Ijtimoiy pedagogning maktab yoshidagi bolalar bilan olib boradigan faoliyati


Yangi O‘zbekistonda pedagogika fanini innovatsion rivojlantirish istiqbollari



Yüklə 369,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix06.09.2023
ölçüsü369,73 Kb.
#121388
1   2   3
ijtimoiy-pedagogning-maktab-yoshidagi-bolalar-bilan-olib-boradigan-faoliyati

Yangi O‘zbekistonda pedagogika fanini innovatsion rivojlantirish istiqbollari: 
nazariya va amaliyot 
____________________________________________________________________
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
National University of Uzbekistan 259 www.ares.uz 
Ijtimoiy pedagog maktabdan haydalgan bolalarga alohida e’tibor qaratishi 
kerak. U ularni boshqa maktabga joylashtirishga, yangi jamoaga ko’nikishlariga 
yordam ko’rsatadi. Ijtimoiy pedagog dars soatlari vaqtida noqonuniy ishlab yurgan 
bolalarni aniqlaydi, ularning o’qish masalasini hal qiladi. U ko’p bolali oilalarning 
barcha imtiyozlaridan foydalanishlari, bolalarning reabilitatsion markazlarga 
qatnashlarini nazorat qiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari va sinf rahbarlari 
tumandagi oila va o’quvchilarni o’rganib chiqishadi. ijtimoiy yordamga muhtoj 
bolalarga e’tibor berishadi, tarbiyasi og’ir bolalarni tarbiyalashda oilalarga yordam 
berishadi. 
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari 
o’z faoliyatida to’garak, seksiya, 
klublarni tashkil qilish, o’tituvchining o’quvchilar bilan individual ishlashini, yashash 
joyida bolalar bilan konsultatsiya o’tkazish, alohida pedagogik e’tiborga muhtoj 
bolalar bilan ish olib borishni nazorat qiladi.
Alohida fanlardan dars beruvchi o’qituvchilar
bolalarning qiziqishlarini 
o’rganib chiqib, ularni turli to’garak va seksiyalarga jalb qilishadi. Maktabda turli 
tadbirlar o’tkazishadi. Bu tadbirlarni o’tkazishda ota-onalar va sobiq o’quvchilar 
yordamidan foydalanishadi, maktabga mashhur kishilarni chaqirishadi. 
Maktab yoshidagi bolalarning asosiy ijtimoiylashtiruvchi omili bolalar 
submadaniyatini shakllantiruvchi tengqurlar jamoasidir. Ijtimoiy pedagog bu 
hodisalarning funksiyalarini bilishi, ularning o’quvchilarning shaxsiy hislatlari va 
ijtimoiy munosabatlarini rivojlantirishdagi o’rinlarini ko’ra olishi lozim. 
 
REFERENCES:
1. Petrovskiy A.B. tahriri ostida: "Psixologiya". Toshkent, "O‘qituvchi", 1979
2. Platonov K.K. "Qiziqarli psixologiya". Toshkent, "O‘qituvchi", 1971.
3. Safoyev N., Gaffarov B. "Muomala sirlari". Toshkent, "Navro‘z", 1992
4. Xoxlova L.P. "Talabalar uchun psixologiyadan topshiriqlar". Toshkent, O‘qituvchi", 
1977.

Yüklə 369,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə