Ilk qadam davlat dasturida nutq o’stirish mazmuni. Reja



Yüklə 24,11 Kb.
səhifə3/3
tarix21.05.2022
ölçüsü24,11 Kb.
#87528
1   2   3
Ilk qadam davlat dasturida nutq o

2 Maktabgacha ta'lim jarayonida bolaga ta'lim-tarbiya berishda shaxsga yo‘naltirigan ta'lim

Maktabgacha ta'lim jarayonida bolaga ta'lim-tarbiya berishda shaxsga yo‘naltirigan ta'lim modeli ustuvor sanaladi. Shaxsga ongli yondashishning maqsadi-shaxsni rivojlantirish, uni berilgan standart va bosim ostida “o‘zgartirish emas”, balki “uni qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilish”dir. Shaxsiy yondashuv ta'lim jarayoni ishtirokchilarining shaxsiy majburiyatlarini rivojlantirish va to‘liq namoyon qilish uchun sharoit yaratishni ko‘zlaydi. Shaxsiy majburiyatlar - bu shaxs tomonidan “shaxs bo‘lish” ijtimoiy buyurtmasini tatbiq etuvchi ma'lum fazilatlarning namoyon etilishidir.

Pedagog tomonidan qadriyatlar orasida yo‘nalishini aniqlash uning kasbiy faoliyatini belgilaydi. Shaxsga yondashuv pedagog va bolaga o‘zini shaxs sifatida his qilishiga, ularning imkoniyatlarini aniqlash va namoyon etishga, o‘zini anglab yetishga, jamiyat tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘ziga ishonish va o‘zini kashf qilish usullariga imkon yaratadi.

Maktabgacha yoshda bola buyumlarning alohida yuzaki xususiyatlarini qabul qilishning yuqori cho‘qqilarini egallaydi, ko‘rgazmali shakldagi amaliy va aqliy vazifalarning yechimini topadi. Lekin bola hali buyumlarning ko‘rinishiga ahamiyatsiz bo‘ladi. Bu tabiiy hol chunki buyumlar uning uchun mavjuddir va ular bolani faqat amaliy va aqliy faoliyat ob'ekti sifatida qiziqtiradi. Maktabgacha yoshdagi bola buyumlarning mohiyatini emas, balki ularning tashqi ko‘rinishi va ishlatilishiga qarab ish tutadi. Buyumlarning bizlarga qanday ko‘rinishi bilan mohiyati o‘rtasida katta farq bor. Buyumlarning mohiyati yuzaki emas, u shaxsiy tajriba orqasida yuzaga kelmaydi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinmaydi. U ijtimoiy tashkillashtirilgan o‘quv – dunyoni ilmiy anglash orqali kashf etiladi.

Tubdan o‘zgartirilgan o‘qitish – bola va pedagogning hamkorlikdagi tubdan o‘zgartirilgan (ko‘rgazmali-rivojlantiruvchi) pedagog va bola shaxsini mustaqil tarbiyalashga yo‘naltirilgan faoliyati, qaysiki shaxsiy mazmunni hayotiy bo‘shliqda qimmatli ahamiyatga ega bo‘lgan, pedagog va bolaning universallashtirilgan tizimi.

Tubdan o‘qitish quyidagi yondashuvlarni nazarda tutadi:

Ijtimoiy pedagogik yondashuv. Uning mazmuni shundan iboratki, bola tomonidan insoniyat tajribasining o‘zlashtirilishini ta'minlovchi rivojlanishni amalga oshirish. Bunday yondashuv ta'lim berish jarayonini yakuniy natijaga-bola shaxsining ijtimoiylashuviga erishishga yo‘naltirilgan. Uning mohiyati bola tomonidan jamiyatning ahloqiy, ma'naviy o‘zgarishlarni tubdan isloh qilishdir. Bunday yondashuvda ta'lim tarbiya beruvchi vazifani bajaradi.

Gnoseologik (bilish faoliyati) yondashuv o‘qitish jarayoni mohiyatini anglash jarayonidan olib chiqadi va yuzaga kelgan anglash faoliyatini modifikatsiyalaydi (variatsiyalaydi).
Yüklə 24,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə