Ijtimoiy menejment


«Inson munosabatlari» maktabi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə14/61
tarix31.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#114719
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   61
Ижт.менеж лотинда

3. «Inson munosabatlari» maktabi

Boshqaruv nazariyasida yangi yo’nalish asoschisi bo’lib E.Meyo hisoblanadi. Kotorn shahridagi «Uestern elektrik» firmasi zavodlarida ishchilar guruhlarini 13 yil (1927-1939) davomida tajribada sinadi. Meyo shunday xulosaga keldi, ishchilarning mehnat unumdorligi vaqtincha mehnat sharoiti va ma’muriyat xatti-harakatlaridan emas, balki ularning muhitidagi ijtimoiy-psixologik omillarga ham bog’liq ekan.


«Inson munosabatlari» maktabining ko’zga ko’ringan vakillari K.Ardjeris, F.Xertsberg, D.Makgregor, R.Bleyk va boshqalardir.
Bu yo’nalishning asosiy holatlari kichik norasmiy guruhlarda munosabatlarning roliga qaratiladi. Boshqaruv amaliyotida guruhning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash va foydalanish muhimdir. Mazkur maktab vakillari boshqaruv tizimi ishchilari mehnatini mukamallashtirish usullarini qidirishga alohida o’rin ajratadilar.


4. Boshqaruvning «empirik» maktabi

Yirik menejerlar va maslahatchilarni birlashtirgan, boshqaruv nazariyasidagi uchinchi oqim vakillari shuni ma’lum qilishdiki, boshqaruv sohasidagi olimlarning asosiy vazifasi - amaliyot materiallarini yig’ish va e’lon qilish, shu asosda boshqaruvchilarga maslahatlar berishni ishlab chiqish hisoblanadi. «Empirik» maktab ikki asosiy yo’nalishda rivojlanmoqda. Korxonani boshqarishning u yoki bu muommolari bo’yicha aniq tashkiliy-texnikaviy va iqtisodiy tadqiqotlar olib borilmoqda va zamonaviy menejmentning yangi kontseptsiyalarini ishlab chiqish amalga oshirilmoqda. Bu birinchi navbatda «foydada ishtirok etish», «boshqaruvda ishtirok etish» kontseptsiyalaridir. «Empirik» maktabning ko’zga ko’ringan vakillari P.Druker, R.Devis, L.Nьyumen, D.Millerlardir.


Egallagan lavozimidan qat’iy nazar, har bir boshqaruvchi quyidagi asosiy funktsiyalarni amalga oshiradi:

  • Korxonaning maqsadlari, unga erishish yo’llarini aniqlash va shu asosda korxona ishchilari oldiga aniq vazifalarni qo’yish;

  • Korxona faoliyatini, ishlarni guruhlash, taqsimlash, muvofiq tuzilmani yaratish, kadrlarni tanlash va joylashtirish yo’li bilan tashkil etish;

  • Ishchilarni rag’batlantirishni ta’minlash va boshqaruvchi bilan boshqariluvchi o’rtasidagi aloqani nazorat qilish.

  • Tashkilot va unda band bo’lgan shaxslar faoliyatini me’yorlashtirish, tahlil qilish va baholash;

  • Ishchilar istaklarini ularning faoliyati natijasiga bog’liq holda rag’batlantirish.

Umuman olganda, «empirik» maktab qator dolzarb boshqaruv muammolarini qo’yish va hal qilish tarafdori bo’lgan. Bular zamonaviy yirik sanoat ishlab chiqarishi, shuningdek boshqaruv funktsiyalari klassifikatsiyasi va tahlili, rahbar mehnatini tashkil etish, kadrlarni tanlash va baholash, boshqaruv tizilmasini aniqlash va boshqa muammolardir.




  1. Yüklə 0,69 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə