Individual loyiha


Masofali o`qitish uslubining afzalliklari quyidagilar



Yüklə 219,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix14.06.2023
ölçüsü219,94 Kb.
#117044
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Individual loyiha

Masofali o`qitish uslubining afzalliklari quyidagilar:
- o`qitishning ijodiy muhiti. Ana`naviy uslublar asosida ta`lim berishda, o`quvchi faqat
berilgan materialni o`qiydi. Masofadan turib o`qitish uslubi asosida esa, o`quvchilarning o`zlari
axborotlar omboridan kerak bo`lgan ma`lumotlarni qidirib topish va o`zlarining tajribalarini boshqa
o`quvchilar bilan elektron tarmoqlari asosida almashish imkoniyatlariga ega bo`ladilar; 
- ish joyidagi katta o`zgarishlarni mavjudligi. Masofali ta`lim uslubi asosida ta`lim berish
turi millionlab o`quvchilarga, ayniqsa, ishlab chiqarishdan ajralmasdan ta`lim olayotgan
o`quvchilarga juda keng sharoit yaratib beradi. 
- o`qitish hamda ta`lim olishning yangi va unumli vositasi ekanligi. Statistik ma`lumotlar
shuni ko`rsatmoqdaki, masofali ta`lim uslubi asosidagi ta`lim stasionar o`qitish kabi unumlidir. 
Bunday uslubda ta`lim olayotgan o`quvchilarning ustunligi ularning eng yaxshi va sifatli
didaktik materiallar hamda salohiyatli ma`ruzachilar bilan ta`minlanishidadir. Ushbu uslubda
o`quvchilar INTERNET tarmog`i orqali "jahon bo`yicha sayohat" qilishlari mumkin.
Masofali o`qitishni tashkil etish asosiy tamoyillarlari: 
- ixtiyoriy yoshdagi o`quvchilarning guruhi ta`lim olish imkoniyatiga ega ekanligi, ya`ni
vaqt va fazoda egiluvchanligi: 
- yuqori sifatli o`quv materiallarni tanlash mumkinligi
- o`qitish jarayonini yuqori darajadagi oshkoralik va samaradorlikda o`tkazish
mumkinligidan iborat. 
Masofali o`qitish pedagogik jihatdan: 
- o`ziga xos yo`nalishi sifatida qaralishi; 
- o`qitish va o`qishni individual va differensial qndoshuvni mavjudligi; 
- o`quvchining psixologik xususiyatlarini hisobga olish mumkinligi; 
- o`quvchilarning o`qishga motivasiyasini kuchaytirish, olgan bilimlarini takomillashtirish
va rivojlantirish; 
- fanlararo uzviylik ta`minlanishi; 
- muammoli o`qitish usullaridan foydalanilishi; 


- zamonaviy o`qitish usullari bilan boyitilishi
- guruhli va yakkama-yakka usullardan izchillik bilan foydalanish mumkinlik
xususiyatlariga ega. 
Masofali o`qitish, o`qituvchi va o`quvchilarning fuqorolik huquqlarini tenglashtirish,
tanlash, shuningdek, o`z fikri va nuqtai nazarlarini erkin bayon etish huquqlarini beradi. 
Ta`lim tizimining bugungi vazifasi tinglovchilarni to`lib toshgan axborot - ta`lim muxiti
sharoitida bemalol faoliyat ko`rsata olishga o`rgatishdan iboratdir. Buning uchun ularga uzluksiz
ravishda mustaqil ishlash sharoitini yaratib berish zarur. 
Pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashda qo`llaniladigan
masofali o`qitishning asosiy maqsadi: tinglovchilar qaerda yashashlaridan qat`iy nazar jahondagi
ihtiyoriy ta`lim muassasasida o`qish imkoniyatini yaratish, ta`lim muassasalaridagi professor -
o`qituvchilarning saloxiyatlardan foydalangan holda ta`lim sifatini oshirish, tinglovchilarga
uzluksiz ta`lim olishni ta`minlash va ta`limning turli shakllarini bir-biriga yaqinlashtirishdan iborat. 
Masofali ta`lim tizimining an`anaviy ta`lim shaklidan farqi, uning egiluvchanligiga bog`liq
ravishda yuqori xarakatchanligi, tinglovchilarning mustaqil ishlash imkoniyatini kattaligi, o`quv -
metodik ta`minotning rang-barang shakldaligida bo`lib, ular tinglovchilarning qaerdaligidan qat`iy
nazar ta`lim jarayonini samaradorligini ko`tarishga imkon beradi. 
Pedagog va ilmiy xodimlarni masofali o`qitish uslubi bilan malakasini oshirish va qayta
tayyorlash uchun: 
- ashyolarni turli taqsimotida mintaqaviy va xududiy markazlarning tarmoqlarini o`tkazish
imkoniyati; xujjat almashinish muddatlari; masofali ta`lim tizimida tinglovchilarni o`qitish uchun
sarflanadigan mablag`; ta`limning aloxida shakllari; turli kurslar va masofali o`qitish xususiyatlarini
tahlil qilish; 
- tinglovchilarning joriy, oraliq va yakuniy attestasiyasi uchun zarur bo`lgan bilimlari sifatini
nazorat qilish uslublarini ishlab chiqarish; 
- o`qituvchi va tinglovchilar uchun fanlar bo`yicha o`quv-uslubiy qo`llanma va materiallar
ishlab chiqish; 
- zamonaviy o`qitish vositalari: elektron darslik, audio- va vidio kurslar, kompyuterli
o`qitish dasturlarini yaratish va telekommunikasiya vositalarini foydalanishning metodologik
asoslarini aniqlash; 
- malaka oshirishda ishtirok etadigan o`qituvchi va tyutor - maslahatchilarni tayyorlash; 
- o`quv jarayonida interfaol uslublari va yangi pedagogik texnologiyalarini o`z joyida
fodalanishni taxlil qilish va aniqlash


- malaka oshirish va qayta tayyorlash o`quv rejalariga kiritiladigan o`quv kurslarni asoslash
va me`erga keltirish; 
- ta`lim yo`nalishi va fanlari bo`yicha masofali o`qitishni amalga oshiruvchi xodimlarni
aniqlash kabi muammolarni hal qilish kerak. 
Pedagog va ilmiy xodimlarni masofali o`qitish tizimi orqali malakasini oshirish va ularni
qayta tayyorlash uchun: o`quv - uslubiy adabiyot; egallagan bilimlarini nazorat qilish tizimi va
tashkiliy shakllar kabi iborat uchta elementlar orasida qat`iy bog`lanish bo`lishi zarur. 
Masofali o`qitishda yuqori faollikni elektron darslik va qo`llanmalar o`ynashi kerak. Ular
tinglovchilar uchun ta`lim berish tizimlarini vazifasini bajarishlari kerak. Har bir fanga
mo`ljallangan kurslar uchta (eng kamida): ta`limiy, mashqli va nazorat qilish asosiy qismlarga ega
bo`lishlari kerak. 
Masofali ta`limda ishtirok etayotgan o`qituvchidan ma`lum bilim va ko`nikmalarni
egalaganliklarni talab etadi. Ushbu bilim va ko`nikmalarni qo`yidagi to`rt qismga bo`lish mumkin: 

Yüklə 219,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə