Ijtimoiy psixologiya


Ijtimoiylashuv borasidagi nazariyalar



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/80
tarix07.02.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#100325
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   80
Ijtimoiy psixologiya (2)

Ijtimoiylashuv borasidagi nazariyalar
Ijtimoiylashuv jarayonini turli psixologik ilmiy m aktablar 
turlicha tahlil qilganlar:
1) neobixeviorizm namoyandalari ijtimoiylashuv — bu ijtimoiy 
o‘rganishdir;
2) interaksionizm vakillari ijtimoiy o‘zaro ta ’sirlar natijasi;
3) gum anistik psixologiya vakillari esa «Men» konsepsiyasining 
namoyon bo‘lishi deb ta ’riflaganlar. Ijtimoiylashuv serqirrajarayon 
bo‘lib, yuqorida psixologiyaning ilmiy m aktablari nam oyandalari 
tom onidan keltirilgan fikrlar uning faqatgina bir tomonigagina 
asosiy urg‘u beradilar. Hozirgi kunda jahon psixologlari ijtimoiy­
lashuv m uam m osini ijtimoiy xulq-atvorni boshqarishning dis- 
pozitsion konsepsiyasi nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqishga harakat 
qilmoqdalar. Bu konsepsiya shaxslararo munosabatlarga kirisha 
olish darajasiga bog‘liq boigan ijtimoiy xulq-atvorni boshqarish 
tizim ini tahlil qiluvchi dispozitsiyalar ierarxiyasini o ‘z ichiga 
qam rab oladi.
U ijtimoiylashuv mexanizmlariga quyidagilarni kiritadi: adap- 
tatsiya; identifikatsiya; ishontirish; taqlid qilish.
Adaptatsiya 
— shaxsning o‘z ichki xususiyatlarini o‘zi yashayot- 
gan m uhit xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishi.


Shaxsning ijtimoiylashuvi borasida ish olib borgan olimlardan biri
K. Frommdir
ldentifikatsiya — mdivid tom onidan ongli va ongsiz ravishda 
boshqalarning xulq-atvorini, qadriyatlarini va ijtimoiy m e'yorla- 
rini o ‘zida qayta tiklashi (o’ziniki qilib o‘zlashtirish).
Taqlid qilish 
— individ tom onidan ongli va ongsiz ravishda 
boshqalarning xatti-harakati, yurish-turishi, gapirishini o‘zida 
qayta tiklash (o‘ziniki qilib o ‘zlashtirish).
Ishonish 
— individ tom onidan ongli va ongsiz holatda u bilan 
muloqotga kirgan insonlarning fikrlari, his-tuyg‘ulari, dunyo- 
qarashlarini o‘zida qayta tiklash (o'ziniki qilib o‘zlashtirish).
Shaxsning 
ijtimoiylashuvida 
ijtimoiylashuv 
m exanizm lari 
m uhim o‘rin tutadi. Fransuz olimi Gabriel Tard, am erikalik Uri 
Bronfentrener, rus olim iaridan V.S. Muxina va A.V. Petrovskiy- 
larning tadqiqotlarida ijtimoiylashuv mexanizmlariga turlicha 
yondashuvlar keltirilgan.
l.P. Podlosiyning ta ’rifi bo'yicha, ijtimoiylashuv m exanizm lari 
quyidagilardan iborat:



Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə