Ijtimoiy-gumanitar fanlar


Ikkinchidan, ekologik xavfsizlik, suv va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish eʼtiborimiz markazida turishi zarur



Yüklə 52,37 Kb.
səhifə16/17
tarix19.08.2023
ölçüsü52,37 Kb.
#120703
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiyot sohasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan vazifalar va ularning amaliyotga joriy etilishi

Ikkinchidanekologik xavfsizlik, suv va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish eʼtiborimiz markazida turishi zarur.
Suv xoʻjaligi vazirligi 2019 yil davomida mintaqadagi davlatlar ekspertlari bilan birgalikda Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha takliflarni ishlab chiqishi lozim.
Hozirgi vaqtda Orol fojiasi tufayli 5,5 million gektardan ortiq maydonda Orolqum sahrosi paydo boʻldi.
Har yili 100 million tonna qum va tuz havoga koʻtarilmoqda. Bu esa Orol halokati global muammo ekanini yana bir bor isbotlamoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik asosida “Trast fondi”ning tuzilishi oʻzbek diplomatiyasining katta yutugʻi boʻldi.
Biz Oʻzbekiston tashabbusini qoʻllab-quvvatlagani uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi janob Antoniu Guterrish hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti institutlaridan, hamkor davlatlardan minnatdormiz.
Biz Orol dengizining suvsiz qolgan hududida yashil oʻrmonlar barpo etishga alohida eʼtibor bermoqdamiz.
Agar mustaqillik yillarida Oʻzbekiston boʻyicha 1 million 220 ming gektarga yaqin oʻrmonzor yaratilgan boʻlsa, shundan 400 ming gektardan ortigʻi aynan Orolboʻyi hududida barpo etilgan.
Bu masalada qabul qilinayotgan maxsus dasturga koʻra, Orol dengizining suvsiz hududida kelgusi yilda yana 500 ming gektar oʻrmonzor barpo etiladi.
Aholining hayot sharoitini yaxshilash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi shahar va qishloqlarida yangi qurilishlar amalga oshiriladi.
Xususan, Moʻynoq tumanida barcha zarur infratuzilmalarga ega boʻlgan zamonaviy shaharcha bunyod etiladi.
Uchinchidanochiqlik, oʻzaro teng va manfaatli hamkorlikka asoslangan tashqi siyosat sohasidagi faoliyatimizni davom ettirish va uning samaradorligini yanada oshirish choralarini koʻrishimiz zarur.
Siyosiy-iqtisodiy munosabatlar doirasini kengaytirish uchun chet davlatlarda Oʻzbekistonning yangi vakolatxonalarini ochish, xodimlar sonini koʻpaytirish kerak.
Xalqaro maydonda mamlakatimiz siyosiy-iqtisodiy manfaatlarini ilgari surish uchun davlatimizning tashqi iqtisodiy va siyosiy faoliyatiga doir qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish lozim.
Vazirlar Mahkamasi va Xavfsizlik kengashi apparatiga ushbu masalaga doir qonun loyihasini 1 aprelgacha ishlab chiqish topshiriladi.

Xulosa
Mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi bosqichida har bir yil ulkan dastur va loyihalarni amalga oshirish, yurtimizni ravnaq toptirish boʻyicha yangi-yangi yutuqlar, bilim va tajribalar davri boʻlib qolmoqda.
Biz yangi yildan boshlab siyosiy hayotimizda yana bir amaliyotni joriy etamiz. Kirib kelayotgan yilning bosh hujjati boʻlgan Murojaatnomada bayon qilingan har bir ustuvor yoʻnalish boʻyicha Bosh vazir va hukumat aʼzolari amalga oshirilgan ishlar haqida Senat va Qonunchilik palatasi oldida har chorakda hisobot berib boradi.
Bu jarayon ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishi lozim.
Shu tariqa fuqarolar Murojaatnomada belgilab berilgan vazifalarni bajarish boʻyicha hukumat qanday ish olib borayotganidan xabardor boʻladi.
Yaʼni, hukumat faoliyatiga xalqning oʻzi baho beradi.
Hammamiz bir haqiqatni yaxshi tushunamiz, 2019 yil uchun belgilab olgan reja va dasturlarimizni amalga oshirish, albatta oson boʻlmaydi.
Hali faqat qogʻozda boʻlgan bu reja va dasturlarni amaliy ishlarga, real natijaga aylantirish uchun barchamiz birgalikda qattiq mehnat qilishimiz kerak.
Bu yoʻlda bizga ishonch va ilhom, gʻayrat va shijoat beradigan beqiyos bir kuch-qudrat borki, biz unga tayanib, oʻz maqsadlarimizga albatta yetamiz.

Yüklə 52,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə