Ijtimoiy pedagogning maktab yoshidagi bolalar bilan olib boradigan faoliyati



Yüklə 369,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix06.09.2023
ölçüsü369,73 Kb.
#121388
1   2   3
ijtimoiy-pedagogning-maktab-yoshidagi-bolalar-bilan-olib-boradigan-faoliyati

Maktab ma’muriyati
, sinf rahbarlari, guruh tarbiyachilari, kam ta’minlangan 
oilalar farzandlariga moddiy yordam, bepul ovqatlanish tashkil qilishadi. Sinf 


Yangi O‘zbekistonda pedagogika fanini innovatsion rivojlantirish istiqbollari: 
nazariya va amaliyot 
____________________________________________________________________
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
National University of Uzbekistan 258 www.ares.uz 
rahbarlarning bolaning oiladagi holatini o’rganishadi, qiyin bolalar bilan alohida 
shug’ullanishadi.
Maktabda psixologlar
bola qobiliyatlari va qiziqishlarini o’rganishadi. 
Psixoterapevt va psixologlar ota-onalar va bolalarga maslahat berishadi va yordam 
berishadi.
Maktabda mavjud bo’lgan sog’liqni saqlash xizmati maktab o’quvchilarini 
tibbiy ko’rikdan o’tkazishadi, jismoniy tarbiya guruhlari tuzishadi, kuchsiz bolalarga 
maxsus ovqatlanish tashkil qilishadi, karantin sinflarini nazorat qilishadi.
Maktabda ijtimoiy ishga maktab direktori yordamchilaridan biri rahbarlik qiladi. 
Tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari maktabning maktabgacha tarbiya 
muassasalari, turli hukumat tashkilotlari bilan aloqasiga katta e’tibor qaratadi.
Ota-onalar qo’mitasi
ham o’z o’rnida tarbiyasi og’ir bilan ishlashga yordam 
beradi. Turli davlatlarda ijtimoiy pedagog ishiga ikki yondashuv mavjud: u maktab 
bilan hamkorlik qiladi yoki u maktabning shtatli hodimi hisoblanadi.
Maktab bilan hamkorlik
qila turib ijtimoiy pedagog tez-tez maktabga borib 
turadi. Ota-onalar va o’quvchilarning o’zaro munosabatlarining yaxshilanishiga 
yordam beradi, dars qoldirish sabablarini aniqlaydi. U bolalar bilan qo’pol 
munosabatda bo’lgan oilalarni, jismoniy va ruhiy nuqsonli bolalarni aniqlaydi. Bola 
yoki oilaga yordam berish maqsadida bolaning uzoq davom etgan kasalligi sabablarini 
surishtiradi, bola o’qishda ortda qolmasligi uchun u bilan uyda va kasalxonada alohida 
shug’ullanadi. Bola tarbiyasidagi muammolarni xal qilish uchun huquqshunos
shifokor, militsiya hodimlari xizmatidan foydalanadi. . [2. 136-b] 
Ko’pgina G’arbiy Yevropa davlatlarida ijtimoiy pedagog maktabning shtatli 
xodimi hisoblanadi. U ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarni aniqlaydi. Bu bolalar 
maktab kursini o’zlashtirishga qobiliyati yetmaydigan bolalardir. Bu bolalar maktab 
yoki oilada ruhiy tushkunlikni boshdan kechirishadi. Odatda bu bolalar voyaga 
yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiya ro’yxatida turishadi. Ba’zan bolalar va 
ularning atrofidagilar bilan munosabatlarini oydinlashtirish yetarli yordam beradi.
Ijtimoiy pedagog o’quvchining maktabdan tashqari vaqtini tashkillashtirib, o’z 
tarbiyaviy ishini olib borishida ota-onalar bilan hamkorlik qiladi. Hamkorlik yuzasidan 
seksiya, klublar, har xil mehnat, turistik bo’linmalar tashkil qiladi. Ijtimoiy pedagog 
pedagogik jamoaning tarbiyasi og’ir bolalar bilan ish olib borishini tartibga soladi. 
U maktab pedagogik jamoasiga doimiy tarzda sinfdagi psixologik muhit 
to’g’risida axborot beradi. Aynan shu holat maktabda ijtimoiy ish olib borishning 
rejasini tuzishda muhim ahamiyatga ega.



Yüklə 369,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə