Ilk Temir davrida O’rta Osiyo Xalqlarining ijtimoiy – iqtisodiy madaniy hayoti Reja



Yüklə 285,46 Kb.
səhifə4/8
tarix21.12.2022
ölçüsü285,46 Kb.
#97527
1   2   3   4   5   6   7   8
Ilk Temir davrida O’rta Osiyo Xalqlarining ijtimoiy – iqtisodiy madaniy hayoti

Амиробод
маданияти
o’nggi bronza davri oid yodgorlik bo’lib, u 1940 yilda Amudaryoning quyi xavzasidagi Amirobod kanali havzasidan topilgan. 1950 yillarga kelib, Amirobod madaniyatiga doir bir necha yodgorliklar topildi. Ularning orasida eng yaxshi saqlangan va boy arxeologik materiaalar bergan yodgorlik Yakka –Porson 2 makoni hisoblanadi. Makonni qazish vaqtida 20 yaqin yerto’la tipidagi kulbalar topildi. Kulbalar maydoni va atrofidan g’alla o’ralari, omborlar, o’choq, gulxan qoldiqlari, sopol parchalari, tosh yorg’uchoqlar, bronzadan ishlangan bir tig’li pichoqlar, o’roq, bigiz va ko’plab hayvon suyaklari topildi. Xar bir kulbaning o’rtasida o’choq bor. Ular bir juft oilaga tegishli ekanligidan dalolat beradi.
Sopol idishlari charxsiz, qo’lda yasalgan. Ularning shakli, tipi va turi ham kamchilikni tashkil etadi. Xurmacha, kosa, bankasimon idish va sopol qozonlardan iborat bo’lgan. Idish sirti qizg’ish qoramtir rangda pardozlangan, yuqori qismi esa geometrik naqshlar bilan bezatilgan. Amirobod madaniyati ichida bronzadan ishlangan quloqli ignalar, ikki parrakli bronza paykonlari va bronza mexnat qurollari yasaydigan tosh qoliplar, tosh yorg’uchoq, bronzadan ishlangan o’roqlar ko’plab uchraydi.
Amirobod yodgorliklari atrofida shu davrlarga oid irrigatsiya izlari va qadimgi ekinzor maydonlari ham ko’plab uchraydi. Bu esa ularning hayotida chorvachilik bilan birga dehqonchilik yuksak darajada rivojlanganligini ko’rsatadi.
Amirobod madaniyati X–VIII asrlarga tegishli bo’lib, bu davrda chorvador qabilalar orasida ijtimoiy – iqtisodiy tengsizlik vujudga kela boshlagan edi.

Тегискен мозор–қўрғонлари

Orol dengizining sharqiy qismida joylashgan. U yerdan 70dan ortiq mozor–qo’rg’onlar topilgan bo’lib, tadqiqotlar jarayonida ularning ba’zilari bronza davriga, ba’zilari esa, ilk temir davriga oid ekanligi aniqlandi. Tegisken mozor–qurg’onlari murakkab konstruktsiyali monumental inshootlar bo’lib, yirik hajmdagi xom g’isht va yog’ochdan qurilgan. Ular o’z formalariga ko’ra o’tovga o’xshaydi.


Mozor –qo’rg’onlarning har biri urug’ oqsoqoli yoki qabila boshlig’iga tegishli bo’lib, ularning ichidan sopol, bronza, oltindan ishlangan buyumlar va hayvon suyaklari topilgan. Hayvon suyaklari qurbonlikka so’yilgan hayvon go’shtining bir qismi bo’lib, chorvadorlar odati bo’yicha uni marxum bilan birga qo’yishgan.
So’nggi bronza va ilk temir davrida CHoch (qadimgi Toshkent vohasi) Qadimgi Farg’ona singari o’ziga xos rivojlanish yo’lidan bordi. Bu yerlarda dehqonchilik kichik–kichik soy etaklarida yoki buloq suv yoqalarida vujudga kelib, ibtidoiy usul asosida olib borilgan. Zaminning tabiiy geografik sharoitidan kelib chiqib, sug’orma dehqonchilik xo’jaligi rivojlangan. CHirchiq, Ohangaron va ularning irmoqlari Toshkent vohasining eng qadimgi dehqonchilik markazlariga aylangan. Masalan, Ohangaron daryosining o’rta oqimida joylashgan Burg’uluksoy havzasida ilk dehqonchilik madaniyati tarkib topgan. Uni birinchi bor 1940 yilda A.I.Terenojkin aniqladi va unga Burg’uluk madaniyati nomini berdi, lekin u burganlisoy madaniyati nomi bilan ham ataladi.

I



Yüklə 285,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə