Individual loyiha



Yüklə 219,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix14.06.2023
ölçüsü219,94 Kb.
#117044
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Individual loyiha

Konsorsium model.
Ushbu model ikki universitetni birlashmasidan iborat. Bunda ular
o`quv materiallari bilan almashadilar yoki ba`zi vazifalarni bo`lishib oladilar. Masalan, bir
universitet masofali o`qitish uchun o`quv materiallar ishlab chiqaradi, boshqasi virtual o`quv
guruhlarini o`qituvchilar bilan ta`minlaydi yoki masofali o`qitish dasturlarini rasmiy
akreditasiyasini o`tkazadi. Bunday hollarda universitet butunlay yoki uning alohida markazalari,
fakultetlari, xatto ta`lim xizmati bozorida ishlayotgan tijorat yoki davlat tashkilotlari hamkor
bo`lishlari mumkin. Konsorsiumlar faqat qattiy markazlashgan boshqarish va yaratilayotgan
ashyolarning mualliflik hamda material xuquqlarini rioya etish shartlaridagina samarali bo`ladi.
Kanadadagi Ochiq o`quv Agentligi (Open Learning Agency, Canada - http://www.ola.bc.ca)
konsorsiumga misol bo`lishi mumkin. 
Franchayzing model.
Franchayzing tamoyilida tashkil etilgan masofali o`qitish modelida
hamkor universitetlar bir - birlariga o`zlarining masofali kurslarini beradilar. Bunda ta`lim xizmati
bozorida o`zini ko`rsatgan qandaydir universitet o`zida ishlab chiqqan kurslarini masofali o`qitishni
endigina tashkil qilayotgan va masofali o`qitish uchun o`quv ashyolarini mustaqil ishlab chiqish
tajribasiga ega bo`lmagan boshqa oliygox - hamkorlariga o`qitish huquqini berishi mumkin.
Bunday modelning qiziq tomoni shundaki, talabalar o`zlarining universitetida o`qishga
yozilib, konsorsiumga kirgan ilg`or oliygox talabasi kabi o`sha hajmda va o`sha sifatda ta`lim
xizmatlalariga, o`qishni bitirganlaridan keyin xatto diplomlariga ega bo`ladilar. Bunda ilg`or
universitetning barcha atributikalari o`z kuchini saqlab qoladi. Franchayzing modeliga misol
sifatida Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti qoshidagi Biznes Maktabi (Open University
Business School, Great Britain) va uning Sharqiy Yevropadagi universitetlari bilan aloqasini olish
mumkin. 

Yüklə 219,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə