Ijtimoiy menejment


-MAVZU. IJTIMOIY MENEJMENTNING SHAKLLANISHI



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə2/61
tarix31.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#114719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Ижт.менеж лотинда

1-MAVZU. IJTIMOIY MENEJMENTNING SHAKLLANISHI

1. Yangi O’zbekiston Taraqqiyot strategiyasi


2. Ilg’or o’zgarishlar davri
3. SHaxs va jamiyat o’rtasidagi qarama-qarshiliklar
4. Ijtimoiy texnologiyalar-ijtimoiy menejmentning innovatsion resursi


1.Yangi O’zbekiston Taraqqiyot strategiyasi
2022−2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekiston Taraqqiyot strategiyasi 7 ta yo’nalish va 100 ta maqsaddan tashkil topgan. 2022 yilda strategiyani amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasidagi tadbirlarga 55 trln so’m va 11,7 mlrd dollar ajratiladi.
Strategiya 7 ta yo’nalish va 100 ta maqsaddan tashkil topgan. Taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirishga oid Davlat dasturida rejalashtirilayotgan tadbirlarni moliyalashtirishga umumiy qiymati 55 trln so’m va 11,7 mlrd AQSH dollari miqdoridagi mablag’lar ajratilishi ko’zda tutilgan.
Birinchi yo’nalish: inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish.
1-maqsad: Mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, uni jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bo’g’iniga aylantirish.
2-maqsad: Xalq deputatlari Kengashlarini hududlarda mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo’g’inga aylantirish.
3-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining institutsional asoslarini zamon talablariga moslashtirish.
4-maqsad: Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini «fuqarolarga xizmat qilishga yo’naltirish» tamoyili asosida transformatsiya qilish.
5-maqsad: Ixcham, professional, adolatli, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimini joriy qilish.
6-maqsad: Davlat boshqaruvi tizimida ma’muriy apparatni ixchamlashtirish va ish jarayonlarini maqbullashtirishyu
7-maqsad: Mamlakatdagi islohotlarni izchil davom ettirishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə