Ilmiy amaliyot to’G’risida shartnoma №2023 yil “ ” Buxoro shahri



Yüklə 33,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix24.12.2023
ölçüsü33,24 Kb.
#160259
1   2   3   4
Ilmiy amaliyot shartnoma

4. Qo’shimcha shartlar: 
4.1. Tomonlar o’zaro manfaatli masalalar bo’yicha axborot almashish
birgalikda maslahatlashish, seminarlar, onlayn va oflayn tadbirlar o’tkazish, 
uchinchi shaxslar bilan ta’lim, ilmiy-texnik munosabatlarni o’rganish kabi 
hamkorlik tadbirlari natijalari bilan bir-birlarini xabardor qiladi. 


4.2. Tomonlar mazkur shartnomada qayd etilgan yo’nalishlarda chora-
tadbirlarni amalga oshirish jarayonida konfidentsial hisoblangan ma’lumot va 
axborotlarni har qanday uchinchi tomonga tarqatmaslik (ochiqlamaslik) 
majburiyatini oladi, tomonlarning biridan yozma rozilik olish holati bundan 
mustasno. 
4.3. Tomonlar ushbu shartnoma doirasida amalga oshiriladigan ishlar bo’yicha 
hamkorlik rejalarini ishlab chiqadi, maslahatlashuv, fikr almashish, hisobot va 
ma’lumotnoma berishga rozilik bildiradi. 
4.4. Tomonlarning birgalikda olib borayotgan ishlariga yoki ish bajarilish 
vaqtida qo’shayotgan hissasi kechiktirilsa yoki qoldirilsa, tomonlar yuzaga kelgan 
muammolarni hamkorlikda hamda muammolarni ijobiy hal etishga qaratilgan 
barcha mumkin bo’lgan harakatlarni birgalikda amalga oshiradi. 
5. Fors-major 
5.1. Yengib bo’lmaydigan kuch, ya’ni favqulodda va muayyan sharoitlarda 
oldini olib bo’lmaydigan vaziyatlar tufayli shartnoma majburiyatlarining qisman 
yoki to’laligicha bajarilmaganligi uchun taraflar javobgarlikdan ozod etiladi; 
5.2. Shartnoma bo’yicha taraflar o’z majburiyatini bajara olmaydigan 
bo’lganda, 5 (besh) ish kuni ichida boshqa tarafga sababini ko’rsatgan holda xabar 
berishi lozim; 
5.3. Agar bunday ahvol bir oydan ko’proq davom etilsa, taraflar shartnomani 
bekor qilish huquqiga ega bo’ladi. 
6. Shartnomaning amal qilishi: 
6.1. Mazkur shartnoma taraflar tomonidan imzolangan paytdan boshlab kuchga 
kiradi. 
6.2. Taraflar o’rtasidagi munosabatlar ular tomonidan ushbu shartnomaning 
barcha shartlari bajarilgan va zarur hujjatlar rasmiylashtirilgunga qadar amalda 
bo’ladi. 
6.3 Tomonlarning har biri boshqa tarafga shartnomani bekor qilish istagini 
bildirgan sanadan ikki hafta avval bekor qilish to’g’risida yozma xabarnoma 
yuborish orqali, istalgan vaqtda shartnoma doirasidagi faoliyatini to’xtatishga haqli. 
6.4. Mazkur shartnomani bekor qilish shartnoma doirasida amalga oshirilgan 
har qanday harakat yoki dasturlarga hamda tomonlarning majburiyatlari mavjud 
bo’lgan, bajarilayotgan vazifalarga zarar yetkazmasligi kerak. 
6.5. Taraflarning kelishuviga ko’ra, ushbu shartnomaga yozma ravishda 
o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilishi mumkin, qo’shimcha va o’zgartirishlar 


shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadigan alohida kelishuv shaklida 
rasmiylashtiriladi. 

Yüklə 33,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə