Ilon muchal yilidl tug’ilganlar



Yüklə 47,87 Kb.
tarix05.09.2018
ölçüsü47,87 Kb.


ILON MUChAL YILIDL TUG’ILGANLAR

  1. 1917, 1929, 1941, 1953, 1965, 1977, 1989, 2001, 2013 yillarda tavallud topganlar


Ilon Sharq muchali solnomasida donolik, donishmandlik timsolidir. Ayrim sharq xalqlari esa ilonga sig’inadilar ham. Ko’hna Yaqin Sharq udumlarida, xususan, Ishtar-Astart (qadimgi suriyaliklar, finikiyaliklarning dostonlaridagi hosildor er saxovati va sevgi ma’budi hisoblangan) ma’budi timsolida ilon shakli aks ettirilgan. Aynan ana shu timsol qadimgi yunonlarning Afrodita (qadimgi yunon mifologiyasidagi sevgi va go’zallik ma’budi) timsolidagi ma’budining shakllanishiga ta’sir qo’rsatgan.

Qadimgi Xitoyda Ilon - juda ayyor, o’ta xavfli sanalgan bo’lsa ham, unga nisbatan hurmat bilan qaralgan. Qadimgi Sharq xalqlarida ham ilonlarga juda


66



ehtiyotkorlik bilan munosabat bildirilgan va ularning fe’l-atvorini oldindan payqash qiyin bo’lgan*

Ilon muchal yilida tavallud topganlar kamgap, kamsuqum va tug’ma qobiliyatga, donishmandlikka, falsafiy dunyoqarashga ega bo’ladilar. Ularda kelgusida sodir bo’ladigan voqea-hodisalarni oldindan payqash qobiliyati ham yaxshi rivojlangan. Mazkur muchal yilida tavallud topganlar orasida ko’plab ekstrasenslar uchrashi ham bejiz emas. Agar ushbu muchal ostida tug’ilganlar yaxshi ma’lumot olsalar, kelajakda ulardan etuk shaxslar, avliyosifat kishilar etishib chiqadi. Bunday shaxslar xalq orasida katta obro’-e’tiborga, hurmatga ega bo’ladi. Ular voqelikda sodir bo’lgan va bo’layotgan hodisalar to’g’risidagi ma’lumotlar, faktlardan, atrofdagilarning fikri va maslahatlaridan ko’ra ko’proq o’zlarining taassurotlari, sezgi va qarashlariga tayanib ish ko’radilar.

Oilada ham, ish joyida ham ularning moliyaviy holati doimo havas qilgudek darajada bo’ladi. Ko’pincha ular dimog’dor va o’zini ko’zlovchi bo’ladilar. Ko’proq birovning ko’magisiz o’zlariga ishonib ish ko’radilar. Ilon muchalidagilar og’ir-vazmin bo’lib, o’zlarining hayotiy faoliyatlarini juda tinch va birovlar sazmaydigan darajada olib borishga harakat qiladilar.

Hayotning ko’plab yumushlari, muammolarini hal etishda qat’iy va maqsad sari intiluvchandirlar. Doimo oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarini oxiri- gacha bajarishga intiladilar va albatta, unga erishadilar. Muvaffaqiyatsizlikka uchraganlarida esa juda ham qayg’uradilar va o’z xatosini anglashga harakat qilib, yana va yana maqsad sari intiladilar. Hayotning qo’plab muammolari bo’yicha tezkor qaror qabul qila olmaydilar, balki mulohaza yuritib, og’ir-vazminlik


67





bilan ish ko’rib, tezda harakat qilish qobiliyatiga ega. Tabiatdao’z o’ljasiga tashlangan ilonni qo’rganmisiz? Ular ana shunday tezkor «hamla» bilan o’z o’ljalariga ega bo’ladilar. Atrofdagilar buni hatto sezmay ham qolishadi. O’z maqsadlariga etishlarida erni ostin-ustun qilib yuborsalar ham bari:bir ko’zlagan maqsadiga etadilar.

Tashqi ko’rinishidan sipo, xotirjam bo’lsalar-da, ichdan jo’shqindirlar. Juda xushbichim bo’lganliklari ko’p hollarda oilaviy mojarolarga sababchi bo’ladi. Ilondek tovlangan ayolga kim ham suqlanib qaramaydi, deysiz. Bundan esa uning turmush o’rtog’i albatta g’azablanadi va o’z juftini boshqalardan juda ham qizg’anadi va rashk qiladi. O’zlari ham rashkchidirlar. Bunday holatlar ilon muchalida tug’ilgan ayollarning oilaviy turmushida tez-tez sodir bo’lib turadi.

Moddiy-iqtisodiy, moliyaviy jihatdan qiyinchiliklarga deyarli uchramaydilar. Pul, boylikning o’zi ularning ortidan «quvadi». Mazkur muchal egala- ri pulning «hidini» juda yaxshi sezadilar va ularga ega bo’lish yo’llarini yaxshi biladilar. Ularning bu boradagi yagona «illati» - qarigan sari juda ham qurumsoq, xasis, ziqna bo’lib qoladilar.

Qadimdan xalqimiz o’rtasida: «O’ngingda ko’rsang yanch, tushingda ko’rsang - ganch», degan naql ayni ilonlar haqida aytilgan. Xalq o’rtasida yana shunday qarash borki, qaerda ilonlar uyasi bo’lsa, o’sha joyda oltin, xazina, boylik bo’ladi.

Ilon muchalidagi erkaklar: mazkur muchal yilida tug’ilgan erkaklar juda ham hissiyotli, yoqimli bo’lib, o’zlariga umr yo’ldosh tanlashda uzoq vaqt sarf qiladilar. Qizg’in va jo’shqin shaxsiy hayot kechirishib, bir kun kelib oila qurganlarida halovat topadilar. O’z tabiatlariga ko’ra, rashkchi ekanligi


68



sababli ularning umr yo’ldoshlariga oson bo’lmaydi. Hazil-mutoyibaga ham moyilliklari bor.

Ilon muchalydagi erkaklarda boshqalarni o’zlariga maftun qilib, sehrlab olish hususiyati mavjud. O’z «o’ljasini» juda tez yo’ldan ura oladilar. Mazkur muchal sohiblari tashqaridan qo’llab-quvvatlanishga o’rgangani sababli keyinchalik, ya’ni uni qo’llovchilar topilmay qolganda qiyinchiliklarga uchraydilar. Shuning uchun ular o’zlariga munosib umr yo’ldoshi tanlamoqlari joiz. U tanlagan ayol yoki qiz nafaqat muchal va burjlari bilan, balki ma’lumoti, moddiy ta’minlanganligi bilan ham mos kelmog’i lozim. Mazqur maslahatimizni mensimay, e’tiborga olmasalar, hayotda qo’p iztirob va zarbalarga duchor bo’ladilar.

Ilon muchalidagi ayol(^iz)lar: mazkur muchal sohibalari, g’ayriodatiy xususiyatlarga ega bo’lib, nozik ta’b, takrorlanmas tashqi qiyofaga ega bo’ladilar. Har doim do’stlari va hamfikrlari qurshovida bo’ladilar. Ilon muchalidagi ayol(qiz) lar har qanday erkakni o’zlariga rom qila oldilar. Ularning qiziqish doirasi keng bo’lib, do’stlari va yaqinlariga aqlli maslahatlar bera oladilar. Tabiatan og’ir-vazmin, xotirjam bo’lib, shaxsiga bog’liq ishlarni o’zgalardan sir tutadilar.

Shunisi e’tiborliki, Ilon muchalidagi ayol(qiz) lar, umr yo’ldoshini o’zlari tanlasalar-da, qo’p holda, bu tanlov omadsiz bo’ladi. Bunday holda oilaga bog’lanib qolgan Ilon ayollar tashqaridan o’zlariga yupanch qidira boshlaydilar. Oilada, albatta, etak- chilik qilib, o’zlarini himoya qilish insktinkti hamda biror bahona bilan juftiga nisbatan «vi- shillab», zahrini ham sochib turadilar. O’zlari o’rnatgan tartib-qoidaga xilof ish qilinsa, toqat qila olmaydilar.


69





Sharq muchal yillari ta’biriga ko’ra, Ilon muchali ham har 60 yilda o’zinnng besh unsur bo’yicha xususiyatlariga ega bo’ladi. Bular quyi- dagilardan iborat.

  1. Metall unsuridagi Ilon muchal yillari: 1941, 2001, 2061 yillar. Mazkur muchal yilida tug’ilganlar mustaqil, irodali, sabr-bardoshli, o’ta ehtiyotkor, kishi bilmas va payqamas bo’ladilar. O’zlari yolg’iz ish yuritishni, faoliyat ko’rsatishni yoqtiradilar. Ancha-muncha odamlarni o’zlariga yaqin yo’latmaydilar. Ular har qanday vaziyatlarda ham o’zlarini yaxshi boshqaradilar, ma’lum maqsadga yo’naltira oladilar. Tezda qaror qabul qila oladilar va o’zlari uchun manfaatli bo’lgan yo’lni tanlay biladilar. Metall Ilonlarning moliyaviy masalalardagi qobiliyatlari ham diqqatga sazovordir. Chunki ular o’zlaridagi mavjud moliyaviy mablag’larini katta foyda keltiradigan sohalarga sarflaydilar va yaxshi natijalarga erishadilar. Shuning uchun ham ular o’zlariga to’q, iqtisodiy ta’minlangan kishilardir va dabdabani, hayotdan huzurlanishni yoqtiradilar. Hashamatli, dang’illama uylarda umrguzaronlik qiladilar. Noyob san’at asarlarini, osori atiqalarni, musiqani va tansiq taomlarni xush ko’radilar.

Metall unsuridagi Ilon muchal yilida tugilganlar tor doiradagi sodih do’stlariga ega bo’ladilar va o’z sevganlariga, yoqtirganlariga nisbatan o’ta hotamtoy, muruvvatli, himmatli bo’ladilar.

  1. Suv unsuridagi Ilon muchal yillari: 1953, 2013, 2073 yillar. Mazqur muchal yilidagilarning qiziqish doirasi juda kengdir. Ular butun umrlari davomida berilib o’qiydilar, ilmiy tadqiqot ishlari bilan shurullanadilar va o’zlari tanlagan sohaning


70





etuk mutaxassislari bo’lib etishadilar. Ular juda aqlli bo’lib, yaxshi xotira sohibidir va moliyaviy, biznes ishlarini yaxshi tushunadilar. Salmoqli va sekin so’zlaydilar, o’z maqsadlariga erishishda quchli xarakterlarini namoyon eta oladilar.

Suv unsuridagi Ilon muchal yilida tugilganlar oilasiga va do’stlariga nisbatan o’ta sodihdirlar. Ushbumuchal yilida tugilgan umr yo’ldoshingiz yoki do’stingiz bo’lsa, uni qadrlay biling!

  1. Yog’och unsuridagi Ilon muchal yillari: 1905, 1965, 2025 yillar.

Mazqur muchal yilidagilarning xarakteri yaxshi bo’lib, ular har bir insonning zaif jihatlarini yaxshi biladilar. Ular o’tkir aql sohiblari bo’lib, kirishimli, ziyoli, izzattalab, mulozamatni yaxshi ko’radigan kishilardir. O’zgalarning ko’magisiz, aralashuvisiz, maslahatlarisiz ish qo’rishni, xotirjam va barqaror hayot kechirishni yoqtiradilar. Ularning qiziqish doi- rasi keng bo’lib, ko’proq san’at sohalariga moyilligi bo’ladi. Eski, noyob buyumlarni to’plashni yoqtiradilar.

Yogoch unsuridagi Ilon muchal yilida tugilganlarning o’z yahinlariga turli hayotiy masalalarda beradigan maslahatlari o’rinli va himmatli ahamiyatga ega bo’ladi va hadrlanadi.

  1. Olov unsuridagi Ilon muchal yillari: 1917, 1977, 2037 yillar. Olov unsurida Ilon muchal yilida tug’ilganlar boshqa Ilonlarga nisbatan yashovchanligi yuqori, faol-harakatchan, izzattalab shuhratparast, mag’rur, o’zlariga ishongan va har qanday vaziyatda o’z fikrini hech ikkilanmay bildira oladigan bo’ladilar. O’zlari yoqtirmaydigan kishilarga nisbatan esa qo’polroq bo’ladilar. Ular mehnat jamoalarida yorqin etakchi, rahbar kishilardir. Olov zshsurida Ilon muchal yilida tzgg’ilgan


71





rahbar xodimlarning ishonchli va asosli fikrlari boshqalar, ko’l ostidagilar tomonidan hurmat va e’tibor bilan olqishlanadi.

Olov unsuridagi Ilon muchal yilida tug’ilgan- larning hazil-mutoyibaga ham moyilliklari kuchli. Ularning do’stlari ko’p bo’ladi va jamoat ishlari bilan faol shug’ullanadilar. Shuningdek, ular sayohatlarni ham jondili bilan yaxshi qo’radilar.

Olov unsuridagi Ilon muchal yilida tueilganlar ko’p narsalardan norozi, noshukur bo’lmasdan harakat hilmohligini maslahat beramiz.

  1. Tuproq unsuridagi Ilon muchal yillari: 1929, 1989, 2049 yillar.

Mazkur muchal yilida tavallud topganlar juda do’stlashuvchan, elpatak va yoqimtoy bo’ladilar. Ish jarayoniga nisbatan juda mas’uliyatli bo’ladilar. Har qanday vaziyatlarda va har qanday ishda ularga to’la ishonish mumkin. Ular yashin tezligida qaror qabul qilishni yoqtirmaydilar, ba’zan esa e’tiborsizlik qiladilar. Shunday bo’lsa-da, mazkur unsurdagi Ilonlar orasida yaxshi moliyachilar, biznesmenlar ko’p uchraydi. Ularning do’stlari qo’p bo’lib, o’z oilasi va yaqinlariga nisbatan sadoqatli va olihimmatlidirlar.

Tuproh unsuridagi Ilon muchal yilida tugilganlar ko’proh e’tiborli va hushyor bo’liillari tavsiya hilinadi.

Ilon muchalidagilar kimlar bilan turmush
qurishlari mumkin yoki bunga tavakkal
qilmasliklari lozim


ILON MUChALI - SIChQON MUChALI. Sichqon muchalidagilar bilan oilaviy baxtini sinab ko’rishlari mumkin. Ilon muchalidagi juftini


72





sevib qolganligi uchun Sichqon muchalidagilar ularning barcha injiqliklariga chidashi mumkin. Sevgi shunchalar qudratlidir. Ammo Ilonlarning zug’um o’tkazishlarini Sichqon muchalidagilar ko’tara olmaydilar va unga «emish» bo’lishni ham istamaydilar. Oila qurishlari tavsiya etiladi.

ILON MUChALI - SIGIR MUChALI. Sigir muchali- dagilar bilan oila-nikoh rishtalarini bog’lasalar baxtli hayot kechiradilar. Temir qafasda yashaganday tuyulsa ham o’zlarini xavfsiz, har jihatdan ta’minlangan, deb biladilar. Ilon muchalidagilar oila boshliqligi lavozimini bajonidil o’z juftiga topshiradilar. Oila qurishlari tavsiya etiladi.

ILON MUChALI - YO’LBARS MUChALI. Yo’lbars muchalidagilar bilan o’zaro muvofiq kelmaydilar. Yo’lbarslar ilonlarning hayotiy tamoyillarini va turmush tarzini barbod qiladilar. Ularning bir-birlariga muvofiq tushadigan jihatlari yo’q, o’zaro uyg’un emaslar. Yo’lbars va Ilon muchalidagilarningo’zaro bir-birlarini sevib qolishlari juda ajablanarlidir.

ILON MUChALI - QUYoN MUChALI. Quyonlar ham ilon muchalidagilar uchun munosib juft bo’la oladilar. Ikkisi ham qulay shart-sharoitni, shinamlikni sevadilar va qadrlaydilar. Quyon muchalidagilar do’stlari va ulfatlari bilan tez-tez birga bo’lib, Ilon muchalidagi juftlarini o’z holiga qo’yadilar.

ILON MUChALI - AJDARHO (BALIQ) MUChALI. Mazkur juftlikning oilaviy hayoti oson kechmaydi. Ikkisi ham o’z holicha yashashlari uchun bir-birlariga xalaqit beradilar. Oila qurishlari tavsiya etilmaydi.

ILON MUChALI - ILON MUChALI. Ikki ilon bitta oilaviy «qafasda» yashay olmaydilar. Har ikkisining ham o’zgalarga ko’rsatadigan noz-karashmalari, ishvalari, bir-birlariga pand berishlari,


73



oxir-oqibat, oilaviy rishtalarning uzilishiga olib keladi. Oila qurishlarshtavsiya etilmaydi.

IDON MUChALI - OT MUChALI. Ot muchalidagilar bilan qurilgan oiladan ham yaxshilik kutib bo’lmaydi. Ot muchalidagilarning vafodorliklariga nisbatan Ilon muchalidagilar qo’p bora pand berishlari mumkin. Bundan ogoh bo’lgan Otlar boshlari oqqan tomonga ketishlari kutiladi. Oila qurishlari tavsiya etilmaydi.

ILON MUChALI - QO’Y MUChALI. Ilon muchalidagilar o’ziga to’q va badavlat bo’lsa, Qo’ylar ularning atrofida parvona bo’ladilar. Pul va boylik oldida ko’ylar o’zlarining injiqliklarini ham esdan chiqaradilar va to’kis hayot kechirishlari uchun oilaviy rishtalarini mahkam bog’laydilar.

ILON MUChALI - MLYMUN MUChALI. Juda xavfli va qaltis juftlik. O’zaro muvofiq tushmaydilar va bir-birlariga ziyon etkazadilar. Ularning o’zaro bir-birlariga xzgrujlari ikkisini ham abgor qilishi mumkin. Bironbir maqsad yo’lidagina o’zaro til topishishlari mumkin.

ILON MUChALI - TOVUQ MUChALI. Tovuq muchalidagilar bilan qurilgan oila muvaffaqiyatli sanaladi. Ikkisi ham doimo bir-birlari bilan kurashadilar. Bu qurash yaratuvchilikka qaratilganligi sababli ijobiy ahamiyat kasb etadi. O’zaro bir-birlaridagi kamchilik va nuqsonlarni yo’qotishga ko’maklashadilar. Oila qurishlari tavsiya etiladi.

ILON MUChALI - IT MUChALI. It muchalidagilar bilan o’rtamiyona hayot kechiradilar. Itlar vafodorliklari va juda ham bog’lanib qolganliklari sababli Ilon muchalidagilar boshqacha hayotni sezmay o’tadilar.

ILON MUChALI - TO’NG’IZ MUChALI. To’ng’iz muchalidagilar bilan ham til topishishlari mumkin.


74





Shunisi e’tiborga molikki, To’ng’izlar ilonning «domiga» tushib, sehrlanib qoladilar va uning irodasiga bo’ysunadilar. Aql va zehn bobida Ilonlarga eta olmaydilar.

Ilon muchal yilida tug’ilgan mashhur va taniq- li shaxslar: Abu Nasr Forobiy, Bibixonim (Saroy- mulkxonim), Laplas, I. V. Gyote, Avraam Linkoln, D.I. Mendeleev, K.E. Tsiolkovskiy, Muhammadrizo Ogahiy, Mustafokamol Otaturk, Yusufjon qiziq Shakarjonov, Moxandas Gandi, Indira Gandi, Jon Kennedi, Komiljon Otaniyozov, Tamaraxonim, O’tkir Hoshimov, Benazir Bxutto va boshqalar.




Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə