Ilk Temir davrida O’rta Osiyo Xalqlarining ijtimoiy – iqtisodiy madaniy hayoti Reja


Чуст маданияти ёдгорликлари тарихий–топографик таркибига



Yüklə 285,46 Kb.
səhifə7/8
tarix21.12.2022
ölçüsü285,46 Kb.
#97527
1   2   3   4   5   6   7   8
Ilk Temir davrida O’rta Osiyo Xalqlarining ijtimoiy – iqtisodiy madaniy hayoti

Чуст маданияти ёдгорликлари тарихий–топографик таркибига кўра 2 типга бўлинади.


Майдони бир гектаргача бўлган майда қишлоқлар. Уларнинг ҳар бирида бир оила жамоаси яшаган.

Майдони 10 ва ундан ортиқ гектарга тенг бўлган қишлоқлар.Улар ҳар бир суғорма деҳқончилик районидан 1 тадан учрайди. Уларнинг атрофида ўнлаб майда қишлоқлар бўлган (Далварзинтепа, Ашкалтепа)

CHust madaniyatining ikkinchi davrida ilk shaharlar vujudga kela boshlagan. So’nggi bronza davri yirik qishloq tarzida tarkib topgan aholi punktlarida dastlab mudofaa devorlari barpo etiladi, ularda otashparastlik diniy qarashlari rasmiylashadi. Ular ikki qismdan iborat bo’lib, uning birinchi – O’rda qismida hukmdorning qarorgohi bo’lib, uning atrofi ham mudofaa devori bilan o’ralgan. Mudofaa devori qoldiqlari CHust qishlog’ida va Ashkaltepadan topilgan. CHustda xom g’ishtdan ishlangan devorning qalinligi 3 metr, uning balandligi 3,5 metrga teng.


CHust madaniyati yodgorliklarini qazish jarayonida ularning quyi qatlamidan doira shaklida qurilgan ko’plab o’ralar topilgan. Masalan, CHust makonida 60 ta, CHimboyda esa 16ta shunday o’ralar ochilgan. Bu o’ralarning qanday maqsadda qurilganligi to’g’risida har xil fikrlar mavjud. Ba’zilari kulba desa, ba’zilari uni g’alla o’ralari deb talqin qiladi. Akademik A.Asqarov ham uni g’alla o’rasi deb hisoblab, ularning maydoni kulba uchun juda noqulay ekanligini ta’kidlaydi.
CHust madaniyati aholisi dastlabki bosqichda yarim yerto’la va chaylalarda yashaganlar, ikkinchi bosqichda esa, guvala va xom g’ishtdan qurilgan kulbalarda yashaganlar.
CHust madaniyati oid qabriston hali topilgani yo’q. Lekin makonlardagi uylarni qazish vaqtida bir necha tartibsiz qo’milgan mozorlar topilgan. Ularda odamlar yoni bilan g’ujanak holatida qo’yilgan. Mozorlarda sklet atrofida sopol buyumlar yoki taqinchoqlar uchramaydi. Faqat CHust makonida bir mozordagina skelet bosh suyagi yonidan bitta gulli sopol kosa topilgan. Ba’zi yodgorliklarda yosh bolalar sopol idishlarga solib ko’milgan. Lekin chust madaniyati yodgorliklarida dafn marosimi bilan bog’liq bo’lgan aniq bir tartib kuzatilmaydi. CHunki ba’zi hollarda odam suyaklari xo’jalik o’ralarida va ko’p xollarda esa, bir chuqurchada o’ntalab odam boshi suyaklari topilgan. Bu masala hozirgacha o’z yechimini topgan emas.
CHust madaniyatida metall bilan bog’liq hunarmandchilik yaxshi rivojlangan. Masalan, CHust makonidan 80dan ortiq, Dalvarzintepadan 60dan ortiq metall predmetlar topilgan. SHuningdek u yerlardan tosh qoliplar ham topilgan bo’lib, ularda oyna, o’roq, pichoq va bigizlar quyilgan. Metall esa, sopol idish–tigellarda eritilgan. CHust madaniyati yodgorliklarining yuqori qatlamidan bronza buyumlar bilan birga temirdan ishlangan pichoq ham topilgan. Yodgorliklarda temir shlaklari ko’plab uchraydi.
CHust madaniyati yodgorliklarida tosh va suyakdan yasalgan mehnat qurollari ham topilgan. Masalan Dalvarzintepadan 1500 ga yaqin tosh qurollari topilgan. Ular orasida qum–toshdan yasalgan o’roqsimon pichoqlar alohida diqqatga sazovordir. Ularning 400ga yaqini topilgan.
Suyakdan taroq, moki, bigiz, urchuq va boshqa buyumlar ishlangan. Urchuq toshlari, moki va suyak taroqlarning topilishi aholining to’qimachilik bilan ham shug’ullanganligidan darak beradi. Suyakdan yasalgan buyumlar orasida qo’y va echki oshiqlari nihoyatda ko’p. Ularga tegishli chuqurchalar yasab, chuqurchalarga bronza quyilgan. Oshiqlarning deyarli ko’pchiligi juda silliq, ustki qismi to’q qizil tusda va ularga pardoz berilganligini tufayli tovlanib turibdi. Tadqiqotchilar fikricha, bular bilan chust aholisi qimor o’yinini o’ynagan.
CHust aholisi kulolchilik idishlarini qo’lda yasaganlar, ular hali charxni bilishmagan. Ularning xo’jaligining asosini sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik tashkil qilgan. Dehqonlar bug’doy, tariq, arpa ekkanlar. Ikkinchi o’rinda xonaki chorvachilik turgan. Xo’jalikda ot, qoramol boqqanlar. Dehqonlar g’allalarini o’ralarda saqlaganlar. Har bir o’rada 200 kgdan to 2 tonnagacha g’alla saqlash mumkin bo’lgan. Yerni haydashda va ekinlarni yanchishda hayvon kuchidan foydalanishgan. Bu haqda Qirg’iziston xududida joylashgan Soymalitosh qoya toshlari darak beradi. Uning suratlari CHust madaniyatiga oid bo’lib, unda qo’shga qo’shilgan ho’qizlarning tasviri bor.
CHust madaniyatiga oid sopol parchalari Samarqand xududida joylashgan Afrosiyob yodgorligining quyi qatlamidan, janubiy Sug’diyonaning bosh shahri bo’lgan Yerqo’rg’on shaxri xarobasining pastki qatlamidan, SHaxrisabz xududida joylashgan ilk o’rta asrlar davriga oid bo’lgan To’rtkultepa yodgorligining quyi qatlamidan va qadimgi Baqtriya xududidagi Kuchuktepa, Bo’yrachi, Qizilcha, Maydatepa kabi yodgorliklardan topilgan. Lekin CHust madaniyati qadimgi Baqtriyada keng rivojlana olmadi, chunki bu yerda sharq tsivilizatsiyasi ta’sirida rivojlangan dehqonchilik madaniyati ularni o’ziga singdirib yubordi. SHuningdek, bu yerdagi CHust maladaniyati izlari Farg’ona va Sug’diyonadagi madaniyatdan tubdan farq qilar edi. Bu yerdagilar kulbalarda iste’komat qilib, kulolchilik charxini o’zlashtirgan va qumtosh o’roqsimon pichoqlardan foydalanmas edilar.
CHust madaniyati mil.avv. II ming yillikning oxiri va I ming yillikning birinchi choragida Farg’ona vodiysida qadimgi dehqonchilik madaniyati tarkib topganligi ko’rsatadi. Bu madaniyat aholisi O’rta Osiyoning tub yerli axolisi bo’lib, ular jismoniy tuzilishi va antropologik tip jihatdan Yevropa tipiga mansub bo’lgan.
CHust madaniyatidan so’ng qadimgi Farg’onada ularning vorislari sifatida Elatan madaniyati shakllandi.

I



Yüklə 285,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə