Ijtimoiy pedagogika



Yüklə 440,66 Kb.
səhifə102/112
tarix13.04.2023
ölçüsü440,66 Kb.
#105438
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   112
Ijtimoiy pedagogika

Iqtidorlilik — bolaning o‘z tengqurlariga nisbatan aqliy rivojlanishda ancha ilgarilab ketishi.

  • Katamnez — davolash yakunlangandan so‘ng, kasal haqida olinadigan ma’lumotlar. Maxsus kuzatuv ostida bo‘lgan o‘quvchilarning mehnat hayoti, ta’limi to‘g‘risida davriy ma’lumot to‘plash.

  • Kommunikativlik — shaxslararo muloqot madaniyatiga ega bo‘lish, bolani tinglash va eshitish qobiliyati, muomalaga kirisha olish va aloqa o‘rnatish, axborot to‘plash, turli ijtimoiy munosabatlar o‘rnatish va rivojlantirish, bolaning verbal va noverbal xulq-atvorini kuzatish.

  • Kompensasiya — buzilgan funksiyalar o‘rnini to‘ldirish, rivojlantirish.

  • Konkretlik — umumiy fikrlardan voz kechib, savollarga aniq javob berish qobiliyati.

  • Korreksion tarbiya — jamiyatdagi hayotga ko‘nikish uchun sharoitlar yaratish, ba’zi toifa odamlarni rivojlanish nuqsonlarini yengib o‘tish yoki bartaraf etish.

  • Madaniyat jamiyat, ijodiy kurslar va inson qobiliyatlarining tarixan rivojlanish darajasi bo‘lib, insonlar hayoti va faoliyatini tashkil qilish shakllari, shuningdek, ular tomonidan yaratilayotgan moddiy va ma’naviy qadriyatlarda o‘z ifodasini topadi.

  • Madaniyatlilik — bola tarbiyasi va ijtimoiylashuvi jarayoni shu jamiyat va millatning ma’naviy qadriyatlari asosida qurilishi.

  • Men” konsepsiyasi — insonning o‘zi haqidagi tasavvurlari tizimi.

  • Mikrososiumtarkibida oila, qo‘shnilar, tengdoshlar guruhlari hamda turli ijtimoiy, davlat, diniy, xususiy va tarbiyaviy tashkilotlari mavjud, muayyan hududda faoliyat yurituvchi jamiyat.

  • Nazoratsizlik — bolalarni, ularning xulq-atvorini, bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazishlarini nazorat qilmaslik, ularning tarbiyasi haqida qayg‘urmaslik.

  • Oila — insonlar kundalik hayotining asosiy qismi jinsiy munosabatlar, bolani dunyoga keltirish, bolalarning ijtimoiylashuvi kabi holatlar sodir bo‘ladigan ijtimoiy institut.

  • Ontogenez — hayvon yoki o‘simlik olamining yaralishidan boshlab hayotining oxirigacha individual rivojlanishi. Ontogenez organizmni tashqi muhitning aniq bir sharoitlarda rivojlanishi hisoblanadi. Ontogenezda ham organizm birin - ketin rivojlanish bosqichlaridan o‘tadi. Inson ontogenezi ikki bosqichdan iborat: prenatal va postnatal.


  • Yüklə 440,66 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   112




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə