Ijtimoiy hayotda sotsiol konfliktlar Reja


Konfliktologiyaning fan sifatida yuzaga kelish tarixi



Yüklə 56,5 Kb.
səhifə5/8
tarix11.12.2023
ölçüsü56,5 Kb.
#148406
1   2   3   4   5   6   7   8
Ijtimoiy hayotda sotsiol konfliktlar

1.3. Konfliktologiyaning fan sifatida yuzaga kelish tarixi

Konfliktning dastlabki yaxlit konsepsiyalari XIX-XX asrlar oralig‘ida paydo bo‘ldi. Insonlarning dastlabki jamiyatlari bilan birga paydo bo‘lib, konfliktlar kundalik hodisalardan biri edi va uzoq davr mobaynida ilmiy-tadqiqot ob’ekti bo‘lmay keldi, ammo ular to‘g‘risidagi ba’zi genial fikrlar bizgacha yetib kelgan eng qadimgi manbalarda ham mavjud. Vaqt o‘tishi bilan hayot sharoitlari o‘zgarib, konfliktlar ko‘rinishi ham o‘zgarishga yuz tutgan. Antik davr urushlarining ikir-chikirigacha tafsilotlarini va bu kabi konfliktlarning ilk baholarini qoldirdi. O‘rta asrlar va Yangi davrlarga ajratib o‘rganilishi ushbu hodisaning mohiyatini anglashga bo‘lgan o‘ziga xos urinishlar bo‘ldi. Insonparvar mutafakkirlar konflikt to‘g‘risidagi, ularning insoniyat taraqqiyotidagi halokatli roli, urushlarni jamiyat hayotidan yo‘qotish va tinchlik o‘rnatish to‘g‘risidagi o‘z tasavvurlarini bildirib ketganlar.


Ko‘rib chiqilayotgan muammoga oid dastlabki tadqiqotlar miloddan avvalgi VI-VII asrlarga tegishli. O‘sha davr Xitoy mutafakkirlarining yozishicha, barcha mavjud narsa taraqqiyotining manbai – o‘zaro munosabatlarda, materiyaga xos bo‘lgan ijobiy (Yan) va salbiy (In) tomonlarda bo‘lib, ular doimiy o‘zaro qarama-qarshilikdadir va aynan bu ularning egalari o‘rtasida konfrontatsiya(konflikt)ni keltirib chiqaradi. Qadimgi Yunonistonda qarama-qarshiliklar va ularning buyumlari yuzaga kelishidagi roli to‘g‘risidagi falsafiy ta’limot paydo bo‘ldi. Yunon faylasufi Anaksimandr(miloddan oldingi 640-547 yillar) narsa (buyum)lar apeyron – undan qarama-qarshiliklar ajralib chiqishiga olib keladigan yagona moddiy asosning doimiy harakatidan paydo bo‘ladi deb uqtirgan. Yunon faylasufi Geraklit (miloddan oldingi VI asr oxiri - V asr boshi) harakat sabablarini ochishga, narsalar va hodisalar harakatini ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar kurashi tufayli paydo bo‘ladigan qonuniy, zarur jarayon sifatida taqdim etishga harakat qildi. Qadimgi Rim faylasufi, notiq Mark Tulliy Sitseron (miloddan avvalgi 106-43 y.y.) yetkazilgan zarar uchun qasos olish, mamlakatga bostirib kirgan dushmanni haydash maqsadida olib boriladigan “adolatli va haq e’tiqod uchun urush” to‘g‘risidagi tezisni ilgari surdi (“Davlat to‘g‘risida”).4


    1. Yüklə 56,5 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə