Inflyatsiya va uning turlari



Yüklə 424,05 Kb.
səhifə18/20
tarix17.09.2023
ölçüsü424,05 Kb.
#122160
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Inflyatsiya va uning turlari

Naqd pulsiz hisob – kitob shakllari
O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob – kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob – kitoblar to‘g‘risida» gi 60 – sonli Nizomga asosan tashkil etiladi.O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob – kitoblar shakllarini joriy etish, umumiy talab va qoidalarini belgilash hamda nazorat qilish Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi.O‘zbekiston tijorat banklari, tegishli qonuniy va me’yoriy hujjatlar asosida mulkchilik shaklidan qa’tiy nazar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga quyidagi naqd pulsiz hisob – kitoblar shakllarini amaliyotga joriy etadi:
to‘lov topshiriqnomalari;
to‘lov talabnomalari;
akkreditiv;
inkasso topshiriqnomasi;
hisob cheklari bilan hisob – kitoblar.
O‘zbekistonda bozor munosabatlarining tobora chuqurlashib borishi tijorat banklari xizmatlarining turlarini oshib borishiga turtki bo‘lmoqda. Mana shunday xizmatlardan biri naqd pulsiz hisob – kitoblarni plastik kartochkalar orqali amalga oshirish bo‘lib, hozirgi paytda hisob – kitoblarning ushbu shakli asosan aholi va xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida qo‘llanilmoqda. Ta’kidlash lozimki, plastik kartochkalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirish juda qulay va oson bo‘lib, kelgusida aholi tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.Yuqorida qayd etilgan naqd pulsiz hisob – kitoblarni amalga oshirishda quyidagi pul – hisob – kitob hujjatlaridan foydalanadi:
– to‘lov topshiriqnomasi, ushbu hujjat asosida mijoz sotib olgan tovarlar yoki xizmatlar uchun o‘z hisobvarag‘idan mablag‘ni to‘lash haqidagi topshirig‘ini o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan bankka beradi;
– to‘lov talabnomasi, ushbu hujjat asosida mijoz jo‘natgan mol yoki ko‘rsatgan xizmatlar uchun to‘lovni mol sotib oluvchidan undirib berish haqida o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan bankka taqdim etadi;
– inkasso topshiriqnomasi, ushbu hujjat asosida Markaziy bank tomonidan belgilab qo‘yilgan tashkilotlar to‘lovchining hisobvarag‘idagi mablag‘ni uning roziligini olmasdan tegishli manzilga o‘tkazib berish haqida bankka topshiriq beradi, agar to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘ yetarli yoki mavjud bo‘lmasa inkasso topshiriqnomasi kartoteka 2 da hisobga olib boriladi;
– akkreditivga ariza, mijoz sotib oladigan tovarlar va xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘larni deponentlash haqida o‘z bankiga taqdim etadigan hujjat hisoblanadi;
– hisob – kitob cheki, asosan jismoniy shaxslar va savdo tashkilotlari o‘rtasida qo‘llaniladigan hujjat bo‘lib, uchinchi shaxs, asosan savdo tashkilotlari chekdagi mablag‘ni talab qilib o‘z bankiga taqdim etadi;
memorial order, ushbu hujjat bankning ichki operatsiyalarini bajarishda, shuningdek, shartnomada ko‘rsatilgan hollarda mijozlarning hisobvaraqlaridan mablag‘larni ko‘chirishda bank tomonidan qo‘llaniladi.
XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi, xalqaro va mahalliy valyuta bozorlarining vujudga kelishi, shuningdek, davlatchilik asoslarining mustahkamlanishi davlat tomonidan pul muomalasini tartibga solishning zaruriyatini keltirib chiqardi.Davlat tomonidan pul muomalasini amalga oshirish tartibini belgilashda mamlakat tarixi, siyosiy holati, milliy an’analari hamda uning iqtisodiy salohiyati muhim ahamiyat kasb etadi. Pul tizimi – bu mamlakatda pul muomalasini amalga oshirishning shakli bo‘lib, uning asosini milliy valyuta tashkil etadi va milliy valyuta orqali tartibga solinadi.Kishilik jamiyatining vujudga kelishi, rivojlanishi va takomillashuvi barobarida tovar – pul munosabatlari ham shunga monand holda rivojlanib va takomillashib kelmoqda. Shuningdek, pul tizimi ham mavjud ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlar davomida ikki turdan iborat bo‘ldi. Xususan:
– metall pullar tizimi, bunda tovar pul (qimmatbaho metall) muomala vositasini bajaradi, metall pullar to‘lov vositasini bajarganda ularda pulning barcha funksiyalari namoyon bo‘ladi;
qog‘oz – kredit pullar tizimi, oltin va kumush tanga pullar evolyutsion tarzda qog‘oz – kredit pullari tomonidan muomaladan siqib chiqarildi.
Metall pullar tizimi sharoitida metall qanday shaklda bo‘lishidan qa’tiy nazar, to‘lov vositasi sifatida qabul qilindi. Metall pullar tizimi ikkiga bo‘linib, birinchisi, bimetallizm, ikkinchisi, monometallizm sifatida guruhlanadi.Bimetallizm – bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to‘lov vositasi ikkita metallni (odatda oltin va kumush) chegaralanmagan miqdorda erkin zarb qilishga ruxsat beradi.
O‘z navbatida bimetalizm tizimi uchta shaklda amal qildi:
– birinchidan, parallel valyuta tizimi, ushbu metall pullar o‘rtasidagi munosabat ularning bozor bahosidan kelib chiqqan holda stixiyali ravishda o‘rnatildi;
ikkinchidan, ikkiyoqlamali valyuta tizimi, metall pullar o‘rtasidagi munosabat davlat tomonidan belgilandi va shuning asosida oltin va kumush tangalar zarb qilindi;
uchinchidan, «oqsoq» valyuta tizimi – ushbu tizimda oltin va kumush tangalar qonuniy to‘lov vositasi sifatida xizmat qildi, lekin kumush tangalar yopiq holda, oltin tangalar esa erkin zarb etildi. «Oqsoq» valyuta tizimi deyilishiga sabab kumush tangalar ushbu davrda to‘laqonli valyuta sifatida umum ekvivalent rolini amalga oshirmaydi.Muomalada ikkita metall pulning vazifasini bajargan paytda ular o‘rtasida bahoni aniqlashda muammolar va ziddiyatli holatlar vujudga keldi. Shu bilan birga, pul tizimining bimetllizm shakli beqaror va bir – biriga o‘zaro qarama – qarshi edi. Shuningdek, rivojlangan tovar – pul munosabatlari sharoiti talablariga yetarli darajada javob bermas edi.Pul tizimining bimetallizm shakli hukm surgan davri asosan XVI – XVII asrlarga to‘g‘ri keladi. Yevropa mamlakatlarida 1866 yillarda bimetallizm pul tizimini saqlab qolish maqsadida kumushning qiymatini oltinga nisbati rasmiy belgilab qo‘yildi. Unga ko‘ra, o‘sha paytda kumush va oltin o‘rtasida munosabat 15,5:1 nisbatda o‘rnatildi. XIX asrning o‘rtalarida ushbu tenglik o‘rtasida farq kengayib 22:1 tartibda belgilandi. Buning natijasida oltin va kumush tangalar muomaladan chiqib, boylik jamg‘armasini bajara boshladi.Jamiyatda tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi ijtimoiy – iqtisodiy yagona umumekvivalent vazifasini bitta metall pul bajarish zarurligini ko‘rsatdi. Buning natijasida monometallizm pul tizimi shakllandi.Monometallizm pul tizimi sharoitida – bitta qimmatbaho metall (oltin va kumush, asosan oltin) umum ekvivalent vazifasini bajardi. Shu bilan birga, pul timizining monometallizm davrida muomalaga oltin tangalarga maydalanadigan boshqa pul belgilari (xazina biletlari, banknotlar va mayda monetalar) ham kirib kela boshladi.Xalqaro valyuta – kredit munosabatlarini amalga oshirishda XIX asrda to‘liq va XX asrning boshlarigacha muomalada oltin asosiy rol o‘ynadi. Oltin standartining rivojlangan davri 1880 – 1914 yillarga to‘g‘ri keladi.Monometallizm o‘z navbatida oltin tanga, oltin quyma va oltin deviz standartini o‘z ichiga olar edi.Oltin tanga standarti tovarlarning bahosi oltinda ifodalanadi, mamlakat bozorlarida oltin to‘lov vositasini bajaradi va erkin ravishda zarb etiladi. Oltin pulning barcha funksiyalarini bajaradi. Oltin tanga standarti sharoitida pul tizimi talab va taklif asosida tartibga solinib, muomaladan ortiqcha bo‘lgan oltin tanglar “avtomatik ravishda” jamg‘armaga yo‘naltirildi, muomalada qo‘shimcha to‘lov vositasiga ehtiyoj tug‘ilganda ular jamg‘armadan muomalaga qaytariladi. Oltin tanga standarti sharoitida mamlakatda pul tizimini tashkil etish silliq va samarali tarzda amalga oshirildi, biroq kishilarning tovar moddiy qiymatlarga bo‘lgan talabining hajmi iqtisodiyotdagi mavjud oltin zaxiralari hajmidan sezilarli darajada ortib bordi, shuningdek, oltin tanga standarti sharoitida Markaziy banklarda ma’lum darajadagi oltin zaxiralarini shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqardi.
Oltin tanga standartining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat edi:
– oltin tangalarni qat’iy o‘rnatilgan qiymatlarda erkin ravishda zarb etish;
– o‘zining qiymatini oltinda ifoda etadigan pullarni maydalash;
– oltinning mamlakatlar o‘rtasida erkin ayirboshlanuvi;
– oltin pulning barcha funksiyalarini bajarishi.
Birinchi jahon urushi juda katta miqdordagi moliyaviy xarajatlarni vujudga kelishiga sabab bo‘ldi, buning natijasida hukumat budjet taqchilligini qoplash maqsadida muomalaga qog‘oz pullarni emissiya qildi. Bu o‘z navbatida birinchi jahon urushida ishtirok etgan barcha mamlakatlarda (AQSHdan tashqari) oltinni qog‘oz pullarga almashtirish va xorijga olib chiqib ketish qonunan ta’qiqlab qo‘yildi. Birinchi jahon urushidan keyin, birorta mamlakat oltin tanga standartiga qaytish imkoniyatini qila olmadi. 1920 yillarda qator mamlakatlarda oltin quyma standarti joriy etildi.Oltin quyma standarti sharoitida banknotalar davlat tomonidan o‘rnatilgan summada oltin quymalarga ayirboshlanadi, oltin quyma standarti sharoitida muomalada oltin tangalarning to‘lov vositasi sifatida harakati va erkin zarb qilinishi amal qilmaydi.Oltin quyma standartlari asosan oltin zaxiralariga boy bo‘lgan AQSH, Angliya, Fransiya va Yaponiyada hukm surdi. Unga ko‘ra muomalaga oltin tangalarning erkin zarb qilinishi barham topib, pullarni oltinga almashtirish quyilmalarning qiymati asosida chegaralanib qo‘yildi. Masalan, Buyuk Britaniyada bir oltin quyilmasi 12,4 kg.ga to‘g‘ri kelar edi. Ushbu quyilmani olish uchun 1700 funt sterling zarur edi. Fransiyada bir quyilma 12,7 kg bo‘lib, ushbu quyilma 215 ming frankka baholanar edi.Katta miqdorda oltin zaxiralariga ega bo‘lmagan mamlakatlarda (Avstraliya, Germaniya, Daniya, Norvegiya va boshqalar) oltin deviz standarti amal qilar edi. Oltin deviz standarti joriy etilgan mamlakatlarda milliy valyutalar devizlarga, ya’ni oltinga erkin almashadigan chet el valyutalariga ayirboshlanishi joriy etildi. Buning natijasida bir mamlakatning ikkinchi mamlakatga valyutaviy bog‘liqligi vujudga keldi.1929 – 1933 yillarda yuz bergan butun jahon iqtisodiy inqirozi natijasida oltin monometallizmining barcha shakllari amal qilish faoliyatini to‘xtatdi, AQSH dollarining oltinga nisbatan pariteti saqlanib qoldi. 1930 yillardan boshlab xalqaro va mahalliy hisob – kitoblarda qog‘oz – kredit pul tizimi faoliyat yurita boshladi.
Ushbu tizimning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat edi:
– oltinning umumekvivalent sifatida muomaladagi harakati to‘xtatildi, bankotlarning oltinga ayirboshlanishi va maydalanishi barham topdi, oltin ichki va tashqi oborotdan chiqib zaxira sifatida saqlanadigan bo‘ldi;
– banklarning kredit operatsiyalari asosida muomalaga naqd va naqdsiz pul belgilari chiqarildi;
– pul oborotining asosiy ulushini naqd pulsiz hisob – kitoblar egallay boshladi;
– davlat tomonidan pul muomalasini tartibga solish kuchaytirildi, iqtisodiyotda pul muomalasini tartibga solishning instrumentlari ishlab chiqildi.
Qog‘oz – kredit pullar tizimi. Qog‘oz – kredit pullar tizimining evolyutsion rivojlanishi, iqtisodiyotning globallashuvi va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi sharoitida pul oborotini vaqtdan va moliyaviy jihatdan yanada tejamliroq bo‘lishini, shuningdek, uni samaraliroq ishlashini ta’minlamoqda. Agar dastlabki qog‘oz pullar taxminan X asrning oxiri XI asrning boshlarida muomalaga chiqarila boshlangan bo‘lsa, 1930 yillarning oxiriga kelib ular qatorida kredit pullari to‘lov hisob – kitob va pul aylanmalarini amalga oshirishda ishtirok eta boshladi. Bu o‘z navbatida iqtisodiyotda pul – kredit siyosatini amalga oshirish va pul muomalasini tashkil etishga ijobiy ta’sir ko‘rsata boshladi.Iqtisodiyotning rivojlangan hozirgi davrida pulning asosiy turlari banklarning kredit biletlari (banknotlar), tangalar, pul cheklari, elektron–plastik kartochkalar, hisob raqamlarda yozuvda aks ettirilgan pullar hisoblanadi.Muomalaga pullarni emissiya qilish Markaziy bankka yuklatilgan. Markaziy bank «banklarning banki» sifatida kredit resurslarini shakllantirish va ushbu resurslarni naqd va naqd pulsiz ko‘rinishida muomalaga chiqarishi mumkin. Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan naqd pullar uning majburiyati bo‘lib, tijorat banklari ushbu pullarni muomalada aylanishini ta’minlaydi. Tijorat banklari qog‘oz – kredit pullarni Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘idagi mablag‘lari doirasida ishlatishi mumkin.Xalqaro kredit ssuda kapitalini xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida aylanish xususiyatini aks ettiruvchi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1. Kengaygan ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirish maqsadida ssuda kapitalining mamlakatlar o‘rtasida taqsimlanishi. Xalqarokredit mexanizmi orqali ssuda kapitali foyda olishini ta’minlashmaqsadida iqtisodiy agentlar ko‘zlagan sohalarga yo‘naltiriladi.Shu orqali kredit milliy foydani o‘rtacha foydaga aylantirishga vauning massasini oshirishga yordam beradi.
2. Xalqaro hisob-kitoblarda asl pullarni (oltin, kumush) kreditpullar bilan almashishi, shuningdek, naqdsiz to‘lovlarning tezlashishi va rivojlanishi, naqd valuta aylanmasini xalqaro kreditoperatsiyalari bilan almashishi muomala xarajatlarini iqtisod qiladi.Xalqaro kreditlar asosida xalqaro hisob-kitoblarning kredit vositalari bo‘lgan – veksel, chek, shuningdek, bank o‘tkazmalari,depozit sertifikatlari va boshqalar vujudga keldi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ssuda kapitalining muomala vaqti tejalishihisobiga kapitalning ishlab chiqarish funksiyasi yordamida ishlabchiqarishni kengaytirishga va foydani ko‘paytirishga erishishmumkin.Chet el kreditlarini jalb qilish hisobiga qo‘shimcha qiymatnikapitallashtirish tezlashadi, individual jamg‘arish chegaralarikengayadi, bir mamlakat tadbirkorlarining kapitali boshqamamlakat mablag‘lari hisobiga ko‘payadi. Kredit ma’lum chegaralarda boshqa mamlakatlarning kapitali, mehnati va mulkiga egalik qilish imkoniyatini beradi. Imtiyozli xalqaro kreditlarning yirik kompaniyalarga berilishi hamda mayda va o‘rtafirmalarning jahon ssuda kapitallari bozoriga kirish imko niyatini qisqarishi kapitalning to‘planishiga va markazlashuviga sabab bo‘lmoqda.Xalqaro kredit funksiyalarining mohiyati milliy va jahonxo‘jaligining rivojlanishiga qarab o‘zgarib boradi. Zamonaviysharoitlarda xalqaro kredit iqtisodiyotni tartibgasolish funksiyasini bajaradi hamda o‘zi ham tartibga solish obyekti hisoblanadi.Xalqaro kreditning turli shakllarini umumiy ko‘rinishda,kredit munosabatlarini tavsiflovchi alohida jihatlari bo‘yicha tasniflash mumkin.Xalqaro kreditni manbalari bo‘yicha ichki, tashqi va aralash
kreditlashga hamda tashqi savdoni moliyalashtirishga ajratishmumkin. Ular bir-biri bilan uzviy bog‘langan va tovarning eksportyordan importyorga tomon harakatining barcha bosqichlariga – eksport tovarini ishlab chiqarish, uning yo‘ldagi va omborgatushish jarayonlariga (shuningdek, chegaradan tashqarida ham),tovarning ishlab chiqarish jarayonida importyor tomonidanishlatilishi va iste’mol qilinishiga xizmat qiladi. Tovar sotish jarayoniga qanchalik yaqin bo‘lsa, qarzdorga uning shartlari shunchalik darajada ma’qul keladi.Qarz mablag‘lari qanday tashqi iqtisodiy bitimda belgilanishiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:– tijorat kreditlari – tashqi savdo va xizmatlar bilan bevositabog‘langan;– moliyaviy kreditlar – har qanday maqsadlarga ishlatiladigan, shu jumladan to‘g‘ri kapital qo‘yilmalar, investitsionobyektlarni qurish, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, tashqi qarzni to‘lash, valuta intervensiyasini o‘tkazishlar;
oraliq kreditlar – kapital, tovar va xizmatlarni olib chiqarishning aralash shakllariga xizmat qilish uchun tayinlangan,masalan, pudrat ishlarini bajarish shaklida bo‘lishi mumkin.Ko‘rinishi bo‘yicha kreditlar: tovar shaklida – asosan eksportyorlar tomonidan xaridorlarga beriladigan va valuta shaklida –banklar tomonidan pul shaklida beriladigan kreditlarga bo‘linadi.Valutasi bo‘yicha xalqaro kredit qarzdor mamlakatning valutasida yoki kreditor mamlakatning valutasida, shuningdek, valutasavatida hisoblanadigan xalqaro valuta birligida (SDR, yevro va b.) berilishi mumkin.Xalqaro kredit manbalariga ko‘ra tashqi savdoni ichki, tashqi(chet) va aralash kreditlash hamda moliyalashtirish bo‘yichafarqlanadi



Yüklə 424,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə