Ijtimoiy menejment



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə4/61
tarix31.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#114719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Ижт.менеж лотинда

20-maqsad: Faol fuqarolik jamiyatini rivojlantirish hamda fuqarolar o’rtasida qonunga hurmat va itoat qilish hissini shakllantirish.
Uchinchi yo’nalish: milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlashyu
21-maqsad: Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni — 1,6 baravar va 2030 yilga borib aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromadni 4ming AQSH dollaridan oshirish hamda «daromadi o’rtachadan yuqori bo’lgan davlatlar» qatoriga kirish uchun zamin yaratish. Davlat qarzini boshqarishda yiliga yangi jalb qilingan tashqi qarz miqdori 4,5 milliard AQSH dollaridan oshib ketmasligini ta’minlash.
22-maqsad: Milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash va yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushini oshirishga qaratilgan sanoat siyosatini davom ettirib, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga oshirish.
23-maqsad: Geologiya-qidiruv ishlari hajmini keskin oshirish, sohaga xususiy investorlar va ilg’or xorijiy kompaniyalarni keng jalb qilish.
24-maqsad: Iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash hamda «Yashil iqtisodiyot» texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish, iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish.
25-maqsad: Raqamli iqtisodiyotni asosiy «drayver» sohaga aylantirib, uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borish.
26-maqsad: Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirish, kelgusi besh yilda 120 milliard AQSH dollari, jumladan 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralarini ko’rish.
27-maqsad: Iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni ko’paytirish maqsadida, kelgusi 5 yilda fond bozori aylanmasini 200 million AQSH dollaridan 7 milliard AQSH dollariga yetkazish.
28-maqsad: Respublikaning eksport salohiyatini oshirish orqali 2026 yilda respublika eksport hajmlarini 30 milliard AQSH dollariga yetkazish.
29-maqsad: Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning Yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish.
30-maqsad: Qishloq xo’jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo’jaligining yillik o’sishini kamida 5 foizga yetkazish.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə