Ijtimoiy-gumanitar fanlar


Toʻrtinchidan, xalqimiz genofondini mustahkamlash maqsadida tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash va koʻlamini kengaytirish lozim



Yüklə 52,37 Kb.
səhifə9/17
tarix19.08.2023
ölçüsü52,37 Kb.
#120703
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiyot sohasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan vazifalar va ularning amaliyotga joriy etilishi

Toʻrtinchidan, xalqimiz genofondini mustahkamlash maqsadida tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash va koʻlamini kengaytirish lozim.
Bizning bosh maqsadimiz – nafaqat kasallikni davolash, balki uning oldini olishdan iborat.
Tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish jarayonida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini kengaytirish lozim. Davlat tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar doirasi belgilanib, pullik va bepul davolanish oʻrtasida aniq chegara oʻrnatilishi kerak.
Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat shifoxonalarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
Nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni kuchaytirish kerak. Kelgusi yilda Rossiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Italiya tibbiyot institutlari bilan qoʻshma fakultet va filiallar ochish boʻyicha amaliy choralarni koʻramiz.
Navbatdagi dolzarb muammo – aholi oʻrtasida onkologik kasalliklar koʻpayib borayotgani bilan bogʻliq.
Misol uchun, yurtimizda yiliga 22 mingdan ortiq bemorda onkologik kasallik aniqlanmoqda.
Bu, oʻz navbatida, mazkur kasallikka qarshi kurash tizimini takomillashtirishni talab etib, yuqori texnologik tibbiy yordamga ehtiyojni kuchaytirmoqda.
Ushbu yoʻnalishdagi kasalliklarni barvaqt aniqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda alohida qaror va dastur qabul qilish, uni moliyalashtirish manbalarini aniq belgilash vazifasi yuklatiladi.
Koʻpayib borayotgan bir qator jiddiy kasalliklar profilaktikasi boʻyicha xalqaro institutlar, nufuzli xorijiy shifoxonalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish zarur.
Xalqimiz genofondini saqlash uchun homilador ayollar va bolalarning ovqatlanish ratsioni boʻyicha amaldagi meʼyorlarni xalqaro standartlar asosida qayta koʻrib chiqish lozim.
Vazirlar Mahkamasiga uch oy muddatda bu borada oʻrta va uzoq muddatga moʻljallangan dastur ishlab chiqish vazifasi topshiriladi.
Beshinchidan, xotin-qizlar va yoshlarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish lozim.
Bu borada joriy yilda koʻrilgan amaliy choralarga qaramasdan, haligacha ogʻir turmush sharoitida yashab, ish bilan taʼminlanmagan 13 mingdan ziyod xotin-qizlar borligi achinarlidir.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Xotin-qizlar qoʻmitasi hududiy hokimliklar bilan birgalikda bir oy muddatda ana shunday ayollarni ish bilan taʼminlashga qaratilgan dastur ishlab chiqishi zarur.
Markaziy bank, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlariga 2019 yilda turmush sharoiti ogʻir boʻlgan 1 ming 600 nafar xotin-qizlarni imtiyozli kreditlar asosida arzon uy-joylar bilan taʼminlash vazifasi topshiriladi.
Mamlakatimiz aholisining qariyb yarmini tashkil etadigan yoshlar bilan ishlash masalasi, bundan buyon ham eng asosiy vazifalarimizdan biri boʻlib qoladi.
Yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning bandligini taʼminlash maqsadida “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi faoliyatini yanada kengaytirish zarur.
2019 yilda jamgʻarma uchun 2 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ ajratish va shu orqali 50 mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratish lozim.
Farzandlarimizning turli radikal va zararli gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishiga yoʻl qoʻymaslik – asosiy vazifamizdir. Bu boradagi ishlarni yangicha yondashuvlar bilan davom ettirishimiz kerak.
Jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida yangi madaniyat va istirohat bogʻlarini tashkil etish, ularni zamonaviy yoshlar maskanlariga aylantirish choralarini koʻrish zarur. Ushbu bogʻlar tarkibida birinchi navbatda sport maydonchalari, amfiteatr va kichik sahnalar, kutubxona, “Kitob kafelari” boʻlishi lozim.
Bugungi kunda yoshlarimizning bilim va maʼlumot olishining asosiy manbai Internet ekani hech kimga sir emas.
Shu sababli tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlagan holda, jamoat joylarida bepul “vay-fay” hududlarini tashkil etish choralarini koʻrishimiz kerak.
Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda ushbu masalalar boʻyicha dastur ishlab chiqish yuklatiladi.

Yüklə 52,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə