Inflyatsiya va uning turlari



Yüklə 424,05 Kb.
səhifə16/20
tarix17.09.2023
ölçüsü424,05 Kb.
#122160
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Inflyatsiya va uning turlari

Xususiy mulk


Bu borada eng foydali xarid - bu qurilish uchastkasi.Albatta, inflyatsiya juda yoqimsiz hodisa bo'lib, u turli sabablarga ko'ra yuzaga kelishi mumkin, ammo uning o'rtacha ishlaydigan odam hayotiga ta'siri ko'rinadigan darajada katta emas. Umid qilamizki, biz “inflyatsiya” tushunchasi bilan bog‘liq murakkab iqtisodiy terminologiyani tushuntirib bera oldik va bu hodisa nimani anglatishini oddiy tilda tushuntira oldik.


Kredit va uning mazmuni


Kredit, boʻsh turgan pul mablagʻlarini ssuda fondi shaklida toʻplash va ularni pulga muhtoj boʻlib turgan yuridik va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun maʼlum muddatga, foiz toʻlovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.

Kredit (lot. creditum — qarz, credo — ishonaman,maqullayman) — pul mablagʻlari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) toʻlab qaytarib berish sharti bilan maʼlum muddatlarga qarzga berish. Qarzga mablagʻ beruvchi tomon kreditor (davlat, bank, korxona, xususiy shaxs va boshqalar), ssuda oluvchi tomon esa debitor (qarzdor) deyiladi. Kredit kelishuvi qarzdan foydalanish shartlari kayd etilgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Kredit muomalasi qarz beruvchi va qarz oluvchi oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Lekin har qanday qarz munosabati ham kredit boʻla olmaydi. Kredit munosabatida olingan mablagʻ qaytarib berilishi, foydalanilgani uchun haq (kelishilgan foizda) toʻlanishi, muddatli, maʼlum tovar va nomoddiy aktivlar bilan taʼminlangan boʻlishi, maqsadli ishlatilishi shart. Berilishi muddatlariga koʻra, qisqa muddatli (1 yilga qadar), oʻrta muddatli (1yildan 5 yilgacha), uzoq, muddatli (6 yildan ortiq) Kreditga boʻlinadi.
Kreditning tijorat, bank, davlat, isteʼmol, xalqaro, ipoteka va boshqa shakllari bor. Tijorat Krediti — bir xoʻjalik yurituvchi subʼyekt tomonidan beriladi va, odatda, veksel bilan rasmiylashtiriladi. Bank Krediti — jismoniy va yuridik shaxslarga pul shaklida banklar tomonidan beriladi. Bank kreditining forfeyting , faktoring , haridorga qarz berish kabi koʻrinishlari bor. Davlat Krediti — davlatning qarz beruvchi va qarz oluvchi sifatida ishtirokini nazarda tutadi. Davlat qarz beruvchi sifatida bank tizimi orqali byudjetdan tarmoq, hudud, korxonalarni kredit ajratib moliyalashtiradi. Qarz oluvchi sifatida aholiga davlat zayomlari, obligatsiyalarini sotish bilan jismoniy yoki yuridik shaxslardan qarz oladi, natijada ichki davlat qarzi, chet davlatlardan olingan Kreditlar hisobidan tashqi davlat qarzi paydo boʻladi. Isteʼmol Krediti — aholiga isteʼmol tovarlari, xizmatlarni nasiyaga sotish, uy-joy qurilishi harajatlari uchun, lombardlardagi mulk garovi hisobiga, oʻzaro yordam kassasi qarzlari va boshqa koʻrinishlarda beriladi. Xalqaro Kredit — muddatli, qaytimli va foiz toʻlash shartlari bilan bir mamlakatdagi kreditor tomonidan ikkinchi mamlakatdagi qarz oluvchiga pul yoki tovar shaklida beriladigan qarz, shuningdek, chet el obligatsiyalari, chet el korxonalari aksiyalari va boshqalar qimmatli qogʻozlariga fonda olish maqsadlarida kapital qoʻyish.
Kredit iqtisodiyotda muhim vazifalarni bajaradi, ularning orasida moliya resurslarini qayta taqsimlash asosiy oʻrinda turadi. Kredit yordamida kapitalni bir tarmoqdan ikkinchisiga, bir mulkdordan boshqasiga oqib oʻtishi taʼminlanadi. Shu bilan ishlab chiqarishni kengaytirish, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, mablagʻlarni kapital qoʻyishning eng foydali va istiqbolli yoʻnalishlarida toʻplash imkoniyatlari yuzaga keladi. Kredit resurslarini banklar tomonidan tartibga solish mexanizmlari yordamidapul aylanmasi toraytiriladi yoki ken-gaytiriladi, toʻlovga qrbil talabning koʻpayishi yoki qisqarishi yuz beradi, bu esa, oʻz navbatida, ishlab chiqarish rivojiga ragʻbat beradi.
Kredit munosabatlarida uning barqaror boʻlishi muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish uchun mamlakatda kredit siyosati olib boriladi. Kredit siyosati tarkibida banklarning foiz siyosati va ajratilayotgan kreditlarning yoʻnalishlari, ularning qaytarilishini taʼminlash, Kreditning samaradorligini oshirish, imtiyozlar, yuz berishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar oldini olish tadbirlari katta rol oʻyvaydi. Oʻzbekistonda tijorat banklarning kredit siyosati mamlakat iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarini jadal rivojlantirishga yoʻvaltirilgan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining markazlashtirilgan kreditlari mamlakat mustaqilligini mustahkamlashga yoʻvaltirilgan yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etishga ajratilmokda. Shuningdek, mamlakat tijorat banklari ham yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga Kreditlar ajratish bilan birga kichik va oʻrta biznesni qoʻllabquvvatlashni ham amalga oshirmoqda. Imtiyozli shartlarda ajratilayotgan Kreditlar va mikrokreditlar shular jumlasidandir. Kredit tizimi: Markaziy bank, tijorat banklari, kredit uyushmalari va chet el banklari filiallari va vakolatxonalari. Kredit tizimida Markaziy bank alohida oʻrin tutadi va u emissiya maqomiga ega. Mamlakatda Kredit tizimi faoliyati "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida" (1995.21.12), "Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida" (1996. 25.4) qonunlari bilan tartibga solinadi.
Pul shaklidagi kapital ssuda kapitali deyilsa, uning harakati kreditning mazmunini tashkil qiladi. Kredit munosabatlari ikki subʼekt oʻrtasida, yaʼni pul egasi (qarz beruvchi) va qarz oluvchi oʻrtasida yuzaga keladi.
Turli xil korxonalar (firmalar), tashkilotlar, davlat va uning muassasalari hamda aholining keng qatlami kredit munosabatlarining subʼektlari hisoblanadi. Sanab oʻtilgan subʼektlarning aynan har biri bir vaqtning oʻzida ham qarz oluvchi va ham qarz beruvchi oʻrnida chiqishi mumkin.
Kredit munosabatlarining obʼekti jamiyatda vaqtincha boʻsh turgan pul mablagʻlaridir. Takror ishlab chiqarish jarayonida tovarlar, iqtisodiy resurslar va pul mablagʻlarining doiraviy aylanishi kredit munosabatlarining mavjud boʻlishini taqozo qiladi. Shu bilan birga doiraviy aylanish jarayonida muqarrar suratda vaqtincha boʻsh turadigan pul mablagʻlari va boshqa pul resurslari kredit mablagʻlarining manbaini tashkil qiladi.
Kreditning vujudga kelishi kredit munosabatlari ishtirokchilari manfaatlarining yo‘nalishiga bog‘liq. Tomonlar manfaatlarining mos kelishi kredit shartnomasi tuzilishini ta’minlaydi. Lekin kredit munosabatlari ishtirokchilari manfaati nafaqat vaqt va makon jihatdan, shuningdek, sifat jihatdan ham mos tushgan taqdirdagina bu munosabatlar reallikka aylanadi. SHu bilan birga, kreditning bu muhim sifatlari kredit munosabatlari sodir bo‘lishining asosiy sababi bo‘lolmaydi. Kredit vujudga kelishi uchun, yuqorida aytilgandek, aniq bir iqtisodiy asos fondlarning doiraviy aylanishi va shunga o‘xshash boshqa aniq sharoitlar bo‘lishi zarur. Faqatgina ana shu ta’sir etuvchi omillar bo‘lgan taqdirdagina kreditning vujudga kelishi reallikka aylanadi.
Ba’zi iqtisodiy adabiyotlarda kreditning zarurligi xususida bir necha boshqa fikrlar ham uchraydi. Masalan, kredit korxonalar faoliyatini nazorat qilishni amalga oshirish uchun zarur, deb ta’kidlanadi. Agar bu fikr to‘g‘ri deb qaraydigan bo‘lsak, kreditning zarurligi faqat kreditor uchun tushunarli bo‘ladi, chunki u qarz berish orqali qarz oluvchi faoliyatini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bunday sharoitda kreditning chegarasi ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishiga asoslangan obyektiv jarayonlarga emas, balki bankning kredit operatsiyalari orqali qarz oluvchining faoliyatini nazorat qilish istagiga bog‘liq bo‘lib qoladi.
Bu mulohazalardan kelib chiqqan holda xulosa qilib aytish mumkinkikreditning obyektiv zarurligi takror ishlab chiqarish jarayonida fondlarning doiraviy aylanishi qonuniyatlariga asoslangandir.
Kreditga zarurat tug‘ilganda quyidagi manbalardagi bo‘sh mablag‘lardan kredit resurslar sifatida foydalanish mumkin. Bu manbalar asosan quyidagilardir:
asosiy fondlarni tiklash, kapital ta’mirlash uchun ajratiladigan amortizatsiya sifatidagi pul mablag‘lari;
tovarlarni sotish va yangi moddiy resurslarni sotib olish vaqtlarining birbiriga mos kelmaganligi tufayli yuzaga kelgan bo‘sh pul mablag‘lari;
tovarlar realizatsiyasidan tushgan tushum bilan ish haqini to‘lash vaqtlari orasida vaqtincha bo‘sh turib qolgan pul mablag‘lari;
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida yig‘iladigan va kapitallashtirish uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha mablag‘lar;
shaxsiy sektor daromadlari, jamg‘armalari va boshqa bo‘sh pul mablag‘lari
Kredit iqtisodiy kategoriya bo’lib, ijtimoiy munosabatlarning aniq bir ko’rinishi sifatida yuzaga chiqadi. Kredit har qanday ijtimoiy munosabat emas, balki ijtimoiy ishlab chiqarish mahsuli, qiymatning harakati, qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalovchi kategoriyadir. Kreditning mohiyati uning ichki belgilarini ochib berishga qaratilgan. Kreditning mohiyatini ochish - bu uning sifatlarini , kreditning muhim tomonlarini, uni iqtisodiy munosabatlar tizimining bir elementi sifatida ko’rsatuvchi asoslarini bilish demakdir. Iqtisodiy kategoriya sifatida kreditning mohiyati ko’pgina iqtisodchi olimlar tomonidan o’rganilib chiqilgan va ular tomonidan kreditning mohiyati bo’yicha turlicha fikr bildirilgan. Masalan, E. Voznesenskiy, A. Zverev, D. Allaxverdyan kabi olimlarning fikricha, kredit maxsus kategoriya hisoblansada u moliya tarkibiga kiradi, deb hisoblashadi. 157 V. Zaxarov, O. Lavrushin, M. Pessel, I. Levchuk, V. Ribin, A. Qodirov, T. Qoraliev kabi olimlar esa kreditni moliya bilan parallel ravishda faoliyat ko’rsatuvchi alohida mustaqil iqtisodiy kategoriya deb hisoblaydilar. Kreditni mustaqil kategoriya sifatida mohiyatini aniqlash murakkab savollardan biridir. Kreditga qarzga beriladigan qiymatning harakati sifatida qarash mumkin. Zaxarov V. «Kredit vaqtinchalik foydalanishga beriladigan qiymat bo’yicha bo’ladigan ijtimoiy munosabatdir» deb xulosa qilgan bo’lsa, Qodirov A., Pessel M. Kredit iqtisodiy kategoriya bo’lib, unda ishlab chiqarish munosabatlari o’z aksini topadi va davlat, xo’jalik tashkilotlari, korxonalar, muassasalar bir-biriga qiymatni ma’lum vaqtga, qaytarib berishlik va to’lovlilik sharti bilan beradilar deb uqtiradilar. Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda kreditning ba’zi muhim tomonlari aniqlanadi:
birinchidan, uning ijtimoiy mahsulot yaratish, milliy daromad va pul resurslarini qayta taqsimlashga bog’liqligi;
ikkinchidan, kreditning harakat shakliga (tovar yoki pul tarzida) ega ekanligi; uchinchidan, takror ishlab chiqarishdagi harakatning asosiy hal etuvchi belgisi (qarz) ekanligi va h. k
. Berilgan kredit qaytarib berishlilik xarakteriga ega. U xuddi shu sifati bilan moliyadan farq qiladi. Ssuda kapitali manbalarining tahlili kreditning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyatini aniqlashga asos bo’lib xizmat qildi. Bir qator iqtisodchilarning fikricha, kredit jamiyatdagi vaqtincha bo’sh pul mablag’larini yig’ish va ularni taqsimlash shaklidir. Bu nuqtai nazardan, kredit vaqtincha bo’sh pul mablag’larini qarzga berish bo’lib, muayyan belgilangan muddatdan so’ng bu mablag’lar o’z manbasiga qaytib kelishi kerak. Kreditning mohiyatini yanada aniqlashtirish uchun uning tarkibini, harakat bosqichlarini, iqtisodiy kategoriya sifatidagi muhim belgilarini va ijtimoiy - iqtisodiy xarakteristikasini ko’rib chiqamiz. Kreditning mohiyatini tushunish uchun avvalom bor, uning tarkibi nimadan iborat ekanligini tushunib olish zarur. Kredit munosabat bo’lishi uchun uning zarur elementlari - kreditning ob’ekti va sub’ekti bo’lishi zarur.
Kredit munosabatlarida sub’ektlar ikki xil bo’ladi:

  1. Kreditor (qarz beruvchi)

2. Qarz oluvchi Bundan tashqari kredit munosabatlari tarkibining elementi sifatida kreditning ob’ekti yuzaga keladi.
4-sxema Qarzga beri-luvchi qiymat yo’nalish Kredit ob’ekti - bu (kreditor) qarz beruvchidan qarz oluvchiga beriladigan va qarz oluvchidan kreditor (qarz beruvchi)ga qaytib beriladigan qiymatdir. Bunda qarzga berilgan mablag’ o’z qiymatini saqlab qolishliligi kreditning asosiy sifati hisoblanadi. Kredit tarkibi uning elementlari birligini ifodalaydi. Kreditning harakat boskichlari ham uni muhim belgisi hisoblanadi. Qarzga beriluvchi qiymat harakatini quyidagi sxemada ifodalash mumkin: Bk - Okz -Ik ... Vr ... Qk - Fks Bk - kreditning berilishi Okz- kreditni qarz oluvchi tomonidan uning vaqtinchalik ehtiyojlarini qondirish uchun olinishi Ik - kreditni ishlatilishi qarz oluvchining kreditni nima maqsadda olganligi bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Vr - qarz oluvchining xo’jaligida qarzga olingan qiymatni aylanma oboroti tugallanishini resurslarning oborotdan chiqarilishi ifodalaydi. Qk - kreditni qaytarish Fks - vaqtinchalik berilgan qiymatni kreditor qo’liga qaytib kelishi (% bilan) Kreditning mohiyatini uning asosi malum vaqtdan keyin qaytarib beruvchanlik sharti va foiz bilan qaytarishi sharti yanada kengroq ochib beradi. Bu har ikkala shartdan tashqari kreditning iqtisodiy kategoriya sifatida harakat qilishini asoslash uchun iqtisodiy munosabatlarning chuqur ijtimoiy - iqtisodiy belgilarini hisobga olish zarur. Kredit mohiyatining tahlili uzluksiz jarayon. Bunda tahlil jarayonida yangidan yangi belgilar, xususiyatlar yuzaga chiqishi mumkin. Yoar qanday iqtisodiy kategoriya o’zining funktsiyalariga ega bo’lgani kabi kredit ham o’zining bir qator funktsiyalariga ega. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimda kreditning o’rni va roli u bajarayotgan funktsiyalari bilan aniqlanadi. Kreditning funktsiyasi - bu kreditning iqtisodiyotda faoliyatining konkret ravishda namoyon bo’lishidir. Kreditni tahlil qilishda, funktsiya, uning mohiyati va roli o’rtasidagi oraliq zveno sifatida ko’rib chiqiladi. Kreditning funktsiyalari haqida olimlar o’rtasida yagona izchillik yo’q.
I. Lavrushinning fikricha, kreditning funktsiyalarini tahlil qilishda ikkita echilmagan muammo mavjud:
1) funktsiyani tushunishning uslubiy asoslari;
2) funktsiyalarning tarkibi va strukturasi.
Kreditning tarkibiy qismidan kelib chiqqan holda unga quyidagi munosabatlarga xos funktsiyalar taalluqli:
a) kreditorning qarz oluvchi va qarzga beriluvchi qiymat bilan munosabati orqali; b) qarz oluvchining kreditor va qarzga beriluvchi qiymat bilan munosabati orqali; v) qarzga beriluvchi qiymat bilan kreditor va qarz oluvchining munosabati orqali. Kreditor va qarz oluvchi o’rtasidagi munosabat shunday aniqlanadiki, bunda kreditor qarz oluvchiga resurlarni taklif qiladi, qarz oluvchi bu rusurslarni ishlatadi va bunda qarzga beriluvchi qiymat kreditor va qarz oluvchi o’rtasida aylanadi. Bu erdan kreditning birinchi funktsiyasi kelib chiqadi: 1. Qarzga beriluvchi qiymatni vaqtincha foydalanishga berish funktsiyasi Kredit va pul mablag’lari o’rtasidagi munosabatlardan kelib chiqqan holda, kreditning haqiqiy pullarni kredit pullari bilan almashtirish funktsiya oldinga surilgan. Lekin bu funktsiya hozirgi kunda iqtisodiy munosabatlar «sahnasidan» chiqib ketgan. Kreditning tashqi muhit bilan aloqasi uning ikkinchi funktsiyasini keltirib chiqaradi. 2. Qayta taqsimlash funktsiyasi Kredit takror ishlab chiqarish jarayonining barcha fazalariga - ishlab chiqarish, taqsimlash, muomala va iste’molga xizmat ko’rsatadi. Takror ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq holda kredit, ishlab chiqarish, taqsimlash yoki iste’mol jarayonida kechadigan funktsiyalardan farqli o’laroq qayta taqsimlash funktsiyasini bajaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ssuda kapitali bozori vaqtincha bo’sh moliyaviy resurslarni bir faoliyat jabhasidan boshqasiga yo’naltiruvchi va natijada yuqori foydani ta’minlovchi o’ziga xos dastag sifatida namoyon bo’ladi. Qayta taqsimlash funktsiyasi yordamida korxonalar, tashkilotlar, davlat va shaxsiy sektorning bo’sh pul mablag’lari va daromadlari ssuda kapitaliga aylantiriladi va vaqtincha foydalanishga, muayyon to’lov asosida beriladi. Bu funktsiya yordamida ishlab chiqarishdagi proportsiyalar va pul kapitali harakati boshqarilib turiladi.


Yüklə 424,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə