Ijtimoiy psixologiya



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/80
tarix07.02.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#100325
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80
Ijtimoiy psixologiya (2)

Ikkinchi bosqich
mehnat faoliyati 
davri — bu davr odamning yetuklik yillari bilan bog‘liq bo‘lib, av- 
valgi davrlarda singdirgan ijtimoiy ta’sirlarni bevosita faoliyatda, 
shaxslararo munosabatlarda namoyon etadi. Bu davrda kasbga ega 
bo‘lish, aniq hayot yo‘lini tanlash, turmush qurish, kelgusi avlodni 
tarbiyalash kabi shaxsning barcha ijtimoiy fazilatlari shu davrda 
shakllanadi. Nihoyat, 
uchinchi bosqich
mehnat faoliyatidan ke- 
yingi davr bo‘lib, bunga asosan mehnat faoliyatidan so‘nggi qari- 
lik gashtini surayotganlar kiradilar. Bu davrda ham shaxs ijtimo- 
iylashuvi davom etaveradi, chunki endi ilgarigi davrlarda orttirilgan 
tajriba boshqalarga uzatiladi, shunga ko‘ra shaxs tuzilishida ham 
xususiy o ‘zgarishlar ro‘y beradi. Katta yoshdagi ijtimoiylashuvning 
o‘ziga xosligi shundaki, unda individualizatsiya jarayoni aniqroq
sezilarliroq kechadi. Chunki katta odam nafaqat tashqi ta’sirlarni 
o‘ziashtiradi, balki o‘zidagi iqtidor, malaka, hayotiy tajribasi bilan 
boshqalarga ham tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatadi, amalda yoshlarga shax- 
siy o‘rnak ko'rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu nuqtayi nazar- 
dan, qarilikning ijtimoiy mohiyati shundaki, ota-bobolarimiz asosan 
o'zlaridagi mavjud ijtimoiy tajribani boshqalarga (farzandlar, nabi- 
ralar, mahalladagi yoshlar va hokazo) uzatish bilan shug‘ullanadilar 
va bu narsa avniqsa, Sharq xalqlarida juda e’zozlanadi. Xalqimizda- 
gi «qari bilganni pari bilmas» degan naql ham bobolar va momolar 
o‘gitlarining tarbiyalovchi mohiyatini aks ettiradi. Shu sababli ham 
mustaqil yurtimizda qariyalar e’zozlanadi, mahallaning boshqaruv 
roli kun savin oshirilmoqda, oila tarbiyaning bosh o‘chog‘i sifatida 
davlat himoyasida bo‘lib kelmoqda. Bu mustaqil davlat voshlarida 
yangicha tafakkur va ongning shakllanishiga, yurtga sadoqat, va- 
tanparvarlikning rivojiga o‘z hissasini qo’shadi.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə