Individual loyiha


Masofali o`qitishning tashkiliy-uslubiy modellari



Yüklə 219,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix14.06.2023
ölçüsü219,94 Kb.
#117044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Individual loyiha

Masofali o`qitishning tashkiliy-uslubiy modellari
1. 
Eksternat turida o`qitish
. Ushbu o`qitish uslubi umumiy ta`lim maktab o`quvchilari va
oliygox talabalariga yo`naltirilgan bo`lib, qandaydir sabablarga ko`ra stasionar o`quv yurtiga
borolmagan o`quvchi va talaba uchun mo`ljallangan. Masalan, 1836 yili London universitetida
qandaydir sabablarga ko`ra ana`naviy o`quv yurtiga bora olmagan o`quvchi va talabaga yordam
sifatida u yoki bu darajadagi hujjat(attestat, diplom)ga ega bo`lish uchun imtixon olishga tashkil
etilgan. Ushbu vazifa xozirgi kungacha talabalarni stasionar o`qishi bilan birga saqlanib kelmoqda. 
2.
Bir universitet negizida o`qitish
. Bu stasionar o`qimaydigan (on-campus), ya`ni
masofadan turib, sirtdan yoki masofali va kompyuterli telekommunikasiyani o`z ichiga olgan yangi
axborot texnologiyalari asosida (off-campus) o`qiqtgan talabalar uchun butun bir ta`lim tazimidir.
Dunyodagi ko`pgina nufuzli oliygoxlardagi ta`limning turli attestatlarini olish uchun mo`ljallangan
dasturlar turli tumandir. Masalan, Avstraliya Janubiy Uelsning yangi universitetida 3000 talaba
stasionar holda o`qisa, 5000 ta talabaga sirtqi va masofali ta`lim tizimi orqali o`qitiladi. 


3
. Bir necha o`quv yurtining hamkorligi. Sirqi va masofali o`qitish dasturini amalga
oshirishda qilinadigan hamkorlik ularni, sifatliroq va kam xarajatli bo`lishini ta`minlaydi. 
Bunday tajriba, masalan Keprikon universitetlari aro tele o`qitish dasturida amalda
qo`llangan bo`lib, unda Boliviya, Braziliya, Chili va Paragvay universitetlari ishtirok etadi. Ana
shunday hamkorlik misoli bo`lib, "Ta`limda hamkorlik" dasturi xizmat qilishi mumkin. Britaniya
hamdo`st mamlakatlarining yurtboshilari 1987 yili barcha hamkor davlatlar uchun masofali o`qitish
tarmog`ini tashkil etishni kelishib olishga yig`ilishgan. Dasturning istiqboldagi maqsadi - hamdo`st
mamlakatlarda mavjud kollej va universitetlar negizida ixtiyoriy ta`lim olish imkoniyatini yaratib
berishdan iboratdir. 
4.
Maxsus masofali o`qitish maqsadida tashkil etilgan avtonom ta`lim massasasalari. Ana
shunday muassasalardan eng yirigi Londondagi ochiq universiteti (Thy Open University)
hisoblanadi. Hozirgi kunda unda nafaqat Buyuk Britaniya balki ko`pgina hamdo`st davlatlarining
talabalari masofadan turib o`qimoqda. 
AQShda bunday universitet sifatida Milliy texnologik universitet (Kolorado shtati)i misol
bo`lishi mumkin. Bu universitet 40 ta muxandislik kollejlari bilan birgalikda turli mutaxassisliklar
bo`yicha xodimlarni tayyorlamoqda.1991 yili universitet shtat raxbariyati va biznes sohasi bilan
yaqin hamkorlikda 40 ta kollejni masofali o`qitish tarmog`i bilan birlashtirdi. 
5.
Avtonom o`qitish tizimlari. Bunday tizimlar doirasida o`qitish to`la TV va radiodastur,
shuningdek, qo`shimcha nashr etilgan qo`llanmalar asosida o`qitmoqda. Masofadan turib
o`qitishning bunday misoli sifatida Amerika - samoan televizion loyixasini keltirish mumkin. 
6.
Multimedia dasturi asosida norasmiy integrallashgan (birlashtirilgan) masofali o`qitish. 
Bunday dasturlar qandaydir sabablarga ko`ra maktabni tamomlay olmagan yoshi katta
tinglovchilar auditoriyasiga mo`ljallangan. 
Bunday loyhalar ushbu dasturga birlashtirilgan rasmiy ta`lim dasturining qismi (masalan,
bunday dasturlar Kolumbiyada mavjud) yoki aniq ta`lim maqsadiga maxsus mo`ljallangan
(masalan, Britaniyaning savodxonlik dasturi) yoki maxsus salomatlik profilaktikasi dasturiga
yo`naltirilgan (masalan, rivojlanayotgan davlatlar uchun) bo`lishi mumkin. 
Ta`lim tizimida qo`llaniladigan masofali o`kitish usulining rang barang shakl va modellari
mavjud. Ushbu usulning rang-barangligi masofali o`kitish tizimining shakllanishidagi turli shart-
sharoitlari bilan bog`liq. U shartlarga: 

geografik sharoitlar (masalan, davlatlar territoriyasining ko`lami, markazdan uzoqda yoki
ajralgan xududlarning mavjudligi, iqlimi va boshqalar); 

davlatning kompyuterlashtirilganlik va axborotlashtirilganligining umumiy darajasi; 

davlatda transport va kommunikasiya vositalarining rivojlanganlik darajasi

ta`lim sohasida mavjud an`analar; 



masofali o`qitish tizimi uchun ilmiy-pedagogik xodimlarni mavjudligi va shu kabilar
kiradi. 
YUNESKO institutining 2000 yildagi tahliliy tadqikot materiallarida ("Distance Education
for the Information Society: Policies, Pedagogy and Professional Development") keltirilgan
masofali o`kitish modellarini keltiramiz: 

Yüklə 219,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə