Ijtimoiy menejment


Ijtimoiy ob’ektni modellashtirish



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə54/61
tarix31.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#114719
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   61
Ижт.менеж лотинда

Ijtimoiy ob’ektni modellashtirish

Ijtimoiy ob’ektni modellashtirish turli xil modellarni tanlash bilan bog’liq: ekstropolyatsiya modeli, faktorli (analitik) model va evristik o’yinli model.


Ekstropolyatsiya modelini qurish biror bir bashoratlanayotgan ko’rsatkichni o’zgarish tendentsiyasi namoyon etishi bilan asoslanadi. Bunday modellar asosan biror bir tovarga talab o’zgarganda qo’llaniladi.
Faktorli modellar turli xil faktorlar ta’siri natijasida ko’rinadi. Bunday modellar ehtiyojlarni bashoratlash uchun ishlatilishi mumkin.
Evristik metodlar insonning intuzitiv qobiliyatiga asoslanadigan aqliy faoliyatni tashkillashtirish vositalarida namoyon bo’ladi. Intuitsiya insonlarga omadli ravishda muammoni echish imkonini beradi. Bulardan biri bo’lib, ya’ni samarali usullaridan biri bu innovatsiyalashgan o’yinlar metodidir.
Ijtimoiy loyixalashtirish - bu shunday bir loyixa faoliyatiki, u ijtimoiy reallik bilan bog’liq ravishda turli xil idealliklarga monand tashkil etiladigan, ijtimoiy loyixa deb ataladigan loyixali faoliyatdir. Hohlagan boshqaruv qarori, reallikni o’zgartirishga qaratilgan, har doim o’zgarishning idealini hisobga olish talab qiladi.
Ijtimoiy loyixalashtirish doimo ko’pgina mutaxassislarni ishtirokini talab etadi.
Ijtimoiy rejalashtirish o’zining metodi va metodologiyasiga ega bo’lgan ijtimoiy injeneriya faoliyatining mustaqil qismi hisoblanadi. Ularni ishlab chiqilishi loyixalashtirish jarayonini sistemalashtirishga, jarayonning o’z boshqaruvini oshirishga, EXMni qo’llash loyixa ishlari sifatini oshirishga imkon beradi.
Ijtimoiy rejalashtirish - boshqaruv ta’sirining alohida bir shaklidir. U ilmiy asoslangan loyixa realizatsiyasi bilan bog’liq va ob’ektning yangi parametrlariga erishishning aniq vositalaridan foydalanishni talab etadi.
Rejalashtirish g’oyasi o’zining kelib chiqishiga qarab- sotsialistik g’oyadir. To’liq xolda uni utopiylashgan sotsializm vakillari A.Sen-Simon, SH.Furьe, R.Ouenlar taklif etishgan. Bizning mamlakatimiz doirasida shunday o’zgarishlar yuz berdiki 90 yillarga kelib, ijtimoiy rejalashtirish turli darajalarda amalga oshiriladi:
Birinchi darajada - ishchi jamoani ijtimoiy rivojlantirishni rejalashtirish. Ikkinchi daraja - regionda ijtimoiy rejalashtirish. Uchinchi daraja- professional mehnat taqsimoti bilan bog’liq bo’lgan alohida jamiyat hayoti jarayonlarini ijtimoiy rejalashtirish darajasi.




  1. Yüklə 0,69 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə