Ijtimoiy menejment



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə5/61
tarix31.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#114719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Ижт.менеж лотинда

31-maqsad: Suv resurslarini boshqarish tizimini tubdan isloh qilish va suvni iqtisod qilish bo’yicha alohida davlat dasturini amalga oshirish.
32-maqsad: CHorvachilik ozuqa bazasini kengaytirish va ishlab chiqarish hajmini 1,5−2 baravar ko’paytirish.
33-maqsad: Hududlarni mutanosib rivojlantirish orqali hududiy iqtisodiyotni 1,4−1,6 baravarga oshirish.
34-maqsad: Hududlarning muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma tizimini hamda xizmat ko’rsatish va servis sohalarini rivojlantirish.
35-maqsad: «O’zbekiston bo’ylab sayohat qiling» dasturi doirasida mahalliy sayyohlar sonini 12 million nafardan oshirish hamda respublikaga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar sonini 9 million nafarga yetkazish.
36-maqsad: Barcha transport turlarini uzviy bog’lagan holda yagona transport tizimini rivojlantirish, yirik shaharlar o’rtasida kunlik transport qatnovlari asosida manzilga yetib borish va qaytib kelish imkoniyatini yaratish.
To’rtinchi yo’nalish: adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish.
37-maqsad: Har bir fuqaroga davlat hisobidan aniq kasb-hunarga o’qish imkoniyatini yaratish. Kasbga o’qitish ko’lamini 2 baravar oshirib, jami 1 million nafar ishsiz fuqaroni kasb-hunarlarga o’qitish va bu jarayonda nodavlat ta’lim muassasalarining ishtirokini 30 foizga yetkazish.
38-maqsad: Maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasini hozirgi 67 foizdan kamida 80 foizga yetkazish.
39-maqsad: Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish.
40-maqsad: Maktabgacha ta’lim tizimida byudjet mablag’larining maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlash.
41-maqsad: Maktablarni rivojlantirish milliy dasturini joriy etish orqali xalq ta’limi tizimida qo’shimcha 1,2 million o’quvchi o’rni yaratish.
42-maqsad: 2026 yilga qadar o’quv dasturlari va darsliklarni ilg’or xorijiy tajriba asosida to’la qayta ko’rib chiqib, amalda joriy etish.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə