India international scientific online conference the theory of recent scientific research in the field of pedagogy


INDIA INTERNATIONAL SCIENTIFIC ONLINE CONFERENCE



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix24.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#123643
1   2   3   4
Xudayberganova Sanobar Ismoilovna

INDIA INTERNATIONAL SCIENTIFIC ONLINE CONFERENCE 
THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY 
180 
chiqarishga undaydi. Ta`limiy o`yinlar har bir o`quvchiga o`zini namoyish etish, o`z fikr – 
mulohazalarini himoya qilish, topshiriqni shavqu — zavq bilan bajarish imkoniyatini 
beradi. Har bir shaxsda tarbiyalanishi zarur bo`lgan ijobiy sifatlar: tezkorlik, sezgirlik
topqirlik, hushyorlik, qat`iyatlik, bilimdonlik, mustaqillik, tadbirkorlik, ijodkorlik kabilar 
ko`pincha ta`limiy o`yinlar orqali tarkib toptiriladi. 
Dars mashg`ulotlarida faqat bir xildagi o`yin — topshiriqlar bilan cheklanib qolmay, 
balki ko`proq ijodiylikka undovchi o`yin – topshiriqlarga e`tiborni kuchaytirishga to`g`ri 
keladi. Zero, o`quvchilarni fikrlashga, o`ylashga, matn yaratishga o`rgatmasak, hozirgi 
zamon darsiga qo`yilgan muhim talab shaxsning rivojlanishiga erishib bo`lmaydi. 
XULOSA 
Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o'quv 
jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo'lishining 
sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o‗quvchilar faqat tayyor bilimlarni 
egallashga o‗rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni 
egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish
hatto yakuniy xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi. O‗qituvchi bu 
jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va 
shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Dars 
mashg'ulotlarida o‘yin-topshiriqlarni takrorlash yoki mustahkamlash darslarida 
foydalanilsa ijobiy natija beradi. O'yin-topshiriqning qaysi bir turini tanlash darsning 
turiga, sinf o‘quvchilarining o‘yin-topshiriqlarni bajarishga o‘rgatilganlik darajasi, ularning 
bilim saviyasi, mustaqil ijodiy ishlash imkoniyatlari, o‗rganilganlarni xotirada tez tiklay 
olishi, ijodkorlikning qay darajada shakllanganiga ham bog‘liq bo‘lishi kerak. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə