Ijtimoiy psixologiya


«Ijtimoiy ustanovka o‘rgatish yoki ijtimoiy psixologik ta’sir yo‘li bilan o‘zgarishi mumkin». Ushbu fikr qaysi olim tomonidan ilgari surilgan?



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə46/77
tarix25.12.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#161015
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   77
Ijtimoiy psixologiya

«Ijtimoiy ustanovka o‘rgatish yoki ijtimoiy psixologik ta’sir yo‘li bilan o‘zgarishi mumkin». Ushbu fikr qaysi olim tomonidan ilgari surilgan?

  1. G.Ollport

  2. D.N. Uznadze

  3. K.Xovland

  4. V. A. Yadov

  1. Quyidagi olimlar orasidan ijtimoiy ustanovka borasida tad- qiqot olib borgan g‘arb olimlarini ajratib ko‘rsating.

  1. U. Tomas,

  2. V.A. Yadov,

  3. M.Smit,

  4. D.N. Uznadze,

  5. G.Ollport

  1. 1, 2, 3

  2. 2, 4, 5

  3. 1, 4, 5

  4. 1, 3, 5

  1. Ijtimoiy psixologiya faniga «ijtimoiy faoliyat ierarxiyasi >tushun- chasini olib kirgan olim nomi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

  1. V.A. Yadov

  2. K.Xovland

  3. U. Tomas

  4. P Tannenbaum

  1. O‘z maqsadlariga erishish uchun xizmat qiluvchi attityudning obyektga nisbatan subyektni yo‘na!tira olishi nima deb ataladi?

  1. bilish

  2. muvofiqlashtirish

  3. ifodalilik

  4. himoya

  1. «Attityud — bu atrof-muhitdagi ayrim omillarga mos yoki qarama-qarshi harakat qilish an’anasidir». Ushbu fikr qaysi olim tomonidan ilgari surilgan?

  1. E.Bogardus

  2. M. Fishbayn

  3. A.G.Asmolov

в) N.Rokich

  1. «Attityud» atamasi o‘zbek tiliga tarjima qilinganda qanday ma’noni anglatadi?

  1. «avvalgi tajribaga asoslanuvchi»

  2. «yaroqlilik» yoki «moslik»

  3. «xulq-atvor»

  4. «yo‘nalish»

  1. «Shaxsning ijtimoiy xulq-atvorini boshqarishning dispozit- sion konsepsiyasi» kim tomonidan ishlab chiqilgan?

  1. D.N. Uznadze

  2. V.A. Yadov

  3. RN. Shixerev

  4. G.M.Andreyeva

SHAXSLARARO MUNOSABATLAR VA ULARNING
KECHISHI
Shaxslararo munosabatlarda egoistik munosabatning
namoyon bo‘lishi

Shaxslararo munosabatlar jarayonida shaxsning ishtiroki va bu jarayonda shaxslar o‘rtasida kechadigan munosabatlarni o‘rganish ijtimoiy psixologiya uchun dolzarb muammolardan biri bo'lib kelmoqda. Bunday munosabatlar sirasiga shaxs xulq-atvoriga tegishli bo‘lgan altruizm, egoizm, agressiya, tolerantlik, stig­ma, diskriminatsiva tushunchalarini kiritish mumkin. Bugungi kunda bu tushunchalarning mohiyatini ochishga harakat qilish ijtimoiy psixologiya sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar- ning barchasini qiziqtirayotganligi bejiz emas, albatta. Chunki bu tushunchalar aynan shaxs va jamiyat munosabatlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Shaxslararo munosabatlarda ba’zan kishilar bir-birlar-ining egoistik xulqidan shikoyat qilishi kuzatiladi. Bunday xulq qan- day kechishini tahlil qilib ko'ramiz. Egoizm shaxsning ijtimoiy muhitiga salbiy ta'sir qiladi. Hech qaysi shaxs o‘z atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarni hissiyotsiz baholamaydi. Yaqin kishilar bilan yoki oilaviy munosabatlarda muammolar yuzaga kelganida, kishilar mas’uliyatni ko‘proq o'z juftiga yuklaydi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ajralish uchun kelganlarning ko‘pchiligi oilaning ajrim ostonasiga kelib qolganligi uchun o'z juftini yoki yana kimlarnidir aybdor deb hisoblaydilar. Ak- sincha, oilaviy munosabatlardagi ijobiy jihatlar, ishdagi yoki boshqa sohalardagi muvafaqqiyatlarning sababchisini ko‘rsatish lozim bo‘lsa, albatta o‘z ishtirokchidan so‘z ochishadi va bunday xususiyat ko'pchilikka xosdir. Ma’lum bir sohada bir xil muvaf- faqiyatga yoki natijaga erishish uchun raqobatlashayotgan olimlar o'zlarining fanga qo‘shgan hissalari haqida gapirayotganida kam- dan kam kamtar bo‘lishi xorij psixologiyasining yetuk olimlari- dan biri — E. Ross tomonidan tasdiqlangan. E. Ross bu fikrining tasdig‘i uchun quyidagi misolni keltiradi: 1923-yilda insulinni yaratgan Frederik Banting va Djon Makleodlar Nobel mukofo- tiga sazovor bo4ishganidan so‘ng, F. Banting ommaviy chiqish- lardan birida, laboratoriyani boshqarayotgan unga D. Makleod yordam berishdan ko‘ra, ko‘proq xalaqit berganligini ta’kidlaydi, D. Makleod esa ixtiroga qanday erishganligi haqida gapira turib, o‘z nutqida biron marta ham F. Bantingning ismini tilga olmaydi (Ross, 1981).
Bundan ko‘rinadiki, shaxsdagi egoizm lining «Men»ida o‘ta markazlashuvi bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. Ba’zi kishilar- ning o‘zi haqida qayg‘urishi ham ularning ijttmoiy xulq-atvorida egoizmni motivlashtirishi mumkin. Kishilar o‘z atrofidagilarda yaxshi taassurot qoldirish umidida turli xil kosmetikalar, parhez- lar uchun milliardlab mablag‘larni sarflaydilar. Egoistlarning harakatlari asosan o‘z imidji haqida qayg‘urish ostida qilinadi. «Odamlarda hech bir mavzu o‘zlari haqidagidan ko‘ra katta qizi- qish uyg‘otmaydi. Bundan tashqari ularning ko‘pchiligini o‘z shaxsidan boshqa hech narsa qiziqtirmaydi», deb yozadi R.F. Bau- mayster.
Amerikalik olim Patrik Byukenen o‘zbekchaga tarjima qi- linganda «G‘arbning o'linii» deb nomlangan kitobida yaxlit bir millatlar va xalqlar taqdiriga aloqador bolgan voqealarni: jamiyat ma’naviyatidagi inqirozlar, jumladan, oila va nikoh, tug'ilish va aholining tabiiy o‘sishi borasidagi inqirozlarni tahlil qilar ekan, bu borada jamiyat a’zolarida kuzatilayotgan salbiy xulq-atvorlardan biri bo‘lgan egoizmning jiddiy ta’sirini ko‘rsatib o‘tadi. RByuke- nenning fikricha, jamiyatda borgan sari birdan boyib ketish, to‘kin hayotga erishish kabi egoistik intilishga ega bo‘lgan kishilar soni ortib bormoqda, bu esa jamiyatda mavjud qadriyatlarga nisbatan munosabatlarda jiddiy inqirozni keltirib chiqarmoqda. Muallif bu holatni gedonistik psixologiyaning asosi deb baholaydi va buning oqibatida jamiyatda qator ijtimoiy muammolar kelib chiqayotgan- ligini ochiq e’tirof etadi.
Gedonizm — bu shaxs va uning xulq-atvor motivlarida bir- gina istak — nimadandir lazzatlanish, qoniqish olish va o‘zidagi ichki ruhiy iztiroblardan xoli bolishga intilish ustuvorligidir. Bunda inson asosan to‘q va farovon hayotga intiladi, boy-badavlat yashashni xohlaydi va bundan lazzat oladi. Muallif Yevropada tug‘ilishning keskin kamayib ketganligini, ayollar o‘zidan sog‘lom zurriyod qoldirishni istamayotganligini, mablag‘iyetarlibo‘lsa-da, farzand tug‘ilishiga va uni tarbiyalashga ketadigan mablag‘larini qizg'anayotganligi kabi holatlarni qayd etadi. Bundan tashqari gedonizmning eng katta salbiy ta’siri Yevropa kishilarida egosen- tristik dunyoqarashning shakllanishiga turtki bo‘lmoqda
Egosentrizm — lotincha «Ego» — men va «centrum» — doira markazi so‘zlaridan olingan bo‘lib, insonning o‘z fikr o‘ylari, man- faatlari doirasida qotib qolganligi, buning oqibatida atrof-muhit- ga va odamlarga oid bilimlarini hamda o‘zgalarga munosabatini o‘zgartira olmasligini bildiradi. Yoshlarimiz orasida yuqoridagi dunyoqarash ta'siri ostida milliy madaniyatimiz va qadriyatlari- mizdan yuz o‘girayotgan, butunlay yevropacha yoki amerikacha madaniyatning quliga aylanib borayotgan, natijada jamiyatdagi ijtimoiy fikrning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatayotganlar ham mavjud ekanligini hisobga olgan holda bu muammoning kelib chiqish sa- bablari va uni bartaraf etish borasidagi izlanishlarni bo‘lajak mu- taxassislardan kutib qolamiz.
Egoistik xulq va egoizm atamasini qo‘llash ham, D. M.ayers ta’kidlaganidek, kundalik hayotda juda ko‘p uchraydi. Buning sababi shuki, keng jamoatchilik orasida egoizm tushunchasini ko‘pchilik biladi, aksincha Altruizm atamasining qanday ma’noga ega ekanligini aksariyat kishilar bilmaydi. Aytish mumkinki, bu atama ko‘proq ilmiy mavzuda ish yuritganlar uchungina tanish bo‘lsa kerak.
Ma’lumki, egoizm kishilar orasida salbiy sifat deb qaraladi va egoistik xulq-atvor jamoatchilik tomonidan ham salbiy mu- nosabatga loyiq deb qaraladi. Altruizm esa aksincha ijobiy sifat deb qaraladi va altruistik xatti-harakat ijobiy munosabatga loyiq 106
deb tanlanadi. Nega shunday? Buning sababi — egoistik xulqning asosida birinchi o'ringa o‘z manfaatini qo‘yish yotsa, aksincha altruistik xulqning asosida birinchi o‘ringa o‘zgalar manfaatini qo‘yish yotadi. Demak, bundan kelib chiqib aytish mumkinki, Altruizm egoizmning antonimidir. Shuning uchun Altruizm ata- masini tushunishda D. Mayers kundalik hayotimizda ko‘p uchray- digan egoizm atamasidan foydalanishni ma’qul ko‘rgan.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə