ragʻbatlantirishni kuchaytirish zarur.
Vazifasini sidqidildan bajargan xodimlarga yangi tuzilgan Maxsus jamgʻarma hisobidan ustama haq toʻlanadi va ularning mehnatlari qoʻshimcha ragʻbatlantiriladi.
Bugungi kunda nomiga faoliyat koʻrsatayotgan “Mahalla posboni” lavozimini tugatish vaqti keldi.
Uning oʻrniga profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchisi lavozimi joriy etiladi.
Bu lavozimga joylarda malakali huquqshunos, masalaga qonun nuqtai nazaridan yondashadigan fidoyi kadrlar ishga olinadi.
Biz qanchalik qiyin boʻlmasin, chekka-chekka hududlarda ham “Jinoyat haqiqati va adolati” tamoyilini albatta joriy etishimiz kerak. Yaʼni, jinoyat soʻzsiz fosh etilishi va aybdor jazolanishi shart.
Bu masalaga faqat huquq-tartibot organlarining vazifasi, deb qaramasdan, butun jamiyatimiz birlashib, qattiq kurash olib borishi zarur.

Yüklə 52,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə