Ijtimoiy menejment


-maqsad: Fuqarolarning axborot olish va tarqatish erkinligi borasidagi huquqlarini yanada mustahkamlash. 90-maqsad



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə9/61
tarix31.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#114719
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61
Ижт.менеж лотинда

89-maqsad: Fuqarolarning axborot olish va tarqatish erkinligi borasidagi huquqlarini yanada mustahkamlash.
90-maqsad: Davlatning mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, Qurolli Kuchlarning jangovar shayligini, uning imkoniyatlari va qobiliyatini kuchaytirish.
91-maqsad: Harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolarining ijtimoiy himoyasini har tomonlama kuchaytirish.
92-maqsad: Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishning samarali tizimini yaratish.
93-maqsad: Mamlakatning xalqaro munosabatlardagi teng huquqli sub’ekt sifatidagi rolini oshirish.
94-maqsad. Markaziy Osiyoda xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, suv, energetika, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi yaqin hamkorlikni sifat jihatidan yuqori bosqichga olib chiqish.
95-maqsad: An’anaviy hamkorlar bilan munosabatlarni yanada rivojlantirish, tashqi aloqalar geografiyasini kengaytirishga ustuvor ahamiyat qaratib, iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirish.
96-maqsad: O’zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti organlari va institutlari, global va mintaqaviy iqtisodiy, moliyaviy va gumanitar tashkilotlardagi faoliyatini kuchaytirish.
97-maqsad: Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lish va Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi bilan integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish.
98-maqsad: Jahon hamjamiyatida mamlakat imidjini oshirishga qaratilgan axborotlar yetkazish samaradorligini oshirish.
99-maqsad: Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.
100-maqsad: O’zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan O’zbekistonning chet ellardagi fuqarolariga xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish.


2. Ilg’or o’zgarishlar davri
Biz yashayotgan davr bu dinamik o’zgarishlar davri. Barcha jarayonlar juda tez va qarama-qarshi rivojlanmoqda. Bunday vaziyatni amerikaliklar «chaqiriq» so’zi bilan ataydilar, u o’zida ma’lum imkoniyatlar va taxdidlarni mujassamlashtiradi.
Juda xavfli tendentsiyalar ichida quyidagilar asosiy bo’lib hisoblanadi:
a) sayyoramiz tabiiy muxitida sodir bo’layotgan o’zgarishlar (biologik xilma-xilliklarning tez yo’qolib ketishi, «bug’xona samarasi»ning oshishi va uning natijasidagi iqlimning o’zgarishlari, ozon qatlamning yemirilishi, o’rmon maydonlarining qisqarishi, yer, suv va atmosferaning inson faoliyati chiqindilaridan zaharlanishi).
b) turli mamlakatlar o’rtasida va alohida mamlakatlar ichida ijtimoiy farqlanishning tez o’sishi. Bu resurslar uchun kurash bilan uyg’unlashib joriy mahalliy mojarolar va global xavfni keltirib chiqarmoqda.
v) sayyoraning resurs imkoniyatlari qisqarib borayotgan paytda yer aholisining tez ko’payishi.
g) qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan foydalanish rejimining buzilishi, kelajak avlod manfaatlarini zamondoshlar tomonidan hisobga olmaslik.
SHuning uchun, shunday xavf paydo bo’lmoqdaki, uning markazida insonning zavol topishi, uning jamiyat bilan aloqasida madaniyat va ma’naviyatining yemirilishi yotadi.
SHaxs va jamiyat o’rtasidagi qarama-qarshilik dunyoning muvozanatdan chiqishining asosiy sababi hisoblanadi. U bugungi kundagi ijtimoiy portlashlar va halokatlar o’sishiga imkoniyat yaratib bermoqda. Bu dunyo oldida turgan dolzarb muammolardan biri bo’lib, uning yechimiga ijtimoiy rivojlanish sur’atlari va ma’naviy tamoyillar ko’p jihatdan bog’liq.
Tabiat ustidan hukmronlik qilishga intilish insoniyatni ijtimoiy va tabiat olamini shunday shakllantirdiki, bugungi kunda ko’pchilik odamlar o’zlarining yashab o’tgan umrlaridan qoniqish hosil qilmaydilar, hayotda o’zlariga o’rin topa olmaydilar. Ko’pgina nohaqliklarni ko’radilar, lekin hech narsani o’zlariga olmaydilar, ular o’zlarini ijodiy faoliyatga bahsh etishni xohlaydilar, lekin butun umrlarini hayot uchun pul ishlashga sarf qiladilar. XXI asrda yangi madaniyatni va insonning yangi tipini bunday asosda yaratib bo’lmasligidan bugungi ilmiy tadqiqotlar dalolat beradi.
Lekin bunday qarama-qarshilikni anglash juda qiyin kechadi. Ha, menejerlik (boshqaruv) inqilobi XX asrning ikkinchi yarmida yetakchi mamlakatlarning tezkor rivojlanishidagi, bozor munosabatlarini amalga oshirish, tanazullarni yengib o’tishda, bozor munosabatlarini takomillashtirishda ko’plab bozor sub’ektlari va turli mulkchilik ko’rinishlarini paydo bo’lishida asosiy omil bo’ldi. Menejerlik inqilobi ta’sirida ko’p zamonaviy tsivilizatsiyalar mashhur ijtimoiy natijalarga erishdilar.
Tadbirkorlik hamda boshqaruvning yangi madaniyati shakllanmoqda. Uning mazmuni nimada? Birinchi navbatda, unda oqilona boshqarish, bilim, ilmiy loyihalashtirish va dasturlash, matematik va ijtimoiy modellashtirishni oqilona tadbiq etish alohida ahamiyat kasb etadi. Ilmiy boshqaruvning bu usullari ijtimoiy resurslar, «inson omili» resurslaridan to’liq foydalanishga qaratilgan. Boshqaruv bilimlarining, boshqaruv kontseptsiyalarining, loyiha va dasturlarning shakllanishi mahalliy hamjamiyatlar yutug’i natijasida mahalliy menejment tez rivojlanmokda. Millionlab boshqaruvchilar (menejerlar) miyasida sifat o’zgarishlari sodir bo’lib, ular mutaxassislarga aylanib, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur’atlariga samarali ta’sir qilmoqda. Moliya institutlari va tijorat tashkilotlarining shaxsiy egalari soni ortmoqda. SHartnoma asosida yollangan va boshqaruv faoliyatiga mas’ul bo’lgan har bir mahalliy menejer o’z ishi natijalariga ko’ra boshqaruv sohasida kichik bir tadbirkorga aylanadi. SHunday qilib, tadbirkorlikning yangi turi - menejerlik shakllanadi.
Bu jarayon keng doirada sodir bo’lib, butun boshqaruv tizimida o’z o’rnida uning negizini o’zgartirib, maqsadli qiladi. Natijada, menejerlar keng vakolatlarga ega bo’ladi, lekin berilgan vakolatlarga aholi oldida javobgar bo’ladilar jahon tajribasiga binoan, bu nafaqat menejerning, balki mahalliy ma’muriyat va mansabdorlar apparatining ham mas’uliyatli va professional jamoasini tuzishning eng samarali usulidir. Menejment va korporatizm tamoyillariga asosan aholi ma’muriyat va menejerlarning mahalliy hamjamiyatini rivojlanish maqsadlarini belgilab berib, uning davlat tashkilotlarining mahalliy organlariga xisobot topshirishini kafolatlaydi. Bu ijtimoiy boshqaruv tashkilotining asosiy tamoyili sifatida ishtirok etmay, balki tadbirkorlikni zamonaviy boshqaruv madaniyatini amalga oshirish mexanizmi sifatida ishtirok etadi.
Rivojlangan kichik tadbirkorlik yordamida, birinchi navbatda innovatsion, ilmtalab sohalar yordamida butun jamiyat hayotini ma’naviyat va boshqaruvchanlik asosida sog’lomlashtirish uchun sharoit yaratildi. XXI asrda bu tendentsiyani yanada kengaytirish talab qilinadi, sababi bu asrda ijtimoiylashuv va ma’naviyat usti iqtisodiyot emas, balki jamiyat taraqqiyoti, uning maqsadlari va extiyojlari boshqaradi.
Jamiyatda, oxir-oqibat shunday xaqiqatni anglash sodir bo’ladiki, uning muvozanati juda boylar va juda qashshoqlar daromadlarida 10 martalik farq bo’lishi mumkin emasligiga olib keladi. Aholining 10%dan kami qashshoqlikda ob’ektiv sabablar bo’yicha yashashi mumkinligi tobora oydinlashmoqda. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlar uchun bu kritik nuqta xisoblanadi.
Muammoni tushunish, joriy rivojlanish tendentsiyalarining namoyon bo’lishi, ularni hal qilishning yangi usullarini ham keltirib chiqaradi. Ular boshqaruv sohasida yuzaga kelib, strategik va taktik xarakterga ega. Boshqaruv organlari, shuningdek, davlat aholini ijtimoiy himoyalash choralarini ishlab chiqmoqda. Bu bozorni yanada ijtimoiy cheklashga imkon beradi.
Boshqaruvning bosh ob’ekti - davlatga yangi talablar qo’yilmokda. Bu o’z navbatida mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining moddiy-moliyaviy va huquqiy bazasini mustahkamlaydi. (qachonki faqat tabiiy resurslardan emas, balki hududiy resurslardan (ijtimoiy, madaniy - ma’naviy, boshqaruv) to’g’ri foydalanganda).
Ular hukumat va boshqaruvning yuqori pog’onalarida ularning vazifalariga xos bo’lmagan asos topadi va boshqaruvning zamonaviy usullariga e’tibor qaratishga imkon beradi. Hozirda mahalliy hamjamiyatlar, alohida tashkilot yoki firma, axborotlar, texnologiyalar, ma’lumotlar banki asosida korporativ maqsad natijalariga asoslangan xolda o’zining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqmoqda. SHuning uchun, jamiyatda boshqaruv madaniyatining o’rnatilishining tezlashgan jarayoni amalga oshirilmoqda, «pastdan yuqoriga» kontseptual fikrlash amalga oshirilmoqda. Hayotda sinalgan dasturiy-maqsadli va boshqaruvning bashorat usullari uning hamma bosqichlarida boshqaruv faoliyatining me’yoriga aylanmoqda.
Ijtimoiy taraqqiyotning rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi, ijtimoiy muvozanatni buzishning asosiy sababi bo’lib, ijtimoiy boshqaruv tizimining rivojlanmagani, ijtimoiy menejmentning samarasizligi, uning nazariya va amaliyotini o’zlashtirishdagi yetishmovchiliklar hisoblanadi.




  1. Yüklə 0,69 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə