Ikkinchi tartibli chiziqlar. Aylana va ellips II tartibli tenglama va chiziqlar



Yüklə 64,03 Kb.
səhifə4/16
tarix12.12.2023
ölçüsü64,03 Kb.
#148637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Ikkinchi tartibli chiziqlar. Aylana va ellips II tartibli tengla-fayllar.org

3.4. Ellipsning xarakteristikalari
Endi ellipsning ayrim xususiyatlarini ifodalovchi tushunchalar bilan tanishamiz.


5-TA’RIF: Ellipsning fokuslari orasidagi 2c masofani uning katta o‘qi uzunligi 2a ga nisbati ellipsning ekssеntrisitеti dеb ataladi.
Ellipsning ekssеntrisitеti  kabi belgilanadi va ta’rifga hamda (7) kanonik tenglamaga asosan

. (8)
Bu formuladan 0≤<1 ekanligi kelib chiqadi. Agar =0 bo‘lsa, (8) formuladan a=b ekanligini ko‘ramiz. Bu holda a=b=R deb olsak, (7) kanonik tenglama x2+y2=R2 ko‘rinishga keladi, ya’ni aylana tenglamasini ifodalaydi. Demak aylana ekssеntrisitеti =0 bo‘lgan ellipsdan iborat, ya'ni ellipsning xususiy bir holi ekan. Shunday qilib ellipsning ekssеntrisitеti  qiymati bo‘yicha uning shakli haqida xulosa chiqarish mumkin. Bunda  qiymati qanchalik nolga yaqin bo‘lsa, ellipsning shakli shunchalik “dumaloqroq” ;  qanchalik birga yaqin bo‘lsa, ellipsning shakli shunchalik “cho‘zinchoqroq” bo‘ladi.




6-TA’RIF: Ellipsning ixtiyoriy M(x,y) nuqtasidan uning F1 vа F2 fokuslarigacha bo‘lgan |MF1|=r1 vа |MF2|=r2 masofalar shu nuqtaning fokal radiuslari deyiladi.
Ellips ta’rifiga asosan r1+r2 =2а bo‘ladi. Ikki nuqta orasidagi masofa formulasiga asosan


.
Fokal radiuslarning bu ifodalarini kvadratga oshirib, so‘ngra hosil bo‘lgan ifodalarni hadma-had ayirib hamda r1+r2 =2а ekanligini eslab , r1 va r2 uchun ushbu tenglamalar sistemasiga kelamiz:

Bu tenglamalar sistemasini yеchib, fokal radiuslar uchun quyidagi formulalarni olamiz:




r1 = a + x r2 = a –x (9)

7-TA’RIF: Tenglamasi ха/ bo‘lgan vertikal to‘g‘ri chiziqlar ellipsning dirеktrisalari deyiladi.
Ellipsning ixtiyoriy M(x,y) nuqtasidan uning х=–а/ va х=а/ direktrisalarigacha masofalarni mos ravishda d1 va d2 deb belgilaymiz. Quyidagi chizmadan ko‘rinadiki d1=(а/)+x va d2=(а/)–x. Bu tengliklar va (9) formulaga asosan quyidagi natijani olamiz:


(10)
Shunday qilib ellipsning ixtiyoriy nuqtasidan uning OY o‘qiga nisbatan bir tomonda joylashgan fokusi va dirеktrisasigacha bo‘lgan masofalar nisbati o‘zgarmas son bo‘lib, doimo  ekssеntrisitеtiga tеng bo‘ladi.

Ellips va uning xarakteristikalari quyidagi 28-rasmda ko‘rsatilgan.




Yüklə 64,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə